Industrial iqtisodiyot




Download 1,61 Mb.
bet41/122
Sana04.06.2024
Hajmi1,61 Mb.
#259972
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   122
Bog'liq
китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

S = natija/ xarajatlar = natija/ mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini farqlaydilar.
Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo‘lish shartli bo‘linish hisoblanadi.
81
Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan natijalarning hammasini iqtisodiy va ma’lum ma’noda, ijtimoiy samara deb aytish mumkin.
Bu yerda: shuni eslatib o‘tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning sun’iy bo‘lishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan tashqarida bo‘lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo‘lmaydi. Demak, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki amalga oshirilgan har bir ish ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor. U vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash ish vaqtining zoye ketishini kamaytirish, mablag‘lar oborotini tezlashtirish, mahsulot yetishtirish hajmini o‘stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlari yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, sanoat tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo‘yicha xarajatlarning o‘sishi bilan tavsiflanadi.
Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o‘zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli ishlovchilar o‘rtasidagi munosabatlar ta’riflanishini nazarda tutsak, ularni ijtimoiy-iqtisodiy samara deb atasak bo‘ladi.
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni va ko‘rsatkichlar tizimida aks etadi.
Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda, harajatlar va resuralarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqdori tushuniladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi va umuman, iqtisodiyot bo‘yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish ob’ektlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni aniqlash xarajatlar va resurslar samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy yig‘imlarini aks ettiruvchi differensiyalangan ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. Bunday ko‘rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imi, kapital sig‘imi kiradi.
Mehnat sig‘imi milliy daromad, sof, yalpi, tovar mahsulotning yoki natural shaklda ifodalangan mahsulot birligiga sarflangan xarajat miqdorini tavsiflaydi.
Mahsulotning sermehnatliligi - muayyan turdagi mahsulotni (masalan, bitta traktorni, kostyumni yoki ko‘ylakni) ishlab chiqarishga sarf bo‘lgan ish vaqti miqdorini ifodalovchi ko‘rsatkichdir.
Mehnat sig‘imining uch turi bo‘ladi: texnologik, to‘la va iqtisodiyot mehnat sig‘imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab, u yana uch turga: rejali mehnat, normativ mehnat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig‘imlariga bo‘linadi.
82
Mehnat sig‘imi bevosita sarf (asosiy hodimlar sarf qilgan mehnat) bo‘yicha, to‘la sarf (yordamchi hodimlar sarf qilgan mehnat) bo‘yicha hamda umumiy ijtimoiy mahsulot yoki milliy daromad qiymatiga nisbati bilan belgilanadi. Ayrim komplekslar va ularning tarmoqlarida, korxonalarda esa, moddiy sarflar miqdorining qiymatiga nisbatan belgilanadi:

Download 1,61 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   122




Download 1,61 Mb.