205
V BOB. C++ DASTURLASH TILI
5.1. C++ dasturlash tiliga kirish
Muhim so`zlar:
B, B++, C, C++, dasturlash tili, alfavit, raqamlar,
maxsus simvollar, identifikator, xizmatchi so`zlar, amal, unary, binary, ternary.
Bilib olasiz:
C++ yaratilish tarixi, C++ imkoniyatlari, C++ alfaviti,
identifikator tushunchasi, C++ da identifikatorlarni e`lon qilish va farqlash, C++
tilining xizmatchi so`zlari va C++dagi amallarning turlarini.
C++
dasturlash tilining yaratilishi haqida ma`lumot.
C++
dasturlash tili
C
dasturlash tiliga asoslangan.
C
dasturlash tili o`z navbatida
B
va
BCPL
dasturlashgan tillaridan kelib chiqqan.
BCPL
- 1967 yilda
Martin Richards
tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, operatsion tizimlarni yaratish uchun
mo`ljallangan.
Ken Thompson
o`zining
B
tilida
BCPL
ning ko`p xossalarini
yaratishga
harakat qilgan va
B
dasturlash tilida asosan operatsion tizimning
birinchi variantlarini yozgan.
BCPL
ham,
B
ham tipsiz til bo`lgan. Ya`ni
o`zgaruvchilarning ma`lum bir tipi bo`lmagan - har bir o`zgaruvchi kompyuter
xotirasida faqat bir bayt joy egallagan. O`zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa,
ya`ni butun sonmi, haqiqiy sonmi yoki harfmi, dasturchining vazifasi bo`lgan.
C
tilini
Dennis Ritchie
B
tiliga asoslanib yaratdi va ilk bor
C
tilini 1972 yili
Bell Laboratoriyasida,
DEC PDP-11
kompyuterida qo`lladi.
C
o`zidan
oldingi
B
va
BCPL
tillarining juda ko`p muhim tomonlarini o`z ichiga olish bilan bir qatorda
o`zgaruvchilarni tiplashtiradi va turli yangiliklar kiritilgan. Boshlanishda
C
asosan
UNIX
tizimlarida keng tarqaldi. C mashina arxitekturasi bilan tez muloqot qiluvchi
dasturlash tilidir. 1983 yilda,
C
tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash
harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (
ANSI
)
qoshida
X3J11
texnik komitet tuzildi. 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi.
Standartni dunyo bo`yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda
ANSI
va
Dunyo
Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda
C
ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini
qabul qilishdi. Shuning uchun
C
da yozilgan dasturlar mayda o`zgarishlar yoki
umuman o`zgarishlarsiz juda ko`p kompyuter platformalarida ishlaydi.
206
C++
1980 -yillar boshida
Bjarne Stroustrup
tomonidan
C
ga
asoslangan
tarzda tuzildi.
C++
juda ko`p imkoniyatlarni o`z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u
ob`yektlar asosida dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozishga
hozirgi kunda katta ahamiyat berilmoqda. Buni ta`minlash uchun ob`yektli
dasturlash g`oyasi ilgari surildi. Xuddi 1970 - yillar boshida strukturali dasturlash
kabi, dasturlarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob`yektlar orqali tuzish
dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++
dan tashqari boshqa ko`p ob`yektli dasturlashga yo`naltirilgan tillar
mavjud.
C++
esa
gibrid
tildir. Unda
C
ga o`xshab
strukturali dasturlash yoki
yangicha, ob`yektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir.
Ob`yektli dasturlash falsafasi paydo bo`lganiga ham yigirma yildan oshyapti.
C++
funksiya va ob`yektlarning juda katta kutubxonasiga ega. Ya`ni
C++
tilida dasturlashni o`rganish ikki qismga bo`linadi. Birinchisi bu
C++
ni o`zini
o`rganish, ikkinchisi esa
C++
ning standart kutubxonasidagi tayyor ob`ekt-
funksiyalardan foydalanishni o`rganishdir.