|
Impuls bu jismning harakat miqdori oʻlchovi: qancha massa qanday harakatda ekani. U, odatda, �p
|
bet | 3/3 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 56,71 Kb. | | #156783 |
Bog'liq ImpulsSolishtirma impuls nima?
Solishtirma impuls–���ISPI, start subscript, S, P, end subscript–bu dvigatellarni xarakterlovchi kattaliklardan biri. Samolyot va raketa dvigatellari bunga koʻp uchraydigan misollardan biri. Bu yerda solishtirma impuls dvigatellarning tortish kuchini hosil qilishi uchun yonilgʻidan qay darajada unumli foydalanishini ifodalaydi.
"Solishtirma" soʻzi fizikada, odatda, kattaliklar uchun "nisbatan" soʻzini ifodalashda ishlatiladi. Solishtirma gravitatsiya yoki solishtirma zichlik va solishtirma issiqlik sigʻimi bu soʻz ishtirok etgan kattaliklarga misol boʻla oladi. Solishtirma impuls bu ogʻirlik birligidagi yonilgʻi bera oladigan kuch impulsi.
�SP=�⋅Δ��fuel�ISP=mfuelgF⋅ΔtI, start subscript, S, P, end subscript, equals, start fraction, F, dot, delta, t, divided by, m, start subscript, f, u, e, l, end subscript, g, end fraction
Biz impulsni kuchga boʻlayotganimiz sababli yonilgʻining ogʻirlik kuchi–kuchning birligi qisqarib ketadi va solishtirma impulsning birligi sekundga teng boʻlib qoladi.
Raketaning solishtirma impulsi 300 s ga teng. Bu raketa 1 N yonilgʻidan foydalanib 300 s davomida 1 N tortish kuchini hosil qila oladi. Hayotda raketalar minimal tortish kuchiga ega, aytaylik, bu yerda u 100 N. Bizning holda u 1 N yonilgʻi yordamida 3 s davomida 100 N tortish kuchini hosil qilib turadi.
Samolyotning kuch impulsi
"Boeing 747" samolyoti toʻrtta dvigatelga ega, ularning har biri 250 kN tortish kuchi hosil qila oladi. Bu samolyotga 30 s da yerdan koʻtarilish tezligiga erishish imkonini beradi. Koʻtarilish vaqtida dvigatellarning tortish kuchi quyidagi kuch-vaqt grafigi yordamida topiladi.
CF6 Dvigatelining "Boeing 747" koʻtarilish jarayonidagi tortish kuchi [1]
CF6 Dvigatelining "Boeing 747" koʻtarilish jarayonidagi tortish kuchi [1]
1a-mashq: Koʻtarilish tezligiga erishguncha boʻlgan vaqtda samolyot hosil qilgan umumiy kuch impulsi nimaga teng?
[Javobni koʻrsatish]
1b-mashq: Samolyot dvigatellarining solishtirma impulsi taxminan 6000 s ga teng. Samolyot koʻtarilish tezligiga erishishi uchun qancha yonilgʻi sarflashi kerak?
[Javobni koʻrsatish]
Mavzuga oid manbalar
Maʼlumot W.A. (a) Fasching 9/1979 NASA-CR-159564 CF6 Samolyot dvigateli ijrosini oshirish dasturi (b) "Heathrow" aeroportining barqaror rivojlanishi dasturidan, Ch 3 – Chiqindi manbalari. 7/2006.
|
| |