Информатика




Download 7,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/308
Sana30.05.2024
Hajmi7,16 Mb.
#257687
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   308
Bog'liq
Информатика

Satrli o`zgarmas
. Satrli o`zgarmaslar orasiga eskeyp simvollarni qo`llash 
mumkin. Bu simvollar oldiga [\] belgisi quyiladi. Masalan, ―\n Birinchi satr \n 
ikkinchi satr \n uchinchi satr‖. Satr simvollari xotirada ketma-ket joylashtiriladi 
va har bir satrli o`zgarmas oxiriga avtomatik ravishda kompilyator tomonidan `\0` 
simvoli qo`shiladi. Shunday satrning xotiradagi hajmi simvollar soni+1 baytga 
tengdir. Ketma-ket kelgan va bo`shliq, tabulyatsiya yoki satr oxiri belgisi bilan 
ajratilgan satrlar kompilyatsiya davrida bitta satrga aylantiriladi. Masalan, ―Salom‖ 
―Buxoro ‖ satrlari bitta satr deb qaraladi. ―Salom Buxoro‖. Bu qoidaga bir necha 
qatorga yozilgan satrlar ham bo`ysunadi. 


210 
Sanovchi o`zgarmas. C++ tilining qo`shimcha imkoniyatlaridan biri.
Sanovchi o`zgarmaslar ENUM xizmatchi so`zