229
Qiymat berish operatorlari.
Bu qismda keyingi bo`limlarda kerak
bo`ladigan tushunchalarni berib o`tamiz.
C++
da hisoblashni va undan keyin
javobni o`zgaruvchiga beruvchi bir necha operator mavjuddir. Masalan,
k = k * 4; ni k *= 4;
Bunda [*=] operatorining chap argumenti o`ng argumentga qo`shiladi va
javob chap argumentda saqlanadi. Biz har bir operatorni ushbu qisqartirilgan
ko`rinishda yoza olamiz ([+=], [-=], [/=], [*=], [%=]). Ikkala qism birga yoziladi.
Qisqartirilgan operatorlar tezroq yoziladi, tezroq kompilyatsiya qilinadi va ba`zi
bir hollarda tezroq ishlaydigan mashina kodi tuziladi.