• Qisqacha xulosalar
  • Nazorat va muhokama uchun savollar
  • Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar royxati
  • Industrial iqtisodiyot




    Download 1,61 Mb.
    bet65/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Mamlakatlar nomi

    Klasterlar soni

    Buyuk Britaniya

    168

    Gollandiya

    20

    Germaniya

    32

    AQSh

    380

    Daniya

    34

    Fransiya

    96

    Italiya

    206

    Fransiya

    9

    Hindiston

    106


    Daniya, Finlyandiya, shvetsiya sanoatini klasterlar to‘la egallagan. Masalan, Finlyandiya 2000 yildan buyon raqobatbardoshlikda dunyo reytingida etakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu mamlakat jahon o‘rmon resurslarining qariyb 0,5 foiz ulushga ega bo‘lib, yuqori unumdorligi bilan ajralib turuvchi klasterlar hisobiga yog‘ochni qayta ishlash sanoatida jahon eksportida 10 foiz, qog‘oz eksportining 25 foizini ta’minlamoqda. Finlyandiya klaster strategiyalaridan samarali foydalanish evaziga
    1Manba: Xakimov Z.A. Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish. Falsafa doktorlik dissertatsiyasi. - T.: TDIU, 2018.
    telekomunikatsiya bozorida mobil aloqa vositalari bo‘yicha dunyo eksportining 30 foizini (2005-2010 yillar) va mobil telefonlarning 40 foizni etkazib bergan.
    Italiya sanoatining klasterlari hissasiga ish bilan band aholining 43 foiz, milliy eksport hajmining 30 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Klaster tuzilmalari Germaniyada kimyo va mashinasozlik sanoatida, Fransiyada oziq-ovqat sanoati va kosmetika sanoatida muvaffaqiyatli ishlamoqda. shuningdek, klaster modelidan shveysariya, Avstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va Turkiyaengil sanoatida samarali foydalanmoqda.
    Klasterlar shakllanishi jarayoni Janubiy-Sharqiy Osiyo, Xitoyda, Singapurda, YAponiyada va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. Xitoyda 60 tadan ziyod klasterlar alohida hududlarda shakllantirilgan bo‘lib, ulardagi ishchilarning soni 3,5 million aholi ish bilan ta’minlangan va yillik tovar aylanishi 200 mlrd.dollardan ziyodni tashkil etadi.
    Klaster tashabbuskorlari uning nafaqat raqobatbardoshlikni oshirish vositasi,balki, mamlakatlar iqtisodiy va innovatsion rivojlanish strategiyasining asosiy jihati ekanligini qayd etish mumkin. Jaxonda keyingi 10 yilda 20 ta mamlakatda amalga oshirilgan 500 dan ortiq klaster tashabbuslari tahlili uning juda kuchli mavqega asoslanganini ko‘rsatmoqda.
    Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat aralashuvisiz bo‘lar edi. Biroq 2003 yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy e’tibor qaratdi. Bu, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni loyihalashga taalluqlidir. Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoatlar va ilmiy markazlar imkoniyatlarini birlashtirishni ko‘zda tutadi.
    Italiyada tarmoqlarning o‘zaro kombinatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular mebelni qayta ishlashda - kesuvchi asbob, tikuvchilikda - dizayn, charm sanoati qoshida - poyabzal, yog’ochni qayta ishlashda - mebel kabilardir.
    Xitoyda 15 yil davomida to‘qimachilik sanoati, sport tovarlari, kiyimlar, o‘yinchoqlar, idishlarni eksportga yo‘naltirish uchun amalga oshiriluvchi klasterlashtirish siyosatiga katta miqdordagi sarmoyalar kiritishi, uning jaxon bozoridagi raqobatda ustunlikni ta’minlagani bilan izoxlash mumkin.
    1990 yilda EI (Evropa ittifoqi) mamlakatlarida xususiy biznesga yordam berish va ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida maxsus klasterlashtirish dasturi ishlab chiqilgan. 2006 yilga kelib «EI mamlakatlarida klasterlashtirish manifesti» ma’qullandi va qabul qilindi. 2007 yilda esa «Evropa Klaster memorandumi» ma’qullandi va tasdiqlashga taqdim etildi. 2008 yilda «Klasterlar bo‘yicha Evropa konfederatsiyasi» tasdiqlandi va EI a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini klasterlash bo‘yicha aniq dasturiy vazifalar belgilandi. Qabul qilingan hujjatlarning asosiy maqsadi alohida mamlakatlarda bo‘lgani kabi butun EIda ham raqobatbardoshlikni oshirishga ta’sir ko‘rsatishga qodir klasterlarni ko‘paytirish va ular ish faoliyatidagi mavjud muammolarning echimiga qaratilgan.
    Keyingi yillar davomida jahon iqtisodiyotida informatika, ekologiya, logistika, biotibbiyot preparatlari ishlab chiqarish va hokazolar bilan shug‘ullanuvchi yangi avlod sanoat klasterlari paydo bo‘la boshladi.
    Innovatsion klasterlarning asosiylarini Amerikaning «Kremniy vodiysi» deb hisoblash qabul qilingan. chunki uning hududida 87 mingdan ortiq korxonalar, 40 dan 121
    ortiq ilmiy tadqiqot markazlari, 40 ta ta’lim muassasasi jamlangan.
    Bundan tashqari, xorijiy kompaniyalark o‘pgina ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ishlanmalar yaratish uchun jalb etiladi. Masalan, mikro va nanotexnologiya sohasida ishlovchi «mialoguc» klasteri doirasida yuqori darajadagi mikroblar va mikroorganizmlar yaratish bo‘yicha «Foremost» loyihasini amalga oshirish uchun 8 ta mamlakatdagi 24 ta firmalar bilan hamkorlik qilinadi. shunga ko‘ra, hozirda Fransiyada yaratilgan innovatsion klasterlarning nufuzi jahonda Yagona sanalmoqda.
