|
Samaradorlikningqo‘shimcha muhim ko‘rsatkichlari ruyxati
|
bet | 51/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniSamaradorlikningqo‘shimcha muhim ko‘rsatkichlari ruyxati
Asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti
Asosiy fondlaming yangilanish koeffitsienti
Mehnat unumdorligi
Fond qaytimi
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti
Energiya samaradorligi (mahsulot tannarxi tarkibida energiYaga xarajatlarning ulushi)
Sotilgan mahsulotning umumiy xajmida innovatsion mahsulot ulushi
Korxonaning umumiy xarajatlarida innovatsion faoliyatga qilingan xarajatlar ulushi
hodimlarni o’qitishga qilingan xarajatlar, bir ishlovchi hisobiga to’g’ri keladigan
Kadrlar qo’nimsizligi koeffitsienti
Investitsion dasturning bajarilishi indikatori, qiymat shaklida
Quvvatlarni ishga tushirish indikatori (belgilangan topshiriqqa nisbatan % da)
Eksport ko‘rsatkichlarini bajarilishi (pul ko‘rinishidagi opshiriqqa nisbatan % da)
Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari kompaniya faoliyatiga to‘g‘ri jalb qilingandagina foydali vosita sifatida xizmat qila oladi. Chunki bugungi kunda samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarining juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ulardan aynan mosini korxona faoliyatiga tanlab jalb qila olish ham katta mahorat talab qiladi. Aks holda kompaniya xodimlari va menejerlar o‘rtasida turli tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin
Shuningdek, samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari alohida sohalar, ishlab chiqarish, turizm, moliyaviy va davlat xizmatlari sektorlari uchun yaratilishidan kelib chiqib, bir sohaga mos tushgan ko‘rsatkich keyingi sohaga umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin
Odatda rahbarlar va ekspertlar samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini o‘z kompaniyasi faoliyati uchun ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch keladi va quyidagi holatlarda vaziyat yanada murakkablashadi. Agar:
kompaniyaning strategik va muhim maqsadlari aniqlanmagan bo‘lsa, hisob- kitoblar faqat moliyaviy natijalarga e’tibor qaratiladi;
faqat moliyaviy ko‘rsatkichlarga bog‘lanib qolish korxonaning moliyaviy holati to‘g‘risida har xil va noto‘liq tasavvur uyg‘otadi;
bir soha uchun muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlar ikkinchi soha uchun kamroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin;
- agar xodimlarning rag’batlantirilishi samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib qolsa, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi va noroziliklar tug‘dirishi mumkin .
Tizimni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar. Ustav fondida davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini baholash uchun samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini joriy etishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
o korxonaning uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish;
o samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari ro‘yxati va uning har bir davr uchun ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadi ham aks ettirilgan yillik biznes rejasini qabul qilish; o samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha har bir ko‘rsatkichni hisoblash tartibi ko‘rsatilgan korxona faoliyatini baholash uslubi haqidagi qoidalarni ishlab chiqish;
o samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash natijalari hisobga olingan holda mukofotlash va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qoidalar hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqib, hayotga tatbiq etish.
Aksiyadorlik jamiyatlarida samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari kuzatuv kengashi qarori bilan, u mavjud bo‘lmagan taqdirda esa yuqori boshqaruv organi (xo‘jalik jamiyatlari uchun) yoki muassis (davlat korxonalari uchun) qarori bilan tasdiqlanadi.
Hisoblash yo‘li bilan samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari miqdorlari ularning biznes rejasida belgilangan reja (maqsadli) miqdorlari bilan hisoblangan va maqsadli miqdorning foizli nisbati tarzida taqqoslanadi. Barcha samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan miqdor tashkilotning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorlikning yig‘indi ko‘rsatkichi (SYK) sifatida ifodalanadi.
Ijro etuvchi organ rahbari va a’zolariga to‘lanadigan mukofot miqdori korxonada qanday ko‘rsatkichlarga erishilganiga bog‘liq. U biznes rejada nazarda tutilgan ijro etuvchi organni moddiy rag‘batlantirish puli miqdorini samaradorlikning yig‘indi ko‘rsatkichiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Xususan, korxonaning vakolatli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va h.k.) o‘z qarori bilan ijro etuvchi organning tashkilot faoliyati natijalarini shakllantirishdagi haqiqiy ishtirokidan kelib chiqib, tuzatish koeffitsiyentini qo‘llashi mumkin. Agar samaradorlikning yig‘indi ko‘rsatkichi va uning bajarilishi foizi barcha samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari ning kamida yarim belgilangan rejasidan oshsa, ijro etuvchi organ rahbari va a’zolarini mukofotlash miqdori biznes rejada nazarda tutilgan mukofotlash miqdoriga nisbatan ikki barobar oshirilishi mumkin
Korxonaning vakolatli boshqaruv organi qaroriga asosan, ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligi qoniqarsiz, past darajada, yetarli darajada emas, o‘rtacha darajada, yetarli darajada va yuqori darajada kabi e’tirof etiladi.
Ijro etuvchi organ faoliyati samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari si qoniqarsiz yoki past darajada deb topilgan taqdirda ustamalar, mukofot puli va boshqa moddiy rag‘batlantirishlar to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi1. (3)
Respublika hududidagi xususiy va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda, jumladan, GM Powertrain Uzbekistan, Tashkent Lotte Hotel, Office
1 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-son “Davlat ulushi bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” Qarori.//lex.uz
market va shu kabi boshqa kompaniyalarda tegishli samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari joriy qilingan va samarali foydalanib kelinmoqda
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishdagi ishlarning jadal sur’atlarda amaliyotga tatbiq etilishida katta turtki bo‘ldi
Xususan, bugungi kunda ustav kapitalida davlat ulushi mavjud jami 1367 ta xo‘jalik yurituvchi korxona o‘z faoliyatlariga samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini joriy qilgan. Shundan 1072 tasi davlat unitar korxonasi, 136 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat va qolgan 159 tasi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi ustav kapitalida davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari ulushi mavjud korxonalardir.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning
omillari va yo‘llari
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarining muhimlariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish;
ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, mahalliylashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo‘lga qo‘yish.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy- iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o‘ringa ega. Ularning ahmiyati ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va xo‘jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o‘rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish - konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiya va kombinatsiya qilishni kiritish mumkin.
|
| |