Vol. 37 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana08.12.2023
Hajmi0,49 Mb.
#113751
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
101-106 Maydon Tranzistorlarining Afzalligi Va Ularning O`Ziga Xos Xususiyatlari

Vol. 37 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .  
103 
Miasto Przyszłości 
Kielce 2023 
1. Katta kirish qarshiligiga ega. ( p-n o'tishli maydonli tranzistorlarda 
, zatvori 
izolyatsiyalangan maydonli tranzistorlarda 
bo'ladi.) 
2. Xususiy shovqin juda kam. Tok hosil qilishda faqat bitta turdagi zaryad tashuvchi ishtirok etadi, 
shuning uchun rekombinatsiya yo'q, rekombinatsiya shovqin yo'q. 
3. Harorat va radiatsiya ta'siriga chidamli. 
4. Integral sxemalarda juda katta zichlikda tranzistorlar hosil qilinadi (integratsiya darajasi yuqori). 
Tranzistorlar yaratilgan paytda kirish qarshiligi tok bilan boshqarilib, ularning kichik ekanligi asosiy 
kamchiliklaridan biri bo'lib kelgan. Shuning uchun mutaxassislar tomonidan kirish qarshiligi katta 
bo‗lgan maydon tranzistori ishlab chiqarildi. Bu yarimo‗tkazgichli asbobda chiqish toki elektr maydon 
yordamida boshqarilganligi uchun tranzistor maydon tranzistorini olgan.
Maydon tranzistori uch elektrodli yarimo‗tkazgichli asbob bo‗lib, unda istok, zatvor, kanal va stok 
sohalari bo‗lib, yarimo‗tkazgich qatlam qalinligini o‗zgarish hisobiga chiqish toki boshqariladi.
Hozirgi vaqtda ikki turdagi maydon tranzistorlar: p-n-o‗tish bilan boshqariladigan tranzistor va 
MDYA-tranzistor (metal-dielektrik-yarimo‗tkazgich strukturali) lardan elektronika sohasida keng 
foydalaniladi.
Maydon tranzistorining ishlash prinsipi zatvor va istokka qo‗yilgan tashqi kuchlanish hisobiga kanal 
o‗tkazgich qatlam qalinligini o‗zgarishiga asoslangan. Deylik, istok va stok oralig‗iga tashqi 
kuchlanish qo‗yilgan bo‗lsin, ya‘ni istokka manbani minus qutbi ulansin. Unda kanal orqali istokdan 
stok tomon n-tur yarimo‗tkazgich plastinkadagi potensiallar farqi ta‘sirida elektronlar harakat qila 
boshlaydi. Zatvorga ham tashqi kuchlanish beriladiki, ikkala p-n-o‗tishlarga teskari kuchlanish 
beriladi. Zatvorga berilayotgan kuchlanishni o‗zgartirib, n-tur yarimo‗tkazgichdagi tashuvchilarni 
pasaytirish mumkin. Buni amalga oshishiga sabab tranzistor kanal o‗tkazgich qatlamining ko‗ndalang 
kesimini o‗zgarish hisobiga bo‗ladi. Bu narsa kanal qarshiligini o‗zgartirib, o‗z navbatida maydon 
tranzistorining chiqish toki Ic ni o‗zgartiradi. 
Maydon tranzistorini kirish kuchlanishi 
dir. Agarda kanalga ketma-ket 
rezistorni ulasak, zatvor 
kuchlanishi 
o‗zgarishi natijasida mos ravishda 
rezistorga tushayotgan kuchlanish ham o‗zgaradi. 
Bu yerda o‗tishlar teskari kuchlanish ostida bo‗lganligi uchun ularning qarshiligi bo‗ladi. Kirish toki 
esa kanal tokiga nisbatan ancha kichik. Demak, kirish quvvati uncha katta bo‗lmay, chiqish quvvati 
va 
qarshilik bilan aniqlanib, kirishni ancha marta oshiradi. Shunday qilib, maydon tranzistor 
kuchaytiruvchi asbobdir
Kanal qarshiligini boshqarish usulining yana bir yo'li, yarimo‗tkazgich hajmidan izolyatsiyalangan 
elektrod potensial o‗zgarishi kanal qarshiligini o‗zgartiradi. Sрu prinsipga asoslangan tranzistorlarni 
zatvori izolyatsiyalangan maydon tranzistorlar deyiladi yoki MDYA-tranzistorlar deyiladi. Ko‗pchilik 
hollarda, dielektrik sifatida kremniy to‗rt oksididan (SiO2) foydalaniladi. MDYA-tranzistorlarni 
ishlash prinsipi yarimo‗tkazgich hajmining qolgan qismidan farqli yarimo‗tkazgich hajmi va 
yarimo‗tkazgich sirtidagi izolyatsiyalangan elektrod oralig‗ida zaryad tashuvchilar qatlami vujudga 
keladi. Shuni hisobiga yarimo‗tkazgichda izolyatsiyalangan elektrod kuchlanishni o‗zgartirib, zaryad 
tashuvchilar konsentratsiyasi yuqori bo‗lgan qatlam – kanal hosil qilib uni qarshiligini boshqarish 
mumkin. 
Maydon tranzistorlarining to‗la ishlashi chiqish statik volt-amper xarakteristikalar 
= const 
bo‗lganda 
= f (
) bilan xarakterlanadi (2.3.1- rasm). Deylik, zatvor kuchlanishi 

= const 
bo‗lsin. Unda istok va stok kuchlanishi 
o‗zgarishida (
qiymati va 
ni qutb kuchlanishi to‗g‗ri 
tanlansa) maydon tranzistorida 
tok paydo bo‗ladi.
kuchlanishni ortishi natijasida 
xarakteristikaning boshlang‗ich qismida 
tok chiziqli o‗sadi. Keyin kuchlanish
ortishi bilan 
o‗sishi to‗xtaydi. Bunga asosiy sabab, uzunlik bo‗yicha kanal kengligi bir xil emas: stokka 
yaqinlashgan sari kanal yupqalashib boradi. Bu qismlardagi stok tokini zatvorga berilayotgan 
kuchlanish orqali boshqarish mumkin. 



Download 0,49 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vol. 37 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008

Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish