|
BOB. ISHLAB CHIQARISHNI IJTIMOIY TASHKIL ETISH
|
bet | 58/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniBOB. ISHLAB CHIQARISHNI IJTIMOIY TASHKIL ETISH
Diversifikatsiyalash tushunchasi, mohiyati va iqtisodiy ahamiyati
Davlat rahbari tomonidan Harakatlar strategiyasida1 yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish zarurati alohida ta’kidlandi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning assimetrik shakllari hisoblangan ixtisoslashuv va diversifikatsiya jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turli xil nisbatlarda ishlab chiqarishda qo'llanilgan.
Diversifikatsiya:
tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab chikarilayotgan maxsulotlar sonini kengaytiradi;
yangi bozorlarni egallab olish va kushimcha foyda olish maksadida ishlab chikarishning bir-biri bilan boglik bulmagan ikki yoki undan ortik turini bir vaktning uzida kengaytirish va rivojlantirish.
«Diversifikatsiya» lotincha (diversificatio) so'zidan olingan bo'lib o'zgarish, har xillik, bir oz narsaga ko‘p tomonlama, kombinatsiyalashgan, ko‘p tarmoqli tus berish kabi ma’nolarni anglatadiXXIV XXV.
Diversifikatsiya jarayoniga berilgan zamonaviy ta’riflar orasida angliyalik iqtisodchilar Bennok, Bakster va Devnslar tomonidan keltirilgan ta’rifga e’tiboran «diversifikatsiya-bu biror firma yoki geografik mintaqada tovarlar va xizmatlar doirasini kengaytirishdir».
Quyidagi ta’rif birmuncha aniqroq va kengroq bo‘lib, unda diversifikatsiya jarayon va muayyan sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladigan tadbir sifatida talqin qilinadi: «diversifikatsiya — alohida olingan korxona yoki konglomerat yoxud iqtisodiyot tomonidan ishlab chiqariladitan tovarlar va xizmatlar turining oshishidir. Diversifikatsiya iqtisodiyotda tabiiy jarayon sifatida ro‘y beradi. Ayrim hollarda esa biznes sohiblari yoki davlat tomonidan tor doiradagi mahsulotlarga (ayniqsa ularga bo‘lgan talab o‘zgaruvchan bo‘lgan sharoitda) bog‘liq bo‘lib qolish xatarini kamaytirish uchun amalga oshiriladi».
Britaniyalik Syuzan Meyx’yu nuqtai nazari ham ushbu konsepsiYaga ancha yaqin. U diversifikatsiYaga «sanoat ishlab chiqarishni keng doiradagi faoliyat turlariga yoyish va shu orqali fakat bir turdagi mahsulotta o‘ta bog‘liq bo‘lib qolmaslik uchun qo‘llaniladigan tadbir» sifatida ta’rif beradi. U o‘z fikrini davom ettirar ekan, diversifikatsiyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadiXXVI:
gorizontal diversifikatsiya;
konsentrik diversifikatsiya;
konglomerat (vertikal )diversifikatsiya;
mehnat bilan ta’minlashning mintaqalar bo'yicha diversifikatsiyasi;
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovarlarga o'xshash ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
Konglomerat (vertikal) diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturini chuqurligini ustirishni anglatadi. Masalan, gusht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon mol etishtirishni va seleksiya bo‘yicha ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Konsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni ko‘zda to‘tadi.
Amerikalik iqtisodchilar S. Fitper, R.Dornbush, Malenzilar diversifikatsiyani «tavakkalchilikni bir nechta aktivlarga taqsimlash orqali uning darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan strategiya» sifatida aniqlaydilar. Ularning fikricha, diversifikatsiyaning asosiy qoidasi «hamma tuxumlarni bitta savatda saqlamaslikdan iborat». Mazkur ta’rif bir muncha umumiyroq xarakterga ega bo‘lsada, diversifikatsiyaning iqtisodiy mohiyatini to‘liq o‘zida aks ettiradi.
Yana bir angliyalik iqtisodchi Devid Skott diversifikatsiya mazmunini bir muncha boshqacharok tushunadi. Uning fikricha, diversifikatsiya «bu turli xil korxonalarning qimmatli kog‘ozlar sotib olish orqali ulardan keladigan foyda miqdorini barqarorlishishini ta’minlashdir». Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ham «barcha tuxumlarni bitta savatda saqlamaslik» tamoyili ustun o‘ringa ega. shu bilan bir qatorda bu ta’rifda moliyaviy diversifikatsiya masalasiga asosiy e’tibor qaratilgan.
Shunday qilib, diversifikatsiya - bu oldindan qo‘yilgan maqsad emas, balki ob’ektiv jarayonning vujudga kelishi natijasida amalga oshiriladigan majburiy chora - tadbirdir.
7.2.Sanoat korxonalarida yangi tovar ishlab chiqarish,
tovar diversifikatsiyasi
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tadbiq etish dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi.
Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi.
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda to‘tadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo‘linadi.
Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi qiladigan bir qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi.
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi.
107
Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi ishlatiladi.
7.1-jadval
|
| |