218
Bu misollarda amallar ustivorligi oshib borish tartibida berilgandir. Inkor [!] amali
unar qolganlari binar amallardir.
Qiymat berish amali. Qiymat berish amali [=] binar amal bo`lib chap
operandni odatda o`zgaruvchi o`ng operandi odatda ifodaga teng bo`ladi. Masalan,
Z=4.7+3.34;
Bitta ifodada bir necha qiymat berish amallari qo`llanilishi mumkin.
Masalan, C=y=f=4.2+2.8;.
Bundan tashqari C ++ tili da murakkab qiymat berish amali mavjud bo`lib,
umumiy ko`rinishi quyidagichadir:
O`zgaruvchi_nomi amal= ifoda;
Bu yerda amal quyidagi amallardan biri bo`lishi mumkin: *,/,%,+,-, &,^,|, <<,>>.
Masalan,
X+=4 ifoda x=x+4 ifodaga teng kuchlidir;
X*=a ifoda x=x*a ifodaga teng kuchlidir;
X/=a+b ifoda x=x/(a+b) ifodaga teng kuchlidir;
X>>=4 ifoda x=x>>4 ifodaga teng kuchlidir;
Imlo belgilari amal sifatida. C ++ tilida ba`zi bir imlo belgilari ham amal
sifatida ishlatilishi mumkin. Bu belgilardan oddiy () va kvadrat [] qavslardir.
Oddiy qavslar binar amal deb qaralib ifodalarda yoki funksiyaga murojat qilishda
foydalaniladi. Funksiyaga murojat qilish qo`yidagi shaklda amalga oshiriladi:
(). Masalan, sin(x) yoki max(a,b).
Kvadrat qavslardan massivlarga murojaat qilishda foydalaniladi. Bu
murojaat quyidagicha amalga oshiriladi: []. Masalan,
a[5] yoki b[n][m].
Vergul simvolini ajratuvchi belgi deb ham qarash mumkin amal sifatida ham
qarash mumkin. Vergul bilan ajratilgan amallar ketma-ketligi bir amal deb qaralib,
chapdan o`ngga hisoblanadi va oxirgi ifoda qiymati natija deb qaraladi. Masalan,
d=4,d+2 amali natijasi 8 ga teng.
2>1>