216
agar operandlardan biri
double
tipiga tegishli bo`lsa ikkinchi operand
ham
double
tipiga
keltiriladi va natija ham
double
tipiga tegishli
bo`ladi;
agar operandlardan biri
long double
tipiga tegishli bo`lsa
ikkinchi
operand ham
long double
tipiga keltiriladi va natija ham
long double
tipiga tegishli bo`ladi;
Unar
amallarga ishorani o`zgartiruvchi
unar
minus
[–] va
unar plus
[+]
amallari kiradi. Bundan tashqari [++] va [--] amallari ham unar amallarga kiradi.
[++]
unar
amali qiymatni 1 ga oshirishni ko`rsatadi. Amalni
prefiks
ya`ni
++i
ko`rinishda ishlatish oldin o`zgaruvchi qiymatini oshirib so`ngra
foydalanish
lozimligini, postfiks ya`ni
i++
ko`rinishda ishlatishdan oldin o`zgaruvchi
qiymatidan foydalanib, so`ngra oshirish kerakligini ko`rsatadi. Masalan,
i
qiymati
2 ga teng bo`lsin, u holda
3+(++i)
ifoda qiymati 6 ga
, 3+i++
ifoda qiymati 5 ga
teng bo`ladi. Ikkala holda ham i qiymati 3 ga teng bo`ladi.
[--] unar amali qiymatni 1 ga kamaytirishni ko`rsatadi. Bu amal ham prefiks
va postfiks ko`rinishda ishlatilishi mumkin. Masalan, i qiymati 2 ga teng bo`lsin, u
holda --i ifoda qiymati 1 ga, i-- ifoda qiymati 2 ga teng bo`ladi. Ikkala holda ham i
qiymati 1 ga teng bo`ladi.
Bu ikki amalni faqat o`zgaruvchilarga qo`llash mumkindir. Unar
amallarning ustivorligi
binar
amallardan yuqoridir.