• «Samara
  • -BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI




    Download 1,61 Mb.
    bet39/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    5-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING IQTISODIY VA IJTIMOIY
    SAMARADORLIGI


      1. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida ishlab chiqarishining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini ta’minlashning ahamiyati.

    Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida davlatning iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga mo‘ljallangan fundamental maqsadlarni o‘rtaga qo‘yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo‘llarini belgilashni ham o‘z ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to‘xtovsiz oshirib borish asosiy o‘rinda turadi.
    O‘zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, kalajakda esa, ularni mo‘l-ko‘l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir.
    Mustaqillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Binobarin, Respublika Prezidentining ma’ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yo‘liga o‘tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda.
    Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida samaradorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, “Iqtisodiyot - bu hisob-kitob degam. Eng yomoni, istiqbolli yirik loyihalarni belgilash va amalga oshirishda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo'yilgani, xorijiy kreditlar samarasiz ishlarga sarflangani iqtisodiyot rivojiga xalaqit bermoqda.”-deb ta’kidlandiXVIII.
    Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil: miqdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo‘r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo‘ladi; agar yana ham ko‘proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo‘llaniladigan bo‘lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi.
    O‘zbekiston sanoatida ana shu ikki yo‘ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o‘sib bormoqda.
    Samaradorlik eng ko‘p uchraydigan umumiy tushunchalardan biri bo‘lib, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o‘qish va o‘qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar.

    Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining «ko‘zgusi» hisoblanadi. Bu «ko‘zguda» ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o‘zishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun ma’lum xarajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan harajatlar o‘rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining «ko‘zgusi» bo‘lgan samaradorlikda ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.
    Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida samaradorlikning alohida o‘rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqazo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko‘p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo‘ladi: a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Samaradorlikni butun iqtisodiyotdagi, uning tarmoqlari va sohalaridagi muammolarining dolzarbligi bir qator ilmiy-nazariy va amaliy masalalarni hal qilishni talab qiladi. Ushbu masalalar qatoriga, bizning fikrimizcha quyidagilarni kiritish mumkin:

    • samaradorlikning mohiyati va tushunchasi;

    • samaradorlik turlarining (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik, texnik- texnologik, jamiyat, hudud, korxona miqyosidagi kabilar) o‘zaro bog‘liqligi, farqlari, bir-biriga ta’sir qilish miqdorlarini aniqlash;

    • samaradorlik mezonlarining mohiyati, tushunchasi, belgilarini asoslab berish;

    • samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, bir tizimli holatga keltirish;

    • samaradorlik ko‘rsatkichlarini tanlangan ob’ekt doirasida tadqiqot qilish, ularning o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash;

    • samaradorlikni oshirishning yo‘llarini aniqlash va bashorat qilish kabilar.

    Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha iqtisodiy adabiyotlarda ko‘plab qarashlar mavjud bo‘lib, ular asosan alternativ xarakterga ega. Ularning umumiy tomoni samaradorlik nisbiy ko‘rsatkich hisoblanib, uni «xarajat» va «natijani» solishtirish orqali aniqlashni tavsiya qilishadi.
    B.A.Abdukarimov va boshqalar muallifligidagi “Korxona iqtisodiyoti” darsligida “samaradorlikka bunday bir tomonlama yondoshish muammoli masala bo‘lib, samaradorlikni mohiyati, tushunchasi, mezoni va ko‘rsatkichlarini ilmiy- nazariy va amaliy tadqiqot qilishda sistemali, keng ma’noda, har tomonlama qarash zarur”-deb ta’kidlanadi1.
    O‘zbek tilining izohli lug‘atida «samara», «samarador», «samaradorlik», «samarali» so‘zlari keltirilib, ularga izoh berilgan. Unda yozilishicha «samara» - natija, oqibat. «Samarador» - kutilganicha yoki undan ham ortiq samara beradigan; samarali, sermahsul. «Samaradorlik» - iqtisodiy samaradorlik. Mehnat samaradorligini oshirmoq. «Samarali» - samarali ish. Samarali mehnat. Samarali
    ta’sir ko‘rsatmoq. Ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanmoq deb
    ta’kidlanganXIX.
    Ishlatilayotgan so‘z, atama (termin)ning asl mazmunidan kelib chiqadigan bo‘lsak, samaradorlik, u qaysi turda bo‘lishidan qat’iy nazar, inson faoliyatining «natijasini» anglatadi.
    “Samara”, “samaradorlik”, “ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi
    tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
    Professor E.X.Maxmudovning ta’kidlashicha «Samara - bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi2.

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI

    Download 1,61 Mb.