|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 46/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniY =[[ (Ti+Yen* Ki) — (T+Yen *K) ]]* A2
Bu yerda: Y — yillik tejam;
T1 — yangi texnika bo‘yicha tadbirlar joriy qilingungacha bo‘lgan mahsulot yoki ish birligining tannarxi (so‘m hisobida);
T2—shuning o‘zi, tadbirlar joriy qilingandan so‘ng (so‘m hisobida);
K1 —tadbirlar joriy qilingungacha mahsulot birligaga sarflangan kapital
mablag‘lar miqdori;
K2— shuning o‘zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng;
A —yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik mahsulot yoki ishlarning natura birligi.
Yen —kapital harajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi koeffitsiyenti.
U yangi kapital qo‘yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini hamda bir so‘mlik kapital qo‘yilma bir yilda mahsulot tannarhini necha tiyinga kamaytira olishni bildiradi. Masalan, sanoat tarmog‘i uchun belgilangan samaradorlik koeffitsiyenti normasi 0,15 bo‘lsa, bu shu tarmoqda har bir so‘m kapital qo‘yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tayinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsiyenti «0»dan «1»ga qancha tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning rejali qoplanish muddati esa shuncha qisqa bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik-iqtisodiy hususiyati sababli samaradorlikni oshirishning o‘ziga xos omillari mavjud.
Sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligi monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlari
Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini yana xam jadallashtirish, ishlab chiqarish saloxiyatidan oqilona foydalanish, resurslarning xamma turlarini xar tomonlama tejash va ishlab chiqarishni boshqarishning bozor iqtisodiyoti qonulariga mos ravishda olib borish mamlakatimiz iqtisodiy strategiyasining eng muxim tarkibiy qismidir.
Yuqorida keltirilgan xo‘jalik samaradorligini baholash usullari va ko‘rsatkichlaridan tashqari bugungi kunda amaliyotda korxonalarning iqtisodiy 88
nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo‘llaniladi.
“Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra korxonalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
iqtisodiy barqaror korxona
iqtisodiy xatarli korxona
iqtisodiy nochor korxona:
o‘z to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega;
o‘z to‘lov qobiliyatini tiklash imkonyatiga ega bo‘lmagan korxonalar.
Korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo‘llaniladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
to‘lov qobiliyati koeffitsienti (Ktq);
xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Kxm);
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari rentabelligi (Rix),
Aktivlar rentabelligi. (Ra):
xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsienti (Kxq);
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti:
Eskirish koeffitsenti (Kesk)
|
| |