• Samaradorlik
  • Iqtisodiy samaradorlik
  • Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik
  • Ishlab chiqarish samaradorlignning mohiyati, mezoni va ko‘rsatkichlari. Xarajatlarning umumiy va qiyosiy samaradorligi
  • Industrial iqtisodiyot




    Download 1,61 Mb.
    bet40/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Samara - bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
    Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega.
    Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
    Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo‘lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
    Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi.Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‘zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o‘sishi, aholi sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining uzayishida aks ettiriladi.
    Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga
    yordamlashadi. Masalan, foydaning o‘sishi, jamg‘armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi.
    Samaradorlik to‘g‘risida fikr yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, har qanday chora-tadbirlar bir tomondan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara bersa, ikkinchi tomondan iqtisodiy samara berib, har doim, har sohada ijobiy, ijtimoiy natija bermasligi mumkin.
    Ishlab chiqarishni takomillashtirish, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish natijasida aholining moddiy faravonligini yuksaltirishga, ya’ni ijtimoiy samarani oshirishga, davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosati - minimal ish haqini oshirish, ijtimoiy fondlardan imtiyozlar berish, o‘sib kelayotgan yoshlarni tarbiyalash, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash, ekologiyani yaxshilash, jismoniy tarbiyaga yo‘naltirilgan xarajatlar oxir natijada mehnat unumdorligini oshirishga, YaIMni ko‘payishiga, ya’ni iqtisodiy samarani oshirishga olib keladi.
    Ayrim tadbirlar natijasida esa teskari holatlarni kuzatish mumkin. Masalan, davlat miqyosida uzoq muddatga milliy daromadni jamg‘arma va iste’mol fondlariga taqsimlashda jamg‘arma fondi hissasi doimo oshirib borilsa, oxir natijada aholining moddiy faravonlik darajasi pasayish holatiga olib kelishi muqarrar. Bu esa salbiy ijtimoiy holatlarni vujudga keltiradi. Yana bir misol, agar davlat budjetini daromad qismini oshirish niyatida kommunal xizmatlarga, elektroenergiyaga, gazga va neft mahsulotlariga ta’riflar asossiz oshirilsa, bu aholini real daromadlarini kamayishiga va ijtimoiy va siyosiy talofatlarga olib kelishi mumkin.
    Shu sababli samaradorlikni tadqiqot qilish, uning natijasiga kompleks qarashlar orqali va natijalarni bir-biri bilan bog‘liqligini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi zarur. Ya’ni samaradorlikni barcha turlarining (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va boshqa bir-birining natijasidan bog‘liq bo‘lgan) o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda o‘rganish ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asosli bo‘ladi. Xuddi shunday qarashlar samaradorlik mezonlari va ko‘rsatkichlarini tanlashda ham amal qilinishi zarur.
    Ilmiy-nazariy nuqtai-nazardan samaradorlikni uchta yirik guruhga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: birinchidan, jamiyat miqyosida; ikkinchidan, xududlar miqyosida; uchinchidan, xo‘jalik tuzilmalari, sub’ektlari miqyosida (konsern; xolding; assotsiatsiyalar; har xil boshqa birlashmalar; korxonalar; muassasalar va h.k.).
    Ushbu umumiy yo‘nalishlar ichida samaradorlikni turlarga ajratib tadqiqot qilish zarur. Samaradorlik turlarini umumiy va funksional nuqtai nazardan tasniflash mumkin.
    Umumiy samaradorlikka: «ijtimoiy-iqtisodiy»; «iqtisodiy»; «ijtimoiy»;
    «siyosiy»; «texnik-texnologik»; «ekologik» kabilarni kiritish mumkin.
    Funksional samaradorlikka: «ijtimoiy ishlab chiqarish»; «transport»; «aloqa»; «savdo»; «umumiy ovqatlanish»; «maishiy xizmat»; «turizm» va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari. Ushbu guruhga iqtisodiyotni harakatga keltirayotgan omillarning samaradorligi, ya’ni yer, kapital, mehnat samaradorligi kiradi. Ushbu omillar ichida ishlatilayotgan resurslar turlari bo‘yicha ham samaradorlik tasniflanishi mumkin.
    Biz yuqorida keltirganimizdek, iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning
    78
    mohiyati, tushunchasiga ko‘plab har xil qarashlar mavjudligi kabi, uning har xil mezonlari va ko‘rsatkichlari tasnif qilinadi. Ko‘pchilik mualliflar samaradorlik nisbiy ko‘rsatkich deb ta’kidlab, u olingan (erishilgan) natija bilan xarajatlar nisbati orqali aniqlanishini tavsiya qilishadi.
    Bizning fikrimizcha «samara», «natija» o‘z tabiatiga binoan son va sifat ko’rsatkichlarida ifodalanadi. Son ko’rsatkichlar sifatida absolyut miqdorlar - qiymat, natural va shartli o‘lchov birliklarida ifodalansa, sifat ko‘rsatkichlari sifatida har xil solishtirma, ya’ni nisbiy ko‘rsatkichlar ishlatilishi mumkin.
    Yuqoridagi fikrlarini asoslash uchun ayrim amaliy misollar keltiramiz.

    • ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi progressiv texnika va

    texnologiyalarni har qanday tarmoq, soha va korxonalarga joriy qilinishi ular faoliyatining hajmini, mehnat unumdorligini, ish haqini oshirishga olib keladi va boshqa ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘zgarishlarini ta’minlaydi. Ushbu ko‘rsatkichlarning absolyut miqdorini ortishi xo‘jalik faoliyatining samarasini ifodalaydi;

    • transport vositalarining modernizatsiyalanishi, ularning tezligini

    yuqorilanishi, komfort sharoitlarni yaratilishi natijasida transport xo‘jaliklarining miqdor ko‘rsatkichlarini ortishiga (pasajirlar sonini ortishi, yuk tashish hajmini ortishiga, daromadni ko‘payishi, xarajatlarni kamayishi) va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga (rentabelligini ortishi, yo‘l bosishdan foydalanish koeffitsiyenti, yuk ko‘tarish koeffitsiyenti, yo‘l yurishning o‘rtacha tezligi) olib keladi. Bular tabiati bo‘yicha transport vositalarining samaradorligi natijasini ifoda qiladi;

    • savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat sohasi korxonalarida

    xizmatni progressiv shakllarini joriy etilishi ularning iqtisodiy, ijtimoiy samaradorligini va boshqa ko‘rsatkichlaridan foydalanishning samarasini ko‘rsatadi.
    Umuman olganda, iqtisodiyotning har qanday tarmog‘i va sohasini misolga olmang, ilmiy-texnik progress natijasida faoliyat natijasi miqdorini ortishi, daromadini ko‘payishi, xarajatlarni qisqarishi va boshqa ijobiy ijtimoiy xodisalarni ro‘y berishini kuzatish mumkin.
    Yuqorida keltirilgan misollar samaradorlik kategoriyasini, uning mezonlarini va ko‘rsatkichlarini keng ma’noda tadqiqot etish zarur ekanligiga ishonchimizni oshiradi.
    Shu sababli bizning fikrimizcha, har qanday samaradorlik, har qanday tarmoq, soha faoliyati, korxona faoliyati samaradorligi bo‘lishidan qat’iy nazar absolyut miqdorlarda (qiymat, natural, shartli birliklarida) va nisbiy (koeffitsiyentlar, indekslar, foizlar) ko‘rsatkichlar orqali aniqlanishi lozim.

      1. Ishlab chiqarish samaradorlignning mohiyati, mezoni va ko‘rsatkichlari. Xarajatlarning umumiy va qiyosiy samaradorligi

