• Sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’hari.
  • Ishlab chiqarishda sanoat tarmoq tuzilmasi




    Download 0.72 Mb.
    bet4/17
    Sana26.06.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #75794
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    5.Industrial iqtisodiyot fani bo’yicha
    Lecture 2, 54057 Мавзулар матни
    Ishlab chiqarishda sanoat tarmoq tuzilmasi.



    1. Sanoat tarmog’ining samaradorlik ko’rsatkichi mezoni va mohiyati.

    Samaradorlikning mohiyati, mezoni va ko‘rsatkichlarini aholi iste’mol tovarlari
    ishlab chiqaruvchi korxonalar misolida ko‘rib chiqamiz.
    Sanoat korxonalarining maqsadi ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, bir
    tomondan, aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish bo‘lsa,
    ikkinchi tomondan optimal miqdorda foyda olish yoki optimal rentabellikka
    erishishdir.
    Ushbu ko‘rsatkichlarni maksimallashtirish korxona samaradorligining mezoni
    bo‘lib hisoblanadi.
    Xorijiy davlatlar tajribasidan shunday xulosa qilish mumkin: bosh maqsad eng
    yuqori iqtisodiy natijaga erishish, ya’ni maksimal foyda olish. Ushbu maqsadga
    erishish vositasi sifatida aholini iste’mol tovarlarga talabini to‘laroq qondirish
    hisoblanadi. Ushbu maqsad va unga erishish vositasi o‘rtasida sabab va oqibat
    aloqalari yotadi. Sabab o‘zaro ta’sir bo‘lsa, oqibat – bu o‘zaro ta’sir natijasidir.
    Bunday holatdan kelib chiqsak sabab aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini
    qondirish bo‘lsa, natija maksimal (yoki optimal) foyda olish bo‘lib hisoblanadi.
    Shunday qilib, yuqori foyda olishni ta’minlovchi sabab sifatida aholining
    iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini qondirish hisoblanadi.
    Yuqorida keltirilgan nazariy xulosalardan kelib chiqsak, savdo sohasi, korxonasi
    samaradorligining o‘lchov birligi sifatida ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur
    ekanligini asoslamoqda.

    1. Sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’hari.

    Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi.
    Korxonaning ijtimoiy samaradorligi mezoni iste’molchilarni ehtiyojlarini qondirilish
    darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari aholining
    daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini
    yuksaltirish, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlari kabilarni
    aniqlash bilan belgilanadi.
    Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi - murakkab kategoriyadir. Unda
    ishlab chiqarish natijalariga hamda, xarajatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
    mujassamlangandir. Unda ishlab chiqarish natijalarining o‘sishi, mahsulot sifatining
    yaxshilanishi hamda mahsulot assortimenti tuzilishining ijtimoiy ehtiyojlar tuzilishiga
    to‘g‘ri kelishida o‘zining aksini topadi.
    Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o‘sishining tarkibiy qismlari
    quyidagilardan iborat:
    * Mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;
    * Jonli mehnat unumdorligining o‘sishi;
    * Material sarfining kamayishi;
    * Fond samarasining oshishi.
    Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish
    uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va
    ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
    Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan
    xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish
    faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va
    moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir.

    Download 0.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarishda sanoat tarmoq tuzilmasi

    Download 0.72 Mb.