Ispring dasturining yana bir muhum vazifasidan biri bu test hosil qilishdir.
Bu dasturda tuzilgan test qulayligi beriladigan savollarni ishlayotgan foydalanuvchi javobni darhol olishi va uni tahlil qilishi mumkin. Ispring dasturida 10 xil ko‘rinishdagi testlarni hosil qilish mumkin. Bu dasturda test tuzish uchun quyidagi oyna ochiladi.
49
Bu oynaning yuqori qismida belgilangan sohani tanlaymiz. 2-oyna hosil bo‘ladi.
Dastur ikkita menyudan tashkil topgan. Main, Help. Main menyusidan o‘zimizni savolimizga to‘g‘ri keladigan test shaklini tanlab olamiz. Misol uchun:
50
Rasmda ko‘rsatilgan test shakli bir nechta variantdan tashkil topgan bo‘lishi mumkin va bitta javobga asoslangan. Har bir to‘g‘ri javob variantiga belgi qo‘yiladi.
Savollarga variant qo‘shish uchun chap qismida joylashgan Add Choice tugmasi bosiladi.
Bir nechta javoblarni tanlashga to‘g‘ri keladigan holatlarda quyidagini tanlaymiz.
51
Test tuzib ko‘rsatilayotgan oyna o‘ng qismida audio, video va rasm uchun joy ham mavjud. agar joylashtirilayotgan savollar rasm, video va ovozli fayllarga mo‘ljallangan bo‘lsa ulardan foydalanish mumkin.
To‘g‘risini tanlash asosida tuziladigan testlar uchun
YUqorida ko‘rsatilgan belgini bosib Publish oynasi ochiladi.
52
Publish bandi tanlangandan so‘ng saqlashning 4 xil usuli klo‘rsatiladi.
Saqlash usuli tanlanadi, saqlash manzili ko‘rsatiladi va ok tugmasi bosilib jarayon yakunlanadi.
“Hot-potatos” dasturi haqida.
Zamonaviy dasturiy vositalar bilan ishlash va ular yordamida talabalar bilimlarini oshirish, nazorat qilish malakalariga ega bo‘lib borishimiz lozim.
53
Bularni barchasini inobatga olgan holda biz bugun bir dasturiy vosita bo‘lmish – “Hot-potatoes6” dasturi yordamida talabalarga bilim berish, olgan ma’lumotlarini qay darajada o‘zlashtirganliklarini nazorat va tahlil qilish usullarini hamda dastur imkoniyatlarini qisqacha yoritib berishga harakat qilaman. Demak, dastlab dastur imkoniyatlari haqida ma’lumot keltirsak.
“Hot-potatoes6” (ing. “Qaynoq Kartoshkalar” deb nomlanadi.) dasturini ishga tushirganimizda uning asosiy oynasi ochiladi va bu oyna sarlavha satri, menyular satri hamda olti xil imkoniyatlarga ega bo`lgan bo`limlardan tashkil topgan.
Aytaylik biz prezentatsiya ko‘rinishida yangi bir mavzuni talabalarga ma’ruzasini kerakli qismini yozdirib, asosiy tushunchalarini ularga tushuntirib beraylik. Ularni bilim olish darajasi biz yaratgan prezentatsiyaning ko‘rgazmalilik prinsiplari asosida hamda ham tinglab, ham ko‘rib shu bilan birgalikda yozib borishlari yordamida oshib boradi. Endi biz talabalar olgan tushuncha, bilimlarini qay darajada egallab olganliklarini tekshirishimiz va nazorat qilish uchun kompyuter yordamida yaratilgan dasturiy vositalar orqali nazorat qilib olishimiz mumkin bo‘ladi. YUqoridagi dastur yordamida huddi shunday nazorat variantlarini tuzishimiz mumkin. Jumladan:
“JCloze” bo‘limini olsak. Bu dastur bizga o‘tilgan mavzu ma’ruzasi va undagi asosiy tushunchalarni qay darajada talabalar yodida saqlab qolganliklarini tekshirish imkonini beradi.
54
Dastlab dasturning JCloze bo‘limini ishga tushirib, uning asosiy oynasining “Imya” qatoriga mavzu nomini va asosiy maydonga mavzu ma`ruzasini yoki asosiy tushunchalarni kiritib olamiz. YAshirib qo‘yish uchun berkitib qo‘yilayotgan so‘zni yoki jumlani belgilab, “Probel” buyrug‘i bosiladi. Hosil bo‘lgan oynada berkitib qo‘yilayotgan so‘zga uni topish uchun yo‘naltiruvchi so‘z va turli shu so‘zga yaqin to‘g‘ri javoblar kiritiladi. Yo‘naltiruvchi so‘z berkitilgan so‘zni topishda talabaga ko‘mak vazifasini bajaradi. Kalit so‘zlar va to‘g‘ri keladigan javoblar kiritilib bo‘lgach OK ni bosib oldingi oynaga qaytiladi. “Fayl” menyusining “Sozdat vebstranitsu” buyrug`ini yoki F6 tugmasini bosish orqali yaratgan boshqotirmani Web sahifa ko‘rinishida saqlab olamiz. Nazorat topshirig‘idagi yashiringan so‘zni topish uchun so‘roq tugmasini bosiladi va kalit so‘zlar uni echishda talabalarga yordam vazifasini bajaradi. “Check” tugmasini bosish orqali esa talabaning bu topshiriqda qanday natija olganligini protsentlar orqali o‘zlashtirish darajasini natijasini olishimiz mumkin.