    Mezon masalasi iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon-bu, asosiy o‘lchov, muhimfarqli belgi, asosiy nuqtai nazardir. Shular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizning ob’ektiv haqiqatligini, to‘g‘riliginiva ishonchliligini aniqlash, haqiqatni
    anglashmovchiliklardan farqqilish mumkin.
    Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish kerak. Demak, samarani o‘lchaganda mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi.
    «Kriteriya» so‘zi grekcha «Kriterion» so‘zidan olingan bo‘lib, uning asosida nimagadir baho berish alomati, nimadir aniqlanishi yoki tasnifi, o‘lchovi degan ma’noni bildiradiXX. «Kriteriya» atamasining o‘zbekcha ma’nosi «mezon» so‘zini anglatadi.
    Mezonni xodisalar, jarayonlar, holat va boshqalarni sifat mazmunini o‘lchovi, ular to‘g‘risidagi fikrning alomati deb tushunish lozim. Uning son o‘lchovlari ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi.
    Korxonaning samaradorlik mezoni to‘g‘risida fikr yuritganda tizimli tahlil, tizimli munosabatni ishlatish lozim. Samaradorlik mezoni xodisalar, jarayonlar va holatni sifat belgisi sifatida tizimni, tarmoqni yoki korxonani faoliyat yuritishining maqsadini aks ettirishi zarur.
    Samaradorlikning mohiyati, mezoni va ko‘rsatkichlarini aholi iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar misolida ko‘rib chiqamiz.
    Sanoat korxonalarining maqsadi ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, bir tomondan, aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan optimal miqdorda foyda olish yoki optimal rentabellikka erishishdir.
    Ushbu ko‘rsatkichlarni maksimallashtirish korxona samaradorligining mezoni bo‘lib hisoblanadi.
    Xorijiy davlatlar tajribasidan shunday xulosa qilish mumkin: bosh maqsad eng yuqori iqtisodiy natijaga erishish, ya’ni maksimal foyda olish. Ushbu maqsadga erishish vositasi sifatida aholini iste’mol tovarlarga talabini to‘laroq qondirish hisoblanadi. Ushbu maqsad va unga erishish vositasi o‘rtasida sabab va oqibat aloqalari yotadi. Sabab o’zaro ta’sir bo'lsa, oqibat - bu o'zaro ta’sir natijasidir. Bunday holatdan kelib chiqsak sabab aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini qondirish bo‘lsa, natija maksimal (yoki optimal) foyda olish bo‘lib hisoblanadi.
    Shunday qilib, yuqori foyda olishni ta’minlovchi sabab sifatida aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini qondirish hisoblanadi.
    Yuqorida keltirilgan nazariy xulosalardan kelib chiqsak, savdo sohasi, korxonasi samaradorligining o‘lchov birligi sifatida ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur ekanligini asoslamoqda.
    Korxonaning samaradorligini o‘lchash va baholashni quyidagi alomatlar bo‘yicha guruhlash zarur:
    birinchidan, umuman milliy iqtisodiyot manfaati nuqtai nazaridan;
    ikkinchidan, iste’molchi (aholi) manfaati nuqtai nazaridan;
    uchinchidan, korxona (mulkdor, boshqaruv xodimlari hamda ishchilar) manfaati nuqtai nazaridan.
    Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan resurslardan oqilona foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy iqtisodiy iste’mol darajasini yuksaltirishdir.
    Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‘sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko‘rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikga erishgan bo‘ladi.
    Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega.
    Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir. Ishlab chiqarish jarayonida omillar (er, kapital, mehnat, tadbirkorlik) xarajat qilinadi va uning natijasida ma’lum miqdordagi ne’matlar yaratiladi. Xarajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy samaradorlik ifodalanadi.
    Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi. Korxonaning ijtimoiy samaradorligi mezoni iste’molchilarni ehtiyojlarini qondirilish darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari aholining daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini yuksaltirish, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlari kabilarni aniqlash bilan belgilanadi.
    Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi - murakkab kategoriyadir. Unda ishlab chiqarish natijalariga hamda, xarajatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mujassamlangandir. Unda ishlab chiqarish natijalarining o‘sishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi hamda mahsulot assortimenti tuzilishining ijtimoiy ehtiyojlar tuzilishiga to‘g‘ri kelishida o‘zining aksini topadi.
    Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o‘sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

    • Mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;

    • Jonli mehnat unumdorligining o‘sishi;

    • Material sarfining kamayishi;

    • Fond samarasining oshishi.

    Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
    Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir.

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122




    Download 1,61 Mb.