|
Maqsad
Qo'llanish sohasi
|
bet | 62/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniMaqsad
|
Qo'llanish sohasi
|
l.Korxonaning xalq
iste’moli tovarlari ishlab
chiqaradigan va aholiga
xizmat ko‘rsatadigan
fuqarolar bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish
|
qo'llanish sohasi - faoliyatlari mavsumiy tusga ega bo'ladigan korxonalar. Misol - chust P/Z uyda milliy pichoqlar, ro'mollar va boshqa turdagi xalq hunarmandligi buyumlarini tayyorlaydigan 24 nafar fuqaro bilan mehnat shartnomasi tuzgan. Bundagi yutuq kasanachilik mehnatini bajariladigan ish o'rinlarini yuzaga keltirishga kam sarf-harajat qilinishidan iborat.
|
2. Texnologik jarayonga
kiritilgan ixtisoslashtirilgan kasanachilik mehnati ish
o‘rinlarining yaratilishi
|
qo'llanish sohasi - asosiy mahsulot ishlab chiqarish uchun ayrim operatsiyalar yoki buyumlarni
bajarilishi. Misollar - furnitura ishlab chiqarish, yarim tayyor mahsulotlarni charhlash, butlovchi detallardan buyumlar yig'ish, tikuv, poyabzal va hokazo buyumlarga qo'lda ishlov berish.
|
3. Korxonaning ishlab
chiqarish dasturiga kiritilgan mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha kasanachilik
mehnati bilan bog‘liq ish o‘rinlarini yaratish.
|
qo'llanish sohasi - ishlab chiqarishning ayrim turlarini korxonaning ishlab chiqarish maydonlaridan kasanachilarning istiqomat joylaridagi ish joylariga o'tkazish va shuning hisobiga bo'shab qolgan maydonlardan samarali foydalanish. Misollar - mahsus kiyim-bosh, fartuk va qanorlar ishlab chiqarish.
|
Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
Korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish o‘zaro chambarchas bog‘liq jarayondir. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasining kengayishi tayyor mahsulot, butlovchi buyum va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashirish uchun shart- sharoit yaratadi.
Ma’lumki, mahalliylashtirish jarayoni iqtisodiyotning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, uning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish, shu asosda zamonaviy raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, valyuta mablag‘laridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek, yangi ish joylarini yaratish imkonini beradi.
Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi quyidagi ijobiy jihatlar bilan tavsiflanadi:
mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish;
turli sanoat tarmoqlarining qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan mahsulotlari eksportini ko‘paytirish va an’anaviy eksport salmog‘ini kamaytirish;
samarali ichki va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish;
iqtisodiyotning real sektorida mamlakatimiz korxonalarining kooperatsiyasi salohiyatidan yuqori darajada foydalanish;
mahalliy xom ashyoni qayta ishlashni kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni zamonaviylashtirish va yangilarini tashkil etish hisobidan iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish va h.k.
|
| |