• Mantiqiy qurulmalarda raqamli signallar.
  • Aloqa qurulmalarida raqamli signallar.
  • Elektron va radio-texnik qurulmalarda raqamli signallar




    Download 252.1 Kb.
    bet4/44
    Sana21.10.2023
    Hajmi252.1 Kb.
    #89433
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    Impuls texnologiyasida qisqa muddatli intervalgacha elektr tebra-www.hozir.org
    markazlar slayd, Aliment undirish to’grisidagi ishlarning taalluqligi. Aliment miqdorini aniqlash tartibi va asoslari., SHUG`ULLANUVCHILAR ORGANIZMGA URM TA`SIRI, 1669793385
    Elektron va radio-texnik qurulmalarda raqamli signallar. Raqamli signallar turli xil vazifalarga moljallangan qurulmalarda qo’llaniladi. Elektron raqamli hisoblash mashinalarida (E.R.X.M) va raqamli avtomatikada kirish ma’lumotlari raqamli signallar bilan ifodalanadi va bu qurulmalar shu raqamli signallar ustida har-xil amallar bajaradi.
    Radio aloqa tizimlarida raqamli signallar orqali turli shaklga ega bo’lgan: ovozli, bosma, tasvir yoki boshqa shakllarga ega bo’lgan xabarlar uzatiladi. Bunday aloqa maxfiyligi va xalaqit bardoshliligi bilan ajralib turadi. Misol tariqasida raqamli signallarni hisoblash texnikasi va raqamli avtomatikaning, radio aloqa tizimlarining asosi bo’lgan mantiqiy qurulmalarda qo’llanishini qo’rib chiqamiz.
    Mantiqiy qurulmalarda raqamli signallar. Keng doiradagi mantiqiy masalalar mavjud bo’lib, ularninig xususiyati shundan iboratki, ular har bir bosqichdagi yechim va shartlari ikkita qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlarining faqat bittasini qabul qila oladilar: signal mavjudligi holati yoki mavjud bo’lmagan holati. Signalning mavjud bo’lgan xolatini bir soni bilan (mantiqiy 1) kodlashtiriladi, mavjud bo’lmagan holatini esa - 0 soni bilan (mantiqiy 0) kodlashtiriladi. Shu bilan, nima uchun mantiqiy qurulmalarda ma’lumotlar ikkilik raqamli signal ko’rinishida keltirilishi tushuntiriladi.
    Mantiqiy masalalarning yechimida shunday holatlar paydo bo’ladiki, bir holatda ma’lum darajadagi amallar bajarilishi kerak bo’lsa, ikkinchi holatda esa boshqacha ko’rinishga ega bo’lgan amallarni qo’lashda to’g’ri keladi. Undan tashqari bu jarayon hosil bo’lgan vaziyatda qo’shimcha faktorlarni mavjudligi yoki mavjud bo’lmasligiga bog’liq bo’ladi. Shunday qilib, yakuniy yechim mantiqiy shartlarining uzun zanjirlarini analizi natijasida paydo bo’ladi.
    Aloqa qurulmalarida raqamli signallar. Ma’lumotlarni raqamli signal ko’rinishida uzatish sezilarli darajadagi halaqit bardoshliligi bilan ajralib turadi. Bunday signal faqat ikkita bir-biridan farqli holatga ega bo’lishi bilan shartlanadi. Shuning uchun signalning qiymati birontasiga ham mos kelmasa, shovqin deb qaraladi. Agar shovqin signal sathi ayirmasi yarimidan kam bo’lsa u oson ajralib qoladi va sath qiymatlari oddiygina regirenatorlar bilan tiklanadi.
    Uzluksiz signalni shovqindan tozalash anchagina murakkab bo’lib, bu holatni quyidagicha tushuntirish mumkin. Cheksiz kichik vaqt intervallariga bo’lingan uzluksiz signalning oniy qiymatlari cheksiz kichik qiymatlarga bir birlaridan farq qiladilar, ya’ni uzluksiz signal hisobsiz (cheksiz) miqdoridagi qiymatlarga ega bo’ladi. Shuning uchun ham xalaqitlar bilan buzilgan bo’lsa ham butunligicha foydali signal deb qabul qilinishi mumkin.
    Raqamli aloqa kanalining uzatuvchi tomonida uzluksiz signal raqamli signalga analog-raqamli o’zgartirgich yordamida aylantiriladi. Raqamli signal to’gridan-to’gri o’tkazgichlar orqali uzatiladi. Radiosignallarni uzatganda esa, raqamli signal tomonidan yuqori chastotali tebranishni modulyatsiyalaydi.
    Raqamli aloqaning radio kanalini qabul qilish tomonida qabul qilingan radio impulslar detektor bilan videoimpulslarga (raqamli signal) aylantiriladilar. Bu signal to’gridan-to’gri ishlatilishi mumkin (masalan elektron raqamli hisoblash mashinasiga kiritiladi) yoki raqam-analog o’zgartirgich yordamida dastlabki uzluksiz signalga aylantiriladi.

    Download 252.1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 252.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron va radio-texnik qurulmalarda raqamli signallar

    Download 252.1 Kb.