• Tarmoq strukturasini beligilovchi omillar.
  • Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari




    Download 0.72 Mb.
    bet2/17
    Sana26.06.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #75794
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    5.Industrial iqtisodiyot fani bo’yicha
    Lecture 2, 54057 Мавзулар матни
    Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari.

    Fan-texnika taraqqiyoti — bu, juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U
    ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. shu sababli
    ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi.
    Fan — inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqeahodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo‘lga
    solinadi. Fan — ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir.
    Fan yoki ilm — bu, o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba asosida
    fikrlanadigan bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi, avvalo,
    voqea va hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash,
    tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iborat.
    Texnika — bu, eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng
    ma’noda esa, u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab
    chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab
    chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi.
    Texnologiya (yunoncha «technue» — san’at, mahorat, uddalash va ...logos -
    ta’limot) — ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun
    ishlatiladigan xom ashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va
    shakllarini o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir.
    Fan-texnika taraqqiyoti — bu, mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng
    yangi xom ashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik
    jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va
    yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi.

    1. Tarmoq strukturasini beligilovchi omillar.

    Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi etakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik
    va texnologik jihatdan yangilash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini
    takomillashtirishda turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi kooperatsion
    aloqalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim
    ahamiyat kasb etadi2.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan
    kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida
    kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2006 yil 5
    yanvar, PF–3706-sonli), “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini
    yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2007 yil 12 noyabr, PF–3937-sonli) Farmonlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni yanada
    kuchaytirishga imkoniyat yaratuvchi ko‘plab chora-tadbirlar qabul qilindi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi PF–3937-sonli
    “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan mamlakatimizda Respublika savdo
    yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2008 yilda Respublika
    sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga xalqaro ahamiyatdagi maqomi berildi.
    Endilikda sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ikki bosqichda, ya’ni, birinchi
    bosqichda – tarmoq ko‘rgazmalari va yarmarkalari, ikkinchi bosqichda – xalqaro
    tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi sifatida o‘tkazilmoqda.


    1. Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari

    Download 0.72 Mb.