    Agar yaqin vaqtga qadar klasterlar iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar va tarmoqlardagina bo‘lgan bo‘lsa, keyingi paytda bu rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Polsha, chexiya, Sloveniya mamlakatlari, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va yaqin sharq mamlakatlarida ham klasterlar paydo bo‘ldi va dastlabki natijalar samara bera boshladi.
    Chexiya Sanoat va savdo vazirligi «klasterlar dasturi» ustida ishlamoqda. Uning maqsadi klasterlarni yaratish va rivojlantirish, kooperatsiya shaklini gorizontal va vertikal mustahkamlash bo‘lib, uning asosini etkazib beruvchi-iste’molchi-ilmiy tadqiqot institutlari - ishlab chiqaruvchi - ulgurji savdo - chakana savdo hisoblanadi. Odatda, muayyan tarmoq korxonasi biror-bir ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda klasterlarni alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etadi. Klasterlarning eng kichik ko‘rinishidagilari, sanoat zonalari kabi eng kamida 15 ta mustaqil korxonaga xizmat ko‘rsatishi lozim bo‘lib, ulardan 75 foiz ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishi lozim. shuningdek, klasterda birlashgan korxonalarning 60 foizdan ortig‘i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lishi lozim.
    Keyingi yillarda Qozog‘istonda yirik sanoat korporatsiyalari, tarmoq tuzilmalari asosida klaster tizimlarini yaratishga kirishildi va loyihalar ustidagi ishlarga M.Porter rahbarlik qilmoqda.
    Turkiya dunyo engil sanoat tovarlari bozorida etakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Turkiyada engil sanoat klasteri1995-2000 yillarda faol shakllantirilgan erishgan. Turkiyaning «Sukurova tekstil klasteri»tarkibida 2000-2010 yillar davomida 12 ta yirik kompaniyaning 500 dan ortiq korxonalari samarali faoliyat yuritgan. Hozirda Turkiya gilam mahsulotlari eksportining 40 foizdan ortig‘i va gazlamalarining 35-40 foizi shu klasterhissasiga to‘g‘ri keladi.
    Klasterlar «Erkin ilmiy-texnika zonalari»yoki «texnoparklar» shaklida tashkil etilmoqda. Erkin fan-texnika zonalari alohida ajratilgan hududlardan iborat bo‘lib, u erda ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o‘rnatiladi. Erkin fan-texnikazonalari yuksak texnologiyalar amal qiluvchi zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari-texnopolislar shaklida tashkil etiladiXXXIV.
    Texnoparklar ikkita asosiy komponentlardan: ishlab chiqarish (sanoatning ilg‘or sohasidagi korxonalar) va ilmiy markazlar (universitet, institut, ilmiytekshirish instituti, laboratoriyalarning kuchli guruhlari)dan tarkib topadi va ularning faoliyati raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
    O‘zbekistonda birinchi bo‘lib A.Sh.Bekmurodov va YAng Son BeXXXV «O‘zbekiston tekstil sanoatini rivojlantirish strategiyasiga klaster yondashuvi» bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borganlar. Ularning tadqiqotlarida xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha klasterlardan foydalanish loyihalari tavsiflanib, Amerikada axborot-kommunikatsiya, YAponiyada avtomobil, neft-kimyo va to‘qimachilik, Italiyada keramika va gilam ishlab chiqarish, Koreya Respublikasida tarmoqda erishilgan natijalar tahlil qilingan. shu bilan birga, A.Sh.Bekmurodov va YAng Son Be asosiy e’tiborni O‘zbekiston engil sanoati sanoati eksport salohiyatini tahlil qilishga qaratib, sohaga xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb qilish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar tayyorlangan va mahsulotni bo‘yash bo‘yicha sanoat hududiy klasteri modelini Koreya Respublikasining Degu shahridagi tajriba asosida ishlab chiqilgan.
    Qisqacha xulosalar
    Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash - bu ishlab chiqarishning tobora yirik korxonalarda jamlanish jarayonidir. O’zbekistonda bu jarayon yildan-yilga kuchayib bormoqda.
    Kuchli ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitda kichik korxonalarning ulushini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Katta va kichik korxonalar faoliyatini birga olib borish taraqqiyotning ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini to’g’ri yechish imkoniyatini yaratdi.
    Sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish ayrim import o’rnini bosuvchi mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni o’zimizda ko’plab ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib berdi.
    Sanoatning ixtisoslashuvi muayyan mahsulot ishlab chiqaruvchi va o’ziga xos ishlab chiqarish apparati, texnologik jarayon va ixtisoslashgan kadrlar bilan tavsiflanuvchi tarmoq va ishlab chiqarishlarning yuzaga kelishini ta’minladi.
    Sanoat sohasida yuqori darajadagi o'sishga erishildi. Sanoatning yalpi ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllari-konsentratsiyalash, mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish, diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatlashtirishni takomillashtirish tufayli sanoat salohiyatini yanada yuqori darajaga ko'tarish imkoniyati yaratildi.
    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. Sanoat ishlab chiqarishini ijtimoiy tashkil etish shaklining tarkibiy qismlari nimalardan iborat.

