|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 38/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniIchki
|
Tashqi
|
Umumiy
|
1. Murakkablik
|
1. Tashkilot strategiyasi
|
1. Hukmronlik va nazorat samarasi
|
2. Rasmiyatchilik
|
2.Tashkilot o'lchami
|
2. Axborot jarayonlari kompyuterlashtirish
|
3. Markazlashtirish
|
3. Texnologiya (mahsulot)
|
|
4. Boshqarish jarayoni
|
4. Tashqi muhit
|
|
G‘arbiy adabiyotlarda «Tuzilmani takomillashtirish» termini qoida bo‘yicha ishlatilmaydi. Bu tushuncha neytralroq so‘zlar bilan, masalan: tuzilmani o‘zgartirish, tuzilmani almashtirish, tuzilmani tanlash, integratsiya qilish va boshqalar bilan beriladi. Ko‘rib turibmizki, ular o‘zlarida turdi tashkilot boshqaruv tuzilmaini takomillashuv darajasini olib yubordilar.
Boshqaruv tuzilmasining qayta tashkil qilishning usullari shakllari turli- tumandir. Ularni bir necha yo‘nalishlarga jamlash mumkin:
Tuzilmani ichki oddiylashtirishlar hisobiga takomillashtirish.
Mexanik turdagi tuzilmani ko‘nikish tuzilmaiga almashtirish.
Amaldagi mexanik tuzilmalarni organik tuzilmalar bilan birlashtirish.
Konglomerat tuzilmani yaratish.
Kelajakdagi mumkin bo‘lgan tuzilmalar modeli va avtokratik tashkilotlar.
«Tuzilmani takomillashtirish» yo‘nalishlari:
Tarkibni oddiylashtirish hisobiga takomillashtirish. Bu muntazam tarkiblarni boshqaruv saviyalari sonini kamaytirish hisobiga almashtirish. Bu muntazam tarkiblarni boshqaruv saviyalari sonini kamaytirish hisobiga yassiroq tarkiblarni aylantirish.
Mexanik turdagi tarkibni ko‘nikish tarkibiga almashtirish. Bu menejment tarkibini qayta ko‘rishni ko‘proq radikal usulidir. Uni firmaning favquloddagi hollarda, uning hayotiy faoliyatiga xuruj qilishganda ishlatadilar. Avval ta’kidlaganimizdek, shunday qayta ko‘rish uchun kuchli sardor komandasi kerak.
Mexanik tarkiblar ichida har xil shakldagi organik tarkiblarni bunyod etish. Bular venchur, innovatsiya bo‘limlari, biznes markazlar, brigada tarkiblari, ekspert guruhlarini bunyod etilishi kerak. Taraqqiyot topgan davlatlarning hozirgi zamon menejmenti ularning zarurligini, firmaning samarali faoliyati uchun birlamchi sharoiti hisoblanadi.
Konglomerat tarkibni tashkil etish. «Konglomerat» tushunchasi har xil turdagi elementlarni birlashtirishini birdiradi.
Modelli va avtokratik tashkilotlar - ular balki kelajak tarkiblaridir.
Qisqacha xulosalar
Yirik miqyosda amalga oshiriladigan, har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat, amaldagi ishlab chiqarish u yoki bu darajada boshqaruvga muhtojdir. Shu sababli boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Respublika sanoatiga rahbarlik qilish O‘zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasiga asoslanadi va unga muvofiq amalga oshiriladi.
Boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullari mavjud bo‘lib, ular jamiyat taraqqiyotining turli ob’ektlarida turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning oqilona va izchil hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish sanoat ishlab chiqarishi taraqiyotini jadallashtirishga olib keladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Boshqaruvning mohiyati, ahamiyati, zaruriyati, maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Boshqaruvning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos va xos tamoyillari va usullari- chi?
Sanoat boshqaruvining hozir ahvoli qanday?
Boshqaruvning istiqboli hamda uni iqtisodiy o‘sish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirish nimalarni taqazo etadi?
Boshqaruvda xorijiy mamlakatlar tajribasi va undan keng foydalanish nima uchun zarur?
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.
Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak . Tashkent : O‘zbekiston, 2017 y.,104 b.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi.//Xalq so‘zi, 23 dekabr, 2017 yil
Tirole, Jean (Tir) The Theory of Industrial Organization. MIT Press, 1992.
Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000.
Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.
www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
|
| |