|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 43/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniKo’rsatkichlarning nomi
|
Nimani ifodalashi (mazmuni)
|
Aniqlanish formulasi
|
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi:
|
1. Asosiy vositalar rentabelligi
|
Asosiy vositalar o’rtacha qiymatiga nisbatan sof foyda nisbatini ko’rsatadi
|
SF*100 / AVo‘.y.q..
|
2. Asosiy vositalar daromadliligi
|
Asosiy vositalar o’rtacha qiymatiga necha foiz daromad to’g’ri kelishini ko’rsatadi
|
YaD*100/ AVo’.y.q.
|
3. Asosiy vositalar natijaviyligi (fond qaytimi)
|
1 so’m asosiy vositalar o’rtacha qiymatiga qancha miqdorda natijaviy ko’rsatkich (sotilgan mahsulot, tovar mahsuloti, tovar oboroti va h.k.) to’g’ri kelishini ifodalaydi
|
YaM (SM, TM)/AVo‘.y.q.
|
Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi:
|
Aylanma mablag’laming aylanuvchanligi, kunlarda
|
Aylanma mablag’laming bir aylanish davrining necha kunga to’g’ri kelishini ko’rsatadi
|
AYM.Ks/ Q Ks - davrdagi kunlar soni
|
Aylanma mablag’laming aylanuvchanlik koeffitsiyenti, martada
|
Tahlil davrida aylanma vositalarga qo’yilgan mablag’ning necha marta aylanishini ifodalaydi
|
Q /AYM
|
Aylanma mablag’laming rentabelligi
|
100 so’mlik aylanma mablag’lar summasiga to’g’ri keladigan foydani ko’rsatadi
|
YaF (SF)*100/AYM
|
Aylanma mablag’larning daromadliligi
|
100 so’mlik aylanma mablag’lar summasiga to’g’ri keladigan yalpi daromadni (YaD) ifodalaydi
|
YaD*100/AYM
|
Korxonalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkichlar moliyaviy hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otib, korxona resurslaridan foydalanish samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi.
Bu ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
kapital tarkibi ko‘rsatkichlari;
to‘lovga qobillik (likvidlik) ko ‘rsatkichlari;
ish faolligi ko’rsatkichlari;
rentabellik ko’rsatkichlari.
Kapital tarkibi ko’rsatkichlari korxonalarga uzoq muddatli moliyaviy mablag’lar (quyilmalar) kiritgan kreditorlar va investorlarning himoyalanish darajasini aks etiradi. U korxonaning uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ifodalaydi.
To’lov qobiliyati deyilganda, xo’jalikning muddati kelgan to’lov majburiyatlarni bajarish uchun zurur bo’lgan mablag’larning yetarli yoki kamchiligini aniqlash tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning to’lov qobiliyatiga ega bo’lishi muhim va bu uning o‘z vaqtida zarur bo’lgan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi. Korxona balansi ma’lumotlarga asoslanib, to'lov qobiliyatining qay ahvoldaligi hisoblanadi. Buning uchun, korxonaning to'lash uchun zarur bo'lgan mablag'lari bilan qarz majburiyatlarini solishtirish mumkin.
To'lov mablag'lariga pul mablag'lari, jo'natilgan tovar va mahsulotlar qiymati (hali pul kelib tushmagan), debitor sotishdagi tushum va boshqalar kiradi. Qimmatli qog'oz, aksiya, obligatsiya sotishdan olingan mablag' va qo'shimcha korxonalarda qatnashishdan kelgan daromadlar ham to'lov majburiyatlarini bajarishdagi manba bo 'lishi kerak. To'lov majburiyatlariga mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjet va sug 'urtaga, mehnat haqi, turli xil kreditorlarga bo 'lgan va boshqa turdagi qarzlar kiradi.
Ish faolligi koeffitsentlari korxonaning o'z moliyaviy mablag'laridan qanchalik samarali foydalanayotganini aniqlash maqsadiga xizmat qiladi.
Ish faolligi koeffitsentlari korxonaning moliyaviy mablag'lari aylanishi tezligi, ya’ni mablag 'larning pul ko 'rinishiga o'tishi tezligini ifodalaydi va xo'jalikning to 'lovga qobilligini ifodalovchi muhim ko'rsatkichlar sifatida yuzaga chiqadi. Shuningdek, mablag'lar aylanishining tezlashuvi korxonaning ishlab chiqarish quvvati oshishiga ham sabab bo'ladi.
Rentabellik ko 'rsatkichlaribarcha korxonalar faoliyatining eng asosiy va yakuniy ko 'rsatkichidir.
Korxona faoliyatini tahlil qilishda foydaning umumiy summasi bilan birga, u qanday xarajatlar evaziga olinayotganlini, mablag'lar qanday darajada aylanayotlanligini bilish mulkdorlar, sheriklar va kreditorlar uchun o'ta ahamiyatli hisoblanadi.
5.2-jadval
|
| |