    2. Ishlab chiqarish konsentratsiyasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mazmun va mohiyati nimalardan iborat?

    3. Mahalliylashtirishning mohiyati, ahamiyati va mazmuni.

    4. Sanoatda ixtisoslashuv va kooperatsiya. Ularning mazmuni, ko'rsatkichlari va samaradorligi.

    5. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va korxonalarda xilma-xil mahsulotlarni tayyorlash muammolari.

    6. Ishlab chiqarishni kombinatlashtirish va uning ahamiyati nimalardan iborat. O’zbekistondagi qanday yirik kombinatlarni bilasiz?

    Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:

    1. O’zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalar» to’g’risidagi qonuni. - T., 1996 yil 25 aprel. 220-I-son. www.lex.uz

    2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korхonalari bilnn kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlt-ib chiqarish va хizmatlar o’rtasidagi kooperasiyani kengaytirish rag’barlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Farmoni //Xalq so’zi. 2006 yil 5 yanvar

    3. Porter M. Mejdunarodnaya konkurensiya. - M.: Mejdunarodnie

    otnosheniya, 1993. S. 51,

    1. Porter M. Konkurensiya. - M.: Izdatelskiy dom «Vilyams», 2011.

    2. Enright M. Regional Clustersand Economic Development: A Research Agenda, in Staber, U., Schaefer, N. and Sharma, B., (Eds.) “Business Networks: Prospects for Regional Development, Berlin”: Walter de Gruyter, pp. 190- 213.

    3. Marshall А. Prinsipi ekonomicheskoy nauki, t. I - Ill. Per. s angl. —

    M.:Izdatelskaya gruppa «Progress», 1993.

    1. Begattin P. - Becattini G. From Marshalls to the Italian «Industrial

    Districts»/ www.copetitivness.org. 2015

    1. BekmuradovA.Sh., YAng Son Be. Strategiya razvitiya tekstilnoy

    promishlennosti Uzbekistana. Klasterniy podxod- Tashkent, 2006 y.

    1. Xiajun A, Dorothe'e H. Assortment Planning for Vertically Differentiated Products. Production and Operations Management Society. Vol. 21, No. 2, March- April 2012, pp. 253-275.

    2. Xakimov Z.A. Engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish. Falsafa doktorlik dissertatsiyasi. - T.: TDIU, 2018.

    3. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.

    4. Klasternie politiki i klasternie inisiativi: teoriya, metodologiya, praktika. (Kollektivnaya monografiya). Minobrazovaniya i nauki RF, Minekonomrazvitiya RF, Pravitelstva Penzenskoy oblasti. Penza, 2013.

    5. http://www.biznes-daily.uz/uz/birjaexpert/15610-ishlab-chiqarish- koopratsiyasini-kuchaytirishda-kichik-bizns-imkoniyatlaridan-foydalanish- yonalishlari

    6. http://www.biznes-daily.uz/uz/birjaexpert/31966-ishlab-chiqarish- koopratsiyasini-rivoj lantirish

    7. O'zbekiston Respublikasining statistika qo' mitasi / www.stat.uz

    8. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi

    9. www.search.ebscohost.com


    Download 1,61 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122




    Download 1,61 Mb.