O’qituvchi: Aziz o’quvchilar sizlarni yangi mavzuni qay darajada
o’zlashtirganliklaringizni “Ajratish usuli” va “Xotira mashqi” o’yini orqali bilib
olamiz.
“Ajratish usuli”
Bu usulda kompyuter qurilmalariga oid atamalar ustun shaklida beriladi. Tayanch so’zlar
-
Klaviatura
|
|
Monitor
|
|
Skaner
|
|
Sistemali blok
|
|
Modem
|
|
Printer
|
|
Plotter
|
|
Sichqoncha
|
62
|
|
O’quvchilar so’zlarni ajratishda “T” usulidan foydalanishadi. (2 nafar o’quvchi doskaga, chiqib doskada ishlaydilar)
“Xotira mashqi” o’yini (Bu o’yin shartiga ko’ra o’quvchiga ko’rsatilgan texnik vositalarni raqami bilan birgalikda xotirasiga saqlagan holda aytib berishi kerak )
5-bosqich.
V. O’QUVCHILARNI BAHOLASH VA XULOSALASH
O’qituvchi: Endi baholanmagan o’quvchilarni baholaymiz. Avtopley dasturi yordamida yaratilgan o’quv qo’llanmadagi Quizmaker dasturi yordamida tuzilgan o’tilgan mavzu bo’yicha testni ishlaydilar. Testimiz 10 tadan iborat, dastur o’zi o’quvchilarni baholaydi.
Har gal kompyuterdan foydalanganingizda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishni va jismoniy mashqlar bajarishni esda tutishingiz lozim. Zero, siz yoshlar Vatanimizning kelajagi, sizlar O’zbekistonimizni yuksaklarga
63
ko’taradigan, uni ko’z qorachig‘iday asrab rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiquvchilarsiz. Bunga ishonchim komil. Men mamnuniyat bilan darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni a’lo, yaxshi baholar bilan taqdirlashni lozim deb topdim. Darsda ishtirokingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. (Baholangan o’quvchilarning ismi va familiyalari o’qib beriladi)
6-bosqich.
VI. UYGA VAZIFA
Test tuzish (5 ta)
O‘quvchining maktab ixtiyoridagi vaqtini bo‘sh qoldirmaslik, uni ta`lim va tarbiya berishning turli korinishlari bilan boyitish har bir o‘qituvchining bosh maqsadi bo‘lmog‘i lozim. O‘quvchi nafaqat darsda, balki darsdan tashqari vaqtlarida ham biror narsani o‘rganishi, izlanishi, bilimini oshirib borish fikri bilan yashashiga erishishimiz zarur va shart. Shundagina o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishgan bo‘lamiz. Shundagina hurmatli Prezidentimiz ilgari surgan yuksak g‘oya, hayotimiz shioriga aylangan: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” degan shiorga mos ish tutgan bo‘lamiz.
64
5-SINF „Komputer. Kompyuterning qurilmalari va uning vazifalari“ FANIDAN 1- SOATLIK DARS ISHLANMASI 2-USUL
|