• Texnologik kooperatsiya
  • Rayonlararo kooperatsiya
  • Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni kuchaytirishda kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish
  • Kasanachilik faoliyatining o’ziga xos modellari
  • Buyumli (agregatli) kooperaratsiya




    Download 1,61 Mb.
    bet61/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Buyumli (agregatli) kooperaratsiya - bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo‘yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin.
    Texnologik kooperatsiya — bu bir va bir necha korxonalar o‘rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo‘yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi.
    Tarmoqlararo kooperatsiya sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat ko‘rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog‘i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma’lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar etkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin.
    110
    O’zaro bog’liq bo’lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperatsiya keng tus olishi mumkin.
    Rayonlararo kooperatsiya turli iqtisodiy hududlarda joylashgan korxonalar o’rtasidagi aloqalarni ifodalaydi.
    Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

    • birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. Bunda etkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohida-alohida hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona (firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab chiqarish aloqalari atiga bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo‘ladi.

    • ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot tannarhidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarhida tashqaridan kooperatsiya yo‘li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ulushi taxminan 60-65 foizni tashkil etadi.

    Ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyaning turli shakllari va usullarining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi1:

    • muayyan mintaqa ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarining rivojlanish darajasi va tarmoqlararo ishlab chiqarish jarayonlarining integratsiyalashuv darajasi;

    • tovarlar, mehnat, sarmoya va xizmatlar bozorining shakllanish darajasi;

    • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari va uning holati;

    • mahsulot ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, turli xildagi xizmatlarni ko‘rsatish sohasida raqobatning rivojlanganlik darajasi.

      1. Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni kuchaytirishda kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish

    Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi etakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishda turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadiXXVII XXVIII.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2006 yil 5 yanvar, PF-3706-sonli), “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” (2007 yil 12 noyabr, PF-3937-sonli) Farmonlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni yanada kuchaytirishga imkoniyat yaratuvchi ko‘plab chora-tadbirlar qabul qilindi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi PF-3937-sonli “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan mamlakatimizda Respublika savdo yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2008 yilda Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga xalqaro ahamiyatdagi maqomi berildi. Endilikda sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ikki bosqichda, ya’ni, birinchi bosqichda - tarmoq ko’rgazmalari va yarmarkalari, ikkinchi bosqichda - xalqaro tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi sifatida o‘tkazilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi Farmonida bu haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri shunday deyilgan: “Respublika aholisining bandligi va daromadlari barqaror o‘sishini ta’minlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining mustahkamlanishi oila byudjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band bo‘lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi”1.
    Aytish joizki, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan farmonga muvofiq, ish bilan bandlikning ushbu shaklini rag‘batlantirish maqsadida bir qancha quyidagi imtiyoz va kafolatlar ko‘zda tutilgan:

    • tovarlar (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish bo‘yicha kasanachilarga buyurtma beradigan korxonalar 2006 yilning 1 fevralidan boshlab 2021 yil 1 yanvarigacha, mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to‘lanadigan mablag‘larga teng miqdorda, mehnatga haq to‘lash fondidan Yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod qilinadi;

    • korxonalarga mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga korxonalar buyurtmasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun asbob-uskuna, jihozlar va inventarlarni tekin yoki ijara sharti bilan berish, jumladan, lizing (moliyaviy ijara) asosida taqdim etish huquqi beriladi;

    • korxona tomonidan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilarga korxona buyurtmasi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun tekin foydalanishga berilgan asbob-uskuna, jihozlar va inventarlar ulardan foydalanish davrida mulk solig‘idan ozod etiladi;

    • kasanachilar buyurtmachi-korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga to‘liq amal qilgan taqdirda, uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni qo‘shimcha sertifikatlash hamda standartlash talab etilmaydi;

    • mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan korxonalarga kasanachilar tomonidan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning qaytarilishi ulgurji savdo hisoblanmaydi va litsenziyalanmaydi;

    • kasanachilar faoliyati buyurtmachi-korxona qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirilgandagina nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilishi mumkin.

    Kasanachilikning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    1. Qo‘l mehnatini osonlashtiradigan oddiy moslamalarni qo‘llanib bajariladigan qo‘l mehnati (qo‘lda kashta tikish, to‘qish, bichish, mahsulotni qadoqlash, navlarga ajratish, yaroqsizini ajratish, bo‘yash va hokazo)

    2. Murakkab bo‘lmagan asbob-uskunalar qo‘llaniladigan tarzda mexanizatsiyalashtirilgan mehnat (tikuvchilik ishlari, sovg‘alar ishlab chiqarish, buyumlar yig‘ish, mahsulotlarni konservatsiyalash, qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash va hokazo)

    3. Korxonaga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha uyda bajariladigan ish (oziq ovqat yarim fabrikatlarini tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlarini pishirish, kir yuvish va kiyim kechaklarni ta’mirlash, qoramol boqish va etishtirish )

    4. Telefon, internet kabi aloqa vositalari qo‘llaniladigan tarzda masofadan turib bajariladigan ish (ma’lumotlar tayyorlab berish ishlari, savollarni ko‘rib chiqish va ishlash, aholiga telefon orqali masofadan turib ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, o‘tkazmalar va shu kabilarni bajarish)

    7.2-jadval
    Kasanachilik faoliyatining o’ziga xos modellari1


    Download 1,61 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyumli (agregatli) kooperaratsiya

    Download 1,61 Mb.