|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 56/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniIlmiy texnik salohiyat - bu ITTning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga erishishda foydalanilishi mumkin bo'lgan resurslarning o'zaro bog'liq yig'indisi tayyor yangilik yoki ishlanmalarning miqdori va sifati bilan aniqlanadi.
Axborot mehnatning mahsuli sifatida o'zining xuquqiy aksini ilmiy-texnik litsneziyada topadi.
Ilmiy-texnik litsenziya- bu kashfiyotlar va ixtirolarga asoslangan yangiliklar to'g'risidagi axborotlardan (ishlab chiqarishga qo'llash uchun tayyor bo'lgan) foydalanish imkonini beruvchi ruxsatnoma.
Texnik jihatdan yangilik darajasiga qarab yangiliklar (ishlanmalar) besh guruhga bo‘linadi:
Tayyor qaror va konstruksiyalardan, mavjud ma’lumotlardan
foydalanadigan;
bir konsepsiya doirasidagi bir necha qarorlar ichidan bittasini tanlaydigan;
dastlabki konstruksiyani, qarorni, konsepsiyani o‘zgartiradigan;
yangi konsepsiya, konstruksiya va qarorni topadigan;
Tubdan yangi konsepsiya, konstruksiya, tizim va boshqalarni yaratuvchilarga
bo‘linadi.
Mahsulot sifati - bu mahsulotning jamiyat va shaxs talablarini qondira olish qobiliyati hisoblanadi.
Mahsulotning texnik darajasi- bu uning konstruksiyasining, texnologiyasining va ishlatiladigan materiallarning mukamallik darajasi.
Istiqbolli standartlar - bu ishlab chiqarish va texnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan mahsulot etalonlari bo‘lib, ular mahsulot sifatini bashorat qilishga asoslangan.
Eng yangi texnika- bu istiqbolli standartlar talablariga javob bera oladigan texnika bo‘lib, u yangi texnologik tamoyillar, kashfiyotlar va ixtirolarga asoslanadi. U ijtimoiy mehnat unumdorligini ko‘p martalab oshishini, bir-birlik mehnat sarfi o‘rtacha qiymatini kamayishiga olib keladi.
|
| |