|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 52/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniBoshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag‘batlantirishning usul va shakllarini, ya’ni korxona faoliyatining butun xo‘jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi.
Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko‘rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Qisqacha xulosalar
Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi muhim kategoriya sifatida, umuman olganda, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini, erishilgan natija bilan jonli va buyumlashgan mehnat o‘rtasidagi nisbatlarni o‘rganadi.
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligining doimiy oshib borishi ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi va milliy daromadning keskin ko‘payishiga imkoniyat yaratib beradi.
Samaradorlik umumiy nazariyasida mezon muammosi, ya’ni baholash o‘lchovi, asosiy nuqtai nazar masalasi alohida o‘rin egallaydi. Jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligi o‘sishi samaradorlikning mezoni hisoblanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Samaradorlik tushunchasi nimani anglatadi? Uning qanday turlari bor? Mezoni va ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?
Mutlaq iqtisodiy samaradorlik nima? U qaysi usulida hisoblanadi?
Ishlab chiqarishning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligi deganda nimani
tushunasiz?
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaysi omillar ta’sir etadi?
Sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning qanday asosiy yo‘llari bor?
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-son “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” Qarori.//lex.uz
Abdukarimov I.T. va boshqalar. Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. - T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2015, - 256 b.
B.A. Adukarimov va boshq. Korxona iqtisodiyoti. Darslik. - T.: «Fan va texnologiya», 2012, - 368 bet.
Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. -T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006, - 208 b.
Tirole, Jean (Tir) The Theory of Industrial Organization. MIT Press, 1992.
Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000.
Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.
www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
|
| |