227
Operatorlar bajariluvchi va bajarilmaydigan operatorlarga ajratiladi.
Bajarilmaydigan operator bu izoh operatoridir. Izoh operatori [/*] belgisi bilan
boshlanib, [*/] belgisi bilan tugaydi. Bu ikki simvol orasida ixtiyoriy jumla yozish
mumkin. Kompilyator bu jumlani tekshirib o`tirmaydi. Izoh operatoridan dasturni
tushunarli qilish maqsadida izohlar kiritish uchun foydalaniladi.
Bajariluvchi operatorlar o`z navbatida ma`lumotlarni o`zgartiruvchi va
boshqaruvchi operatorlarga ajratiladi. Ma`lumotlarni o`zgartiruvchi operatorlarga
qiymat berish operatorlari va [;] bilan tugovchi ifodalar kiradi. Masalan,
I++;
x*=I;
I=x-4*I;
Boshqaruvchi operatorlar dasturni boshqaruvchi konstruktsiyalar deb ataladi.
Bu operatorlarga quyidagilar kiradi:
-
Qo`shma operatorlar;
-
Tanlash operatorlari;
-
Takrorlash operatorlari;
-
O`tish operatorlari;