• Industrial iqtisodiyotda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish.
  • Oziq-ovqat sanoati tarmog’i




    Download 0.72 Mb.
    bet9/17
    Sana26.06.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #75794
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
    Bog'liq
    5.Industrial iqtisodiyot fani bo’yicha
    Lecture 2, 54057 Мавзулар матни
    Oziq-ovqat sanoati tarmog’i.

    Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxo-nalari bor.
    Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. O.-o.s. korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.

    1. Industrial iqtisodiyotda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish.

    Xizmat ko‘rsatish sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o‘z mazmuniga ko‘ra turmush farovonligi va uning sifatini oshirish, zamonaviy tarmoqlarning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan inson kapitalini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish, mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasini ta’minlash bo‘yicha xo‘jalik faoliyatining turli yo‘nalishlarini qamrab oladi.
    Iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi sharoitida xizmatlar sohasi iqtisodiy jihatdan sanoat ishlab chiqarishiga qaraganda ancha samaralidir, chunki xizmatlar sohasida boshlang‘ich faoliyatni amalga oshirish kamroq mablag‘larni talab qilib, kapitalning aylanish tezligi ancha yuqori hisoblanadi.
    Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalarini doimiy tarzda barqaror rivojlanishi hamda xizmat ko‘rsatish intensivligini ta’minlashda samaradorlikni oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish alohida dolzarb masala hisoblanadi.
    Shunga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ular faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishda mehnat jarayonlari intensivligi va mehnat unumdorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, mehnat salohiyati samaradorligini ta’minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va natijadorligini oshirish, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini to‘liqroq qondirish bilan bog‘liq masalalar soha rivojlanishining muhim muammolari hisoblanadi.


    1. Download 0.72 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Download 0.72 Mb.