202
mahsulotini hisobga olish bilan bog‘liq iqtisodiy masalalarni yеchish uchun
qo‘llaniladi.
PASKAL tili 1971 -yilda e`lon qilingan bo‘lib, fransuz olimi Blеz Paskal
nomiga qo‘yilgan. Turli xildagi masalalar yеchimini
olishda tartiblangan
(strukturaviy) dasturlar tuzishda qo‘llaniladi.
PL/1 tili 1964 -yilda yaratilgan bo‘lib, Programming Langauge/ 1 - 1-tartib
raqamli dasturlash tili ma'nosini anglatadi. Ushbu til univеrsal tillar turkumiga
kiradi. Bu tilda ishlab chiqilgan dasturlar kompyuterni yangisi bilan
almashtirilganda qaytadan tuzib chiqilishi zarur emas.
BЕYSIK (BASIC - Beginner's All
Purpose
Sumbolic
Instruction
Code - boshlovchilar uchun ko‘p maqsadli dasturlash tili) hisoblash algoritmlarini
yozish uchun qo‘llaniladigan algoritmik tildir. Bu til 1965 yilda Dartmut kollеji
xodimlari Kеmini va Kurtslar tomonidan ishlab chiqilgan.
Protsеduraga mo‘ljallangan tillardan masalalarning
matеmatik ifodalari,
algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish
bo‘lgan mutaxassislar
foydalaniladilar. Bunda ulardan kompyuterning tuzilishini mukammal bilish talab
qilinmaydi. Muammoga mo‘ljallangan tillar kompyuterda masala
yеchish usullari
va dasturlash usullari bilan tanish bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir.
Foydalanuvchi masalani ta`riflashi, boshlang‘ich malumotlarni bеrishi va
natijani chiqarishning talab qilingan ko‘rinishini aytishi kifoya.