• rasm. O‘zaro munosabatlar samarasi 1
  • klaster
  • Sanoatda klasterlarni tashkil etish bo’yicha chet mamlakatlar tajribalari
  • 8.4-jadval Jahon mamlakatlaridagi sanoat klasterlari soni
  • rasm. Yanvar-dekabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportining hajmi




    Download 1,61 Mb.
    bet64/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    rasm. Yanvar-dekabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportining hajmi1

      1. Klaster” nazariyasining mohiyati va uning rivojlanishi

    Iqtisodiyot amaliyotida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamkorligining turli ko‘rinishlari mavjud: klaster, franchayzing, autsorsing, subkontrakt va hokazo. Korxonalar raqobatbardoshligining zamonaviy strategiyalari tahlili natijalaridan kelib chiqib, engil sanoat korxonalari raqobatdoshligining asosiy sharti klasterlash strategiyasi hisoblanadi.
    Tasniflangan omillarning har biri o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular birgalikda korxonalar raqobatbardoshligiga erishish ustunliklarini keltirib chiqaradi, ta’sir etish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarga asoslangan mukammal tizimni shakllantirish lozimligini belgilab beradi.
    “Klaster” atamasi fransuzcha so‘z bo‘lib o‘zbekcha tarjimasi “panja”, “bosh”, “bog‘lam”, “guruh”, “to‘planish”, “turg‘un” ma’nolarini beradi. shuningdek, “klaster” tanlanma tadqiqotlarning bir usuli sifatida ham ifodalanadi.
    Klasterning mohiyati Alfred Marshallning «Iqtisodiyot prinsiplari»(1890 y.) nomli asaridagi«ixtisoslashgan tarmoq-sohalarning alohida hududlarda uyg‘unlashishi» to‘g‘risidagi nazariy qarashlarida o‘z aksini topgan. Uning ilmiy xulosalari bo‘yicha ixtisoslashgan faoliyat yurituvchi sub’ektlarning hududiy uyg‘unlashuvi:
    malakaviy mehnat resurslari mavjudligi;
    ta’minotchi va qo‘shimcha sohalarning o‘sishi;
    alohida firmalarning ishlab chiqarish jarayonidagi turli bo‘g‘inlarga ixtisoslashuvimavjudligiga asoslangan.
    Asosiy vositalardan hamkorlikda foydalanish samarasi
    Moliyaviy faoliyat bo‘yicha hamkorlik samarasi
    Transaksiya harajatlari bo‘yicha samara
    Ilmiy salohiyat va innovatsiyalardan hamkorlikda foydalanish samarasi
    Yuqori texnologiyalardan hamkorlikda foydalanish samarasi
    Investitsiyalardan hamkorlikda foydalanish samarasi
    Marketing vositalaridan hamkorlikda foydalanish samarasi
    Xizmatlardan samarali foydalanish darajasi

