|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 54/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni«Nou-xau» — bu, texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi.
“Innovatsiya” - atamasi “yangilik kiritish” yoki “yangiliklar” tushunchalarining sinonimidir.
Lizing — mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan moliyaviy va oddiy turi mavjud.
Venchur —mohiyati ilmiy-muhandislik ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat ishini tashkil qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat.
Injiniring (ixtirochilik), muhandislik maslahat xizmatlari — tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish.
Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo'nalishlaridan biri ishlab chiqarishni elektrlashtirishdir.
Elektronizatsiyalash deganda, ishlab chiqarish jarayonlarida elektronikadan keng foydalanish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan axborotni kompyuterlarda yig'ish, o'tkazish va ishlash tushuniladi.
Avtomatlashtirish — ilgari odam bajaradigan, boshqarish va nazorat qilish vazifalari asboblar, avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklanadigan mashinali ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayoni.
Modernizatsiyalash - bu barcha voqea, hodisa va jarayonlarni, jumladan ishlab chiqarishni zamonaviy talabga moslab o'zgartirish, ya’ni zamonaviylashtirish va yashartirishdir. Modernizatsiya (fransuzcha modernisation, moderne - yangi, zamonaviy) jamiyat hayot faoliyatining barcha sohalarida kechadigan murakkab global jarayon bo'lib hisoblanadi.
|
| |