• Tarbiyaviy maqsad
  • Darsning metodi
  • Darsning borishi I. TASHKILIY QISM
  • II. O’TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH O’qituvchi
  • III. YANGI MAVZUNI YORITISH
  • Informatika fanini o’qitish jarayonida o’quvchilar o’quv biliv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar”




    Download 1,99 Mb.
    bet18/21
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,99 Mb.
    #124204
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    TOSHMAXAMMEDOVA SUG\'DIYONA

    Sinf: 5


    Fan nomi: Informatika


    Darsning mavzusi: Kompyuter. Kompyuter qurilmalari va vazifalari.


    Darsning maqsadi:


    Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga axborot texnologiyalari haqidagi tushunchalarni singdirish, texnik vositalar haqida, kompyuter tarmoqlari (lokal, mintaqaviy, global) tarmoq haqida tushuncha berish hamda ko’nikma va malakalarni hosil qilish;


    Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va axborot texnologiyalari va internetdan foydalanishga oid madaniyatlarini singdirish;


    Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish;


    Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.


    Darsning metodi: Interfaol (“BBB texnologiyasi”, “zinama-zina texnologiyasi”, guruhlarda ishlash texnologiyasi)


    Darsning jihozi: Didaktik materiallar, kompyuter, ko’rgazma, videoproektor, krossvord, tarqatma materiallar.


    Darsning blok sxemasi





    Darsning bosqichlari

    Vaqti










    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa










    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    10 daqiqa










    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15 daqiqa










    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    7 daqiqa










    5

    O’quvchilarni baholash va xulosalash

    5 daqiqa










    65


    6



    Uyga vazifa berish

    3 daqiqa









    Darsning borishi



    I. TASHKILIY QISM

    Dars salomlashishdan boshlandi.




    O’qituvchi: Assalomu aleykum o’quvchilar.


    O’quvchilar: Assalomu aleykum ustoz.

    O’quvchilar ro’yhat bo’yicha bor-yo’q qilinadilar.




    O’qituvchi: Bugungi “Kompyuter. Kompyuterning qurilmalari va uning vazifalari” mavzusiga bag‘ishlangan darsga xush kelibsiz!

    Navbatchi axborotini tinglaymiz (navbatchi o’quvchi axboroti tinglanadi)




    II. O’TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH


    O’qituvchi: Endi sizlar bilan o’tilgan mavzuni takrorlab olsak.

    O’tilgan mavzuni takrorlashdan oldin o’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar. Guruhlar o’zlariga nom tanlaydilar. O’tilgan mavzu bo’yicha tarqatma materialdan foydalanamiz. Bunda maxsus karton qog’ozlarga kompyuterga oid atamalar hamda rasmlar yopishtiriladi. Ikkala guruhdan bittadan o’quvchi chiqib guruhdagi sheriklariga kartondagi atamalarini ovoz chiqarmasdan qo’llari orqali harakatlarni ko’rsatib tushuntiradilar. Qaysi guruh ko’proq to’g’ri javob bersa shu guruhga ball qo’shilib boradi.




    O’qituvchi: Endi ikkala guruhga ham A3 formatdagi qog’ozlar beriladi.

    ( BBB texnologiyasidan foydalanamiz )O’quvchilar ushbu qog’ozga Uchta jadval chizadilar. Hammasini nomlab Bilaman, bilib oldim, bilmoqchiman deb yozadilar. Yangi mavzuni tushuntirishdan oldin o’qituvchi guruhlarga savol beradi. Sizlar kompyuterning qanday qurilmalarini bilasizlar? O’quvchilar birinchi jadvalni guruh bo’lib to’ldiradilar. Qolganlari ochiq qoladi.


    O’qituvchi har bir guruhning kompyuter qurilmalari haqidagi fikrlarini tinglab bo’lgach asosan o’quvchilar tushunmagan tomonlarini ko’proq tushuntirib berishga e’tibor beradi.


    66

    O’qituvchi yangi dars mavzusini va maqsadini tushuntiradi (dars mavzusi va maqsadi, asosiy tushuncha va atamalar kompyuterda videoproektor yordamida ko’rsatiladi.)

    1-bosqich. III. YANGI MAVZUNI YORITISH




    O’qituvchi: Yangi mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilarga berilgan bilaman bandini to’ldirgan guruhlar chiqib gapirib beradilar. (ikkala guruhdan 1tadan o’quvchi chiqib gapirib o’tadi) Endi sizlarga yangi mavzuni tushuntirib beraman. Kompyuterning asosiy qurilmalari 4ta bo’lib ular: monitor, sichqoncha, sistema bloki, klaviatura. Kompyuterga biz qo’shimcha ulashimiz mumkin bo’lgan har qanday qurilmalar kompyuterning qo’shimcha qurilmalari deyiladi. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalariga printer, kolonka, modem, skaner, plotter, fleshka va boshqalar kiradi.

    2-bosqich.




    O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, sizlar kompyuterning qurilmalari bilan tanishib chiqdilar. Olingan bilimlarni yanada mustahkamlash uchun biz Avtopley medio studiosi yordamida yaratilgan o’quv qo’llanmani qo’yib ko’ramiz. (namoyish etish jarayonida o’qituvchi proektor yordamida qo’llanmani namoyish etadi)

    3-bosqich.




    O’qituvchi: Endi biz kompyuterning qurilmalari haqida tanishib chiqdik, olgan bilimlarimizni amalda sinab ko’ramiz. Buning uchun bizga zinama-zina texnologiyasi zarur bo’ladi. Bu texnologiya sinf doskasi ikkiga bo’linadi, va jadval chiziladi.





    Download 1,99 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 1,99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika fanini o’qitish jarayonida o’quvchilar o’quv biliv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar”

    Download 1,99 Mb.