“JSross” bo‘limida esa shu mavzusiga oid tushunchalar, ta’riflar, dastur imkoniyatlari va vazifalari qatoriga kiruvchi so‘zlardan krossvord tuzishimiz hamda talabalarda taqdim etish orqali nazorat o‘tkazishimiz mumkin. Buning uchun dasturni JCrosss bo‘limini ishga tushiramiz.
55
Krossvordni berkitilgan so‘zlarini kiritish uchun esa rasmda ko‘rsatilgan “Sozdat setku...” tugmasi bosiladi va bu oyna yordamida mavzuga oid bo‘lgan so‘zlarni har birini alohida satrga ya’ni bir so‘zni kiritgandan so‘ng “Enter” tugmasini bosib, so‘ng keyingi so‘z kiritilishi davom ettiramiz. YAkunda “Sozdat setku” buyrug‘ini tanlaymiz.
YUqorida rasmda ko‘rib turganingizday biz kiritgan so‘zlardan dastur krossvord ko‘rinishini avtomatik tarzda tuzib qo‘ydi.
endi bizning vazifamiz ushbu krossvorddagi so‘zlarga kalit so‘zlar kiritish bo‘ladi. Buning uchun “Opredeleniya” tugmasini bosamiz. U oynada har so‘zni satr va ustun ko‘rinishda tasvirlangan raqamlariga kalit so‘zlar kiritib chiqamiz. Buning uchun shu so‘zni ustida bir marta sichqoncha tugmasini bosamiz, ostida
56
paydo bo‘lgan kalit so‘z kiritish maydoniga kalit so‘zlarni kiritamiz va OK ni bosamiz. SHu tarzda har so‘zga kalit so‘zlar kiritilib boriladi.
Barcha so‘zlarga kalit so‘zlar kiritilib bo‘lgach oynaning ostki qismidagi OK ni bosiladi. Oynaning “Fayl” menyusining “Sozdat vebstranitsu” buyrug`ini yoki F6 tugmasini bosish orqali yaratgan krossvordimizni brouzer yordamida oynaga boshqotirma ko‘rinishida taqdim etiladi.
Uni echish uchun raqam ustiga bir bosiladi va kalit so‘z yordamida javob topiladi.
Qisqacha qilib aytganda qolgan nazorat usullari ham huddi yuqoridagi kabi amalga oshiriladi.
57
3.2. Informatika darsini innovatsion loyihalash qismi.
Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Elektron resurslarni yaratish va ulardan oqilona foydalanish bugungi davr talabiga aylangan bir paytda, rivojlanib borayotgan texnika vositalaridan unumli foydalanish o‘rinli. Darhaqiqat V.M.Glushkov ta’kidlaganidek: “XXI asrda texnik rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi ovozsiz ko’rinishda EHM xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana olmagan kishi XX asr boshidagi o’qishni ham, yozishni ham bilmaydigan kishiga o’xshab qoladi”.
Bugun barkamol avlod tarbiyasi barchaga sir emaski, davlat miqyosidagi masalalar darajasida ko’tarilgan. O’z erkin fikriga ega, mustaqil hayotda qoqilmay o’zining ishonchli va sobit qadamlari bilan kirib boradigan yosh avlodni tarbiyalash, avvalo, oila mas’uliyatini, qolaversa, ustoz murabbiylardan katta fidoiylikni talab etadi. Ustozlar davr talabiga mos holda ta’lim-tarbiya berishda, o’zlari ushbu kun yangiliklaridan boxabar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohadagi o’zgarishlarni mazmun-mohiyatini to’g‘ri anglab yetgan holda o’quvchi yoshlarga sodda, qalbiga yetib boradigan qilib, tushunarli usullardan foydalanib darslarni tashkil etishlari zarur. Bunda informatika o’qituvchilariga o’z fanini yaxshi o’zlashtirishidan tashqari, bugungi zamonaviy axborot kommunikativ texnologiyalarini mukammal bilishlari talab etiladi.
Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan
58
holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot texnologiyalari mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Bugungi kun o’quvchisi nafaqat bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtira oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasi singdirilib boriladi. Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir.
Axborot texnologiyalari asrida har bir yosh avlod kompyuterdan samarali va unumli foydalanib borishi o’rgatiladi. Shunday ekan shiddat bilan hayotimizga kirib kelayotgan internetdan foydalanish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak.
Bu dars ishlanmada “Nuqtai nazar”, “Aqliy hujum”, “Ajratish” va “T” kabi usullardan foydalanish o’quvchidagi BKMlarni mustahkamlashga, jamiyatda o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishga, o’z Vatani bilan faxrlanish g‘ururi bugungi kunda O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlarni anglay olish va Mustaqil Vatanimizning o’tmishi bilan faxrlanish, bag‘rikenglik, do’stlik, kelajakdagi fan taraqqiyoti to’g‘risidagi tushunchalarini shakllantirishga yordam beradi.
|