221
5.4. Dastur tuzilishi
Muhim so`zlar:
main, tipli,tipsiz, return,include, define,
proprosessor,dastur matni (listing), kompilyatsiya, og`lash, mantiqiy solishtirish,
amallar, if.
Bilib olasiz:
main funksiyasi, main funksiyasini ishlatish, kutubxonalarni
chaqirish, oddiy dasturlarni yozish, define funksiyasi, kompilyatsiya va bog`lash,
mantiqiy amallar yozilishi, if operatorini qo`llash.
Sodda dastur tuzilishi.
Dastur komandalar
va bir necha funksiyalardan
iborat bo`lishi mumkin. Bu funksiyalar orasida
main
nomli
asosiy funksiya
bo`lishi shart. Agar asosiy funksiyadan boshqa funksiyalar ishlatilmasa dastur
quyidagi ko`rinishda tuziladi:
Preprotsessor_komandalari
void main()
{ Dastur tanasi. }
Main
funksiyasi ikki usulda ishlatilishi mumkin (tipli va tipsiz).
Yuqorida
keltirilgan misolda tipsiz edi. Tipli main ga dastur quyidagi ko`rinishda tuziladi:
Preprotsessor_komandalari
tip main()
{ Dastur tanasi.
return [qiymat] }
Preprotsessor direktivalari kompilyatsiya jarayonidan oldin preprotsessor
tomonidan bajariladi. Natijada dastur matni preprotsessor
direktivalari asosida
o`zgartiriladi. Preprotsessor komandalaridan ikkitasini ko`rib chiqamiz.
# include
Bu direktiva standart kutubxonadagi funksiyalarni dasturga joylash
uchun foydalaniladi.
#define
Bu
direktiva bajarilganda dastur matnidagi almashtiruvchi
ifodalar almashinuvchi
ifodalarga almashtiriladi. Masalan,
1-listing.
Output: