• IV. Rentabellik ko’rsatkichlari
  • iqtisodiy
  • S + Yen * K-*min
  • III. Ish faolligi ko’rsatkichlari




    Download 1,61 Mb.
    bet45/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    III. Ish faolligi ko’rsatkichlari:

    3.1. Aktivlarning aylanishi

    jami aktivlariga qo’yilgan mablag’larning har bir so’mi qancha so’mlik sotilgan mahsulot qiymatini keltirganini ko’rsatadi (SST/JAyq )

    3.2. Debitorlik schetidagi mablag’larning aylanishi

    sotishdan sof tushum evaziga bir yilda necha marta debitorlik qarzlar undirilayotgani va pul mablag’lariga aylantirilayotganini ko’rsatadi (SST/D)

    3.3. Debitorlik qarzlarining o’rtacha undirilishi muddati

    debitor qarzlarni undirish uchun o’rtacha necha kun kerakligini ko’rsatadi (365: SST/D)

    3.4. Kreditor qarzlarning aylanishi

    mol yuboruvchilardan kreditorlik qarzlarini uzishi uchun necha oborot zarurligini ko’rsatadi (SMT/Kyq)

    3.5. Kreditorlik qarzlarini o’rtacha to’lash muddati

    kreditor qarzlarini mol yuboruvchilardan o‘z qarzini uzish uchun o’rtacha kun kerakligini ko’rsatadi (365: SMT/Kyq)

    IV. Rentabellik ko’rsatkichlari:

    4.1. Aktivlar rentabelligi

    aktivlarga qo’yilgan mablag’larning har bir so’miga to’g’ri keladigan sof foydani kinrs;it;idi (SF/JAyq)

    4.2. Sotilgan mahsulot rentabelligi

    sotilgan mahsulotning har bir so’mi qancha yalpi foyda keltirganini ko’rsatadi (YaF/SST)

    4.3. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari rentabelligi

    mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir so’miga olingan yalpi foydani ifoda qiladi (YaF/SMT)

    Manba: Tegishli adabiyotlarni umumlashtirish asosida muallif tomonidan tuzilgan.
    Korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholashda ularning yillik
    “Buxgalteriya balansi” (1-shakl) va “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”i (2- shakl) ma’lumotlaridan foydalaniladi.
    Iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish va tahlil etish nafaqat xarajat va resurslar asosiy turlaridan foydalanish darajasini tahlil etishni, balki uning butunlay o‘zgarishini, yig‘indi (integral) samaradorligini baholashni ham o‘z ichiga oladi. Mana shu maqsadda iqtisodiy samaradorlikning umumlashtiruvchi, kompleks ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi va ishlab chiqarishning oqibat-natijalari shu ko‘rsatkichlar yordamida tahlil etiladi. Bunday ko‘rsatkichlar turli xarajatlar va resurslarning darajasini yig‘ilgan turda, har xil omillarning ta’sirini hisobga oladi.
    Ishlab chiqarish - texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy- iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variantni taqqoslash va shu asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va optimalligini aniqlab beradi.
    Optimal variantni tanlash hamda uni asoslash uchun qo‘shimcha kapital mablag‘larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsiyentini hisoblab chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak.
    Qo‘shimcha kapital mablag‘larning o‘zini qoplash muddati (V) qo‘shimcha kapital mablag‘larning (K2-K1) mahsulot tannarxini pasaytirishdan olingan tejam (T1- T2) ga nisbati bilan aniqlanadi:
    V = (K2 - Ki)/(T1 - T2)
    Bu yerda:
    V - qoplanish muddati (yil hisobida);
    K2va K1- variantlarni joriy etish uchun kerak bo‘lgan mablag‘lar miqdori;
    T1 — T2- taqqoslanadigan variantlaming ekspluatatsiya harajatlari.
    Qo‘shimcha kapital mablag‘larning siyosiy samaradorlik koeffitsiyenti (Ye) qoplanish muddatining teskari ifodasi hisoblanadi va tannarxni pasaytirishdan olingan tejamning qo‘shimcha kapital mablag‘lar miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
    Ye = (T1 - T2)/(K2 - K1) yoki 1/V
    Keltirilgan harajatlar, ularning vazifasi va ularni hisoblash usuli. Keltirilgan harajatlar kapital mablag‘larning iqtisodiysamaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, texnikaviy va iqtisodiy masalalarni hal qilish variantlarining eng yaxshisini tanlab olishda qo‘llaniladi. Biron bir texnikaviy vazifani hal etishning, ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflari, texnikaviy va tashkillashtirishning mumkin bo‘lgan variantlarini, mahsulot sifatini oshirishning turli usullarini taqqoslaganda boshqa shartlari teng bo‘lib qolsa, keltirilgan xarajatlar minimum bo‘lishini talab qiladigan variant eng yaxshisi hisoblanadi. Bir necha variantlardan eng yaxshisini tanlab olish uchun quyidagi keltirilgan xarajatlar formulasidan foydalanish kerak:
    S + Yen * K-*min
    Bu yerda: S - muayyan variant bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi;
    Yen - kapital mablag‘lar samaradorligining normativ koeffitsiyenti;
    K - bir yo‘la solinadigan kapital mablag‘larning yig‘indisi.
    Iqtisodiyotda yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini belgilash metodikasida samaradorlikning normativ koeffitsiyenti iqtisodiyotning hamma tarmoqlari uchun 0,15 ga teng qilib olingan.
    Keltirilgan xarajatlarni aniqlash eski texnika o‘rniga yangisini yaratish va qo‘llash natijasida hosil bo‘ladigan iqtisodiy samarani baholashga iqtisodiyot nuqtai nazaridan yondoshishni taqozo etadi.
    Yillik iqtisodiy samara bu, yangi texnika, texnologiya va progressiv mahsulot turlarining, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorligini tahlil etish va baholashda qo‘llaniladigan muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Bu ko‘rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bo‘yicha sarflangan harajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi:

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Ish faolligi ko’rsatkichlari

    Download 1,61 Mb.