      1. rasm. O‘zaro munosabatlar samarasi1

    XX asrning so‘nggi yillaridan keyin klaster nazariyasining rivojlanishida ko‘plab muhim (Amerika, Britaniya, Skandinaviya va b.) ilmiy maktabyutuqlarini kuzatish mumkin.
    Xususan, Amerika olimlari M.Porterning «raqobatda ustunlik nazariyasi»XXIX XXX, M.Enrayt, S.Rezenfeld, P.Maskell va M.Lorensenning «mintaqaviy klasterlar konsepsiyasi»XXXI, A.Marshallning «sanoat hududlari nazariyasi»XXXII, P.Bekatinning «Italyan sanoat okruglari nazariyalari»XXXIII, M.Storperning «ideal» hududiy klasternazariyalari yaratilgan.
    Qo‘shimcha qiymat va «klasterlar zanjiri uyg‘unligi» kabi nazariyalar ham shu guruhdan o‘rin olgan.
    Keltirilgan nazariyalarida klaster - ishlab chiqaruvchilarga raqobat ustunligini ta’minlashda yuqori samarali usul sifatida hududdagi ta’lim, fan, texnologik, iqtisodiy va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyati bilan uyg‘unlashgan tizimi ekanligi nazarda tutiladi.
    Britaniya nazariyotchilar (J.Danning, K.Brimen, shmit, J.Hamfrilar) «klaster»ni o‘zaro hamkorlikdagi institutlar tizimi sifatida iqtisodiyotning asosini belgilovchi institutsional tizim deb hisoblaydi. Namoyondalar «klaster»ning o‘ziga «zamonaviy institut» sifatida yondashadi. Mazkur tizim qatnashchilarining o‘zaro munosabati turlicha, ya’ni rasmiy va norasmiy bo‘lganidek, klasterlarning ham tashqi doirasi keng bo‘ladi degan nazariYaga asoslanilgan.
    Skandinaviya olimlari (B.O.Lundval, B.Yonson, B.Asxaym, A.Izaksonlar) - klasterning evolyusion rivojini bir qator bosqichlardan o‘tishi lozimligi (tug‘ilishidan tugagunicha) etirof etiladi, evolyusion nazariya imkoniyatidan foydalanish klaster nazariyasini anglatadi degan mulohaza kiritganlar.
    To‘rtinchi guruh olimlar klasterni o‘zi ichiga olgan «hudud - korporatsiya ustunligi», «hudud - bozor ustunligi», «hudud - davlat ustunligi», «hudud - ijtimoiy soha ustunligi» konsepsiyalari asosidagi mintaqaviy rivojlanishning zamonaviy paradigmalari, deb hisoblaydilar.
    Klasterlar nazariyasi rus olimlari yu.S.Artamonova, B.B.Xrustalyov va boshqalar1 tomonidan ham o‘rganilib, amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan. Keltirib o‘tilgan nazariyalarning shakllanishi va ularning amaliy ahamiyati mamlakat, tarmoq va korxonalar raqobatbardoshligini oshirishning innovatsioyan strategiyasida sifatida korxonalar samaradorlikka erishishini nazarda tutadi.
    Klaster nazariyasining tadrijiy rivojlanishi, uning ikki fundamental tavsifini ajratish imkonini beradi:
    birinchisi, klasterga uyg‘unlashgan korxona va firmalar faoliyati aniq turdagi tovarlar bozori bilan bog‘liq bo‘lishi zarur: vertikal (xarid va sotish zanjiri) va gorizontal (qo‘shimcha bo‘limlar va xizmatlar, shunga ketadigan maxsus sarflar, texnologiyalar yoki institutlar va boshqa aloqalardan foydalanish);
    ikkinchisi - klasterlar geografik yaqin joylashgan o‘zaro bog‘liqlikdagi korxonalar guruhi bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatning barqarorlashuvi natijasida raqobatbarning rivojlanishi, ko‘proq qo‘shimcha qiymatva bozorda ustunlikni ta’minlash imkoniyatlarini yaratishga qaratiladi.
    Hudud, tarmoq va korxona raqobatdoshligini oshirishga klaster nazariyasini tatbiq etish amaliyotiga ko‘ra, klaster- geografik nuqtai nazardan qo‘shni bo‘lgan, o‘zaro bog‘liq korxonalar (ishlab chiqaruvchilar, mahsulot etkazib beruvchilar va hakozo) hamda ularga aloqador xizmatlarni ko‘rsatib, ma’lum sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar (ta’lim muassasalari, davlat boshqaruv idoralari, infratuzilmali kompaniyalar) guruhidir.
    Shuningdek,klaster - ishlab chiqarish korxonalari raqobatbardoshligioshishiga imkoniyatlar yaratuvchi, o‘zaro chambarchas bog‘langan tarmoqlar Yagona texnologik zanjirini tashkil etuvchi hamjamiyatlardir2.
    Mamlakat iqtisodiyoti klasterlarning kuchli jihatlariga tayanadi, chunki ularsiz eng rivojlangan iqtisodiyot ham yuqori darajada samarador-likka erisha olmaydi. Klasterlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi, ular ishtirokchilari yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanadi va quyidagilarda o‘z aksini topadi:
    boshqa tarmoqlardan keladigan yangi ishlab chiqaruvchilar ilmiy tadqiqot ishlarini rag‘batlantiradi va yangi strategiyalarni ta’minlab, rivojlanish jarayonini tezlashtiradi;
    ishtirokchi korxonalarning erkin axborot almashinuvi yuzaga keladi, yangiliklar iste’molchi va mahsulot etkazib beruvchilarning kanallari bo‘yicha tez tarqaladi;
    klasterdagi o‘zaro aloqalar raqobatda yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga olib keladi;
    inson kapitali, ilmiy g‘oyalari rivojlanishi va ishlab chiqarishga joriy etilishiga yangi imkoniyatlar yuzaga keladi.

      1. Sanoatda klasterlarni tashkil etish bo’yicha chet mamlakatlar tajribalari

    Jahon ekspertlarining fikricha,klaster strategiyasidan foydalanish hozirgi vaqtga kelib, dunyoning etakchi mamlakatlarida iqtisodiyotning qariyb 50 foizini egallagan.
    Klaster nazariyasining asoschisi, amerikalik marketolog olim M.Porter tomonidan 10 ta iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatning 100 ta sanoat va boshqa tarmog‘ida tashkil etilgan klasterlar faoliyati o‘rganilganda qolgan tarmoqlarda, ya’ni klaster tizimidan tashqaridagilarga nisbatan raqobatda ustunligi hamda ular joylashgan hududlar aholisining turmush darajasi ham yuqoriligi aniqlangan.
    Evropa Ittifoqi mamlakatlari va AQShda bu strategiya keng qo‘llanilmoqda. AQSh sanoatining 50 foizdan ortig‘i klasterlarda foaliyat yuritmoqda. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ulushi YAIMning 60 foizdan oshgan.
    Evropa Ittifoqi mamlakatlarida klasterlar soni 2000 dan ziyodni tashkil etadi va jami band aholining 38 foiziga to‘g‘ri keladi. Klasterlar soni Buyuk Britaniyada 168 ta, Gollandiyada - 20 ta, Germaniyada 32 ta, AQShda 380 ta, Daniyada - 34 ta, Fransiyada - 96 ta, Italiyada - 206 ta, Finlandiyada - 9 ta, Hindistonda - 106 ta (8.4- jadvalga qarang).
    8.4-jadval
    Jahon mamlakatlaridagi sanoat klasterlari soni1


    Download 1,61 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm. Yanvar-dekabr oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportining hajmi

    Download 1,61 Mb.