Sintez - fikriy operasiya, uning jarayonida aniqlangan elementlar va faktlardan
yaxlit
manzara qayta tiklanadi.
•
Qiyoslash – T.U., obyektlarning o’xshashligi va farqlarini, umumiyligi va
alohidaligini aniqlash maqsadida obyektlarning qiyoslanishini nazarda tutadi.
Tadqiqotning empirik uslublari:
•
Suhbat – T.U., javob beruvchi bilan shaxsiy aloqani nazarda tutadi.
•
Kuzatuv – eng ko’p axborotli T.U., idrok etish mumkin bo’lgan o’rganilayotgan
jarayonlar va hodisalarni chetdan turib ko’rishga imkon beradi.
16
variant
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti, “ATDT” kafedrasining
dagi sonli majlisida
tasdiqlangan
Tasdiqlayman
“ATDT” kafedrasi
mudiri, t.f.d.
1.
Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari. Xalqaro ilmiy loyihalar va amaliy ishlanmalar
2.
Ilmiy izlanish usullaridan foydalanish (kuzatish va
t
l h)
•
Tekshirish – bu tadqiq qilinayotgan obyektning u yoki boshqa darajadagi teranlik va
detallashtirish bilan o’rganilishi bo’lib, bu tadqiqot maqsadlari
va vazifalari
bilan belgilanadi.
•
Tajriba ishi – jarayonga yanada yuksak natijalarni olish maqsadida oldindan
o’zgartirishlar, innovasiyalarni kiritish uslubi.
•
Sinov - umumiy empirik T.U., u boshqariladigan sharoitda o’rganilayotgan obyektlar
ustidan qat’iy nazorat yuritilishiga asoslanadi.
2. Ilmiy izlanish
usullaridan foydalanish
Ilmiy bilish metodlarini falsafada uch turga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Ilmiy bilishning eng umumiy metodi.
2. Ilmiy bilishning emperik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar.
3. Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar
Ilmiy bilishning eng umumiy metodi, tadqiqotchilarning har qanday
ongli amaliy va nazariy faoliyatida, hamma va har qanday ilmiy tadqiqot
sohasida qo‘llanilsa,
ilmiy bilishning emperik darajasida esa ko‘pchilik
yoki bir gurux fan sohalarida qo‘llaniladi va oxirgisi,
nazariy darajasi
asosan ilmiy bilishning nazariy bosqichida qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda tarixiy
o‘zining haqiqatligini ilmiy izlanishda samaraliligi bilan ajralib turgan quyidagi
usullar, metodlar mavjud:
kuzatish va eksperiment, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, umumlashtirish,
abstraktlashtirish va konkretlashtirish, tarixiylik va
mantiqiylik, ideallashtirish, modellashtirish.
Kuzatish va eksperiment metodlarida kuzatishda harakat o‘zgarishi va
rivojlanishidagi ma’lum ob’ektni tabiiy sharoitda u qanday bo‘lsa, shu
holicha diqqat bilan belgilangan vaqt ichida ma’lum maqsad asosida ko‘zdan
kechirib borilsa, eksperiment sharoiti sun’iy yaratiladi. Izlanuvchi sub’ekt izlanish
ob’ektiga aralashmay, ta’sir ko‘rsatmay o‘rgansa, bu kuzatish usuli hisoblanadi.
Kuzatishning qay darajada bo‘lishi qo‘yilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan
narsa hodisalar haqida oldindan bilishga ega bo‘lishiga bog‘liqdir. Kuzatish
asbob
yoki asbobsiz olib borilishi mumkin. Chunki, asbob kuzatish doirasini kengaytiradi,
idrok qilish qobiliyatini kuchaytiradi.
Kuzatish vaqtida olimning faoliyati ikki xil: aktiv va passiv bo‘ladi,
ya’ni ob’ektga nisbatan passiv bo‘lsa, ko‘zatish
jarayonini ijodiy
tashkillashtirilishida aktivdir.
Eksperimentda tadqiqotchi o‘z o‘rganish ob’ekti aktiv ta’sir qilishi,
kuzatishining borishida aralashishi, ya’ni o‘zgartirishi mumkin.
Eksperiment - tajribada sinab ko‘rish orqali fanda hodisalarni bilish
faoliyatida tadqiq qilish, o‘rganishdir. Bunda sub’ekt ob’ektga maqsadli
faol ta’sir ko‘rsatadi, o‘zgartirishlar, sun’iy sharoitlar yaratadi, o‘zini
qiziqtirgan tomonlarni o‘rganadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharoitda
kuzatish orqali hosil qilish mumkin bo‘lmagan
bilimlarni olish
imkoniyatini beradi. Kuzatish, taqqoslash, o‘lchash eksperiment bilan
o‘zviy bog‘liqdir.
Kuzatish va eksperiment asosida hosil qilingan fakt va ma’lumotlar
esa o‘z navbatida tadqiqotchidan nazariy bilishning induktiv
va deduktiv
metodlari bilan chambarchas bog‘liqdir.