|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 57/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniYangi texnika DST, TST va texnik shartlarga to‘liq javob berib va ixtirolardan foydalanib xalq xo‘jaligida samara bo‘lishni ta’minlaydi va ishlab chiqarilgan vaqtiga muvofiq mahsulotni yangilash me’yorlariga mos keladi.
Modernizatsiya qilingan texnika DST, TST va texnik shartlarga, texnikani yangilash me’yorlariga mos kelib, avval qo‘llanilgan texnikaga nisbatan samarani ta’minlaydi.
Mahsulotning texnik darajasi- bu nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, etalonga (dunyoda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning eng yaxshisiga) yoki patent va boshqa ilmiy texnik ko‘rsatkichlar to‘plamiga solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mahsulotning texnnik darajasi hajm ko‘rsatkichlari (natural va qiymat shaklida) va quyidagilarning salmog‘i (foizda) orqali aniqlanadi.
oliy sifatli, dunyodagi eng yaxshi na’munalarga mos keluvchi va ulardan o‘tib ketuvchi mahsulotlarning;
ishlab chiqarishda birinchi marta o‘zlashtirilayotgan eskirgan va uch yilgacha ishlab chiqariladigan mahsulotlarning;
dunyo narhlaridan past bo’lmagan narhlarda eksport qilinayotgan mahsulotlarning salmog’i.
Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash
Patent idorasi sanoat mulki obektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni ko’rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo’yicha davlat ekspertizasini o’tkazadi, ularni davlat ro’yxatiga oladi, sanoat mulki obektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki obektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishiga doir qoidalar qabul qiladi va tushuntirishlar beradi.
Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o‘zgartirish olib kiradigan ilgari noma’lum bo‘lgan, ammo obektiv mavjud moddiy nuqtaning hodisa, xossa va qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi ta’limotga aytiladi.
Kashfiyotni himoya qilish maqsadi:
Ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun;
Muallif va davlat ustunligini o'rnatish;
Kashfiyot muallifining xususiyatlarini tan olish va unga tegishli imtiyozlar berish;
Kashfiyot bilan bog'liq ilmiy-texnologik masalalarni hal qilishda ko'maklashish;
Fan va texnikada, foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi.
Dasturiy ta’minot yoki EHM uchun dastur bu EHM, uning tarmoqlari va boshqa kompyuter vositalarining muayyan natijalar olish maqsadida ishlash uchun mo'ljallangan ma’lumotlar va buyruqlar majmuidir.
Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash
Yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligni aniqlash kerak.
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi uslubiyoti:
kapital qo'yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo'yicha Namunali metodika;
iqtisodiyotda yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi;
boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi samaradorligini aniqlash metodikasi (GOST-24.702.85).
mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo'yicha chora-tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
atrof-muhitni muhofaza etish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik metodika.
Yangi texnika samaradorligini hisoblash qiyosiy samaradorlikni aniqlash tamoyillariga asoslanadi. Hozirgi kunda bunday hisob-kitoblar iqtisodiyotda yangi texnikadan, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
S = (X1-X) x A2
Bu erda: S — yillik iqtisodiy samara, so‘m;
Xi va X2 — yanga texnika yordami bilan tayyorlangan mahsulot birligiga sarflangan, keltirilgan xarajatlar (T+Enx K);
A2—hisobot yilida yangi texnika yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotning yillik hajmi.
Qisqacha xulosalar
Sanoatning ilmiy-texnika bazasi — bu, uning ilmiy-texnik salohiyati va barcha mehnat vositalarining majmuidir. Bu salohiyat, avvalo, sanoat, so‘ngra, iqtisodiyotning boshqa sohalari rivojini ta’minlaydi.
Mustaqillik yillarida bu salohiyatni yuqori darajaga ko‘tarish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi. Sanoat ishlab chiqarishiga eng samarali ilmiy tadqiqotlarning natijalarini, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlanmalarni joriy etish yo‘lga qo‘yildi. Natijada ilg‘or texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar samarasi yildan yilga oshib bordi.
Mamlakat sanoatining yanada izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun Fan-texnika rivojining ustuvor va eng istiqbolli yo‘nalishlaridan to‘la-to‘kis foydalanish zarur.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati nimada?
Texnika va texnologiyaning tavsifi va uning turlari.
Fan-texnika taraqqiyotining yo‘nalishlari: Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizatsiyalash; ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni kimyolashtirish, yangi mehnat buyumlari va qurollari, energiya va yoqilg‘ining yangi turlarini yaratish.
Yangi texnikani ishlab chiqarishga joriy etishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash usuli nimalarni ko‘zda tutadi?
Asosiy adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.
Xotamov I., Aliev Y. “Innovatsion iqtisodiyot” fani bo’yicha ishchi daftar. - Toshkent: Iqtisodiyot, 2018 yil,174 bet.
Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak . Tashkent : O’zbekiston, 2017 y.,104 b.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.154.
Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.
www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.
|
| |