• boshqaruv organlari6.1-rasm. Fan, talim va ishlab chiqarish ortasidagi ozaro aloqadorlik 1
  • Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari
  • -BOB. SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI




    Download 1,61 Mb.
    bet53/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    6-BOB. SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI

      1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati

    Fan-texnika taraqqiyoti — bu, juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. shu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi.
    Fan — inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqea- hodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo'lga solinadi. Fan — ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir.
    Fan yoki ilm — bu, o'qish, o'rganish va hayotiy tajriba asosida fikrlanadigan bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi, avvalo, voqea va hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash, tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iborat.
    Texnika — bu, eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda esa, u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig'insidir. U ishlab chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi.
    Texnologiya (yunoncha «technue» — san’at, mahorat, uddalash va ...logos - ta’limot) — ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xom ashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir.
    Fan-texnika taraqqiyoti — bu, mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi xom ashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning h ammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi.
    Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:

    • tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xom ashyo va materiallarni, yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k.larni tejash);

    • ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni engillashtirish;

    • mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish;

    • ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish.

    Fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi aloqadorlikni chizma ko'rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin (6.1-rasm).
    Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari tadqiqotlar yoki amaliy tajribalar natijasida olingan va yangi materiallar, mahsulotlar, jarayonlar, qurilmalar, xizmatlar, tizimlar yoki usullarni yaratishga yo‘naltirilgan mavjud bilimlarga asoslangan tizimli ravishda amalga oshiriladigan ishlar kiradi. Ishlanmalar tarkibiga konstruktorlik, loyihaviy va texnologik ishlar kiradi.




    Ta’lim, Fan

    Ilmiy izlanishlar, ixtirolar va h.k.lar natijalari

    Ilmiy texnika
    mahsulotlar
    bozori


    Sanoat

    boshqaruv organlari6.1-rasm. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi


    o'zaro aloqadorlik1

    So’nggi o‘n yetti yil mobaynida respublikamizda ilmiy muassasalar tomonidan o‘z kuchi bilan bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish manbasi tarkibida jiddiy o’zgarishlar ro‘y bermoqda. Xususan, 2000 yilda bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishga asosan buyurtmachi mablag‘lari (jami xarajatlarning 44,3 foizi) jalb qilingan bo‘lsa, so‘nggi yillarda ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda ko‘proq davlat byudjeti mablag‘lari (57,7 foizi) va o‘z mablag‘laridan (22,3 foizi) foydalanilmoqda. Bundan tashqari ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda xorijiy manbalar va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘laridan foydalanish ham sezilarli ortgan.
    2000 yilda asosan buyurtmachilar mablag‘lari hamda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan (jami moliyalashtirishning 84 foizi) moliyalashtirilgan bo‘lsa, 2016 yilda davlat byudjeti mablag‘lari qatorida o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning ham ulushi ortgan.
    Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan band bo‘lgan tadqiqotchi mutaxasislar soni 2016 yilda 2000 yilga nisbatan 27,4 foizga oshdi va 31966 nafarni tashkil etdi.
    2016 yilda tadqiqotchi-mutaxassislarning 26,2 foizi (8391 nafar) tabiiy fanlar sohasida, 20,2 foizi (6457 nafar) gumanitar fanlar sohasida, 18,3 foizi (5852 nafar) ijtimoiy fanlar sohasida, qolgan 35,2 foizi (11266 nafar) texnika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi fanlari sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishganXXII XXIII.

      1. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari

    Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin:

    1. an’anaviy yo‘nalish;

    2. zamonaviy yo‘nalish;

    v) istiqbolli, ustuvorlik yo’nalishlar.
    An’anaviy yo'nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman avtomatlashtirish, kimyolash kiradi.
    Zamonaviy yo'nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish (robotlashtirish, kompyuterlashtirish), atom energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo‘llash, texnologiyaning ekologiYaga salbiy ta’sirini kamaytirish kiradi.
    Istiqbolli, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:

    • elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la axborotlashtirish, fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish;

    • yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish;

    • texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xom ashyo va materiallarning eng yangi turlarini yaratish;

    • mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni

    modernizatsiyalash.

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI

    Download 1,61 Mb.