• Real sector tarmoqlar ishlab chiqarish quvvatini tahlil etish.
  • Industrial iqtisodiyotda ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash yo’llari




    Download 0.72 Mb.
    bet17/17
    Sana26.06.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #75794
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    5.Industrial iqtisodiyot fani bo’yicha
    Lecture 2, 54057 Мавзулар матни
    Industrial iqtisodiyotda ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash yo’llari.

    Har qanday bilim ham, hatto, jamiyat hayotining chuqur negizlariga kirib
    boruvchi ilm ham muayyan harakat uchun qo‘llanma bo‘lganligi, jamiyatni tubdan
    o‘zgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat qilganligi uchun qimmatlidir. Shu
    sababli «Industrial iqtisodiyot» ham fundamental fanlar qatoridan o‘rin olib, iqtisodiy
    taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat sohasida foydalanish yo‘llarini
    ko‘rsatib berayotganligi tufayli ahamiyatli hisoblanadi.



    1. Real sector tarmoqlar ishlab chiqarish quvvatini tahlil etish.

    Real sektorni rivojlanish bo’yicha o’ziga xos xususiyatlari boʻyicha dunyo olimlari va iqtisodchilari tomonidan olib borilayotgan tadqiqodlarni oʻrganish, maʼlumotlar toʼplash, toʼplangan maʼlumotlarni tahlil qilish, sintezlash, mantiqiy fikrlash kabi iqtisodiy tadqiqot usullaridan keng foydalanildi.
    Rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotiga ega bo‘lgan davlatlar uchun iqtisodiyotning yoki moliya bozorining rivojlanish darajasini korxonalarini moliyalashtirish manbalarini turlari va investitsion muhit bilan belgilanadi. Bunday holatda iqtisodiyotda moliya bozorining funksiyalarini bajarish nuqtai nazaridan tahlil qilish muhim hisoblanadi. Bugungi sharoitda qarz olish iqtisodiyotning nafaqat real sektori balki umuman iqtisodiyotning barcha tarmoqlar faoliyatini moliyalashtirishning ajralmas qismi hisoblanadi. Moliyaviy sektor bilan taqqoslaganda past rentabellik va uzoq muddat o‘zini oqlash, tezkor texnologik rivojlanish sharoitida zarur bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatini faqat o‘z mablag‘lari hisobidan tez modernizatsiya qilish juda qiyin. Shu sababli ham real sektor korxonalari emissiyaviy hamda noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali korxonani modernizatsiya qilishni maqsad qilishadi. Ya’ni moliya sektori real sektorni rivojlantirishda muhim vazifani qimmatli qog‘ozlar va qarz mablag‘lari orqali amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda asosan real sektor korxonalarini moliyalashtirish manbalari bo‘lib, asosan o‘z mablag‘lari, bank kreditlari, davlat byudjetidan ajratmalar hisoblanib, qimmatli qog‘ozlar orqali moliyalashtirish tizimi amaliy natijadorligi jihatidan boshqa moliyalashtirish manbalariga qaraganda katta o‘rin egallamaydi. Shu bilan birga investitsiyalarni jalb etish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina. Jalb etilgan investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun etarli bo‘lmayapti. Xorijiy investitsiyalar katta qismining bir nechta mintaqalarda to‘planib qolganligi respublikamiz mintaqalarida mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
    Download 0.72 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Industrial iqtisodiyotda ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash yo’llari

    Download 0.72 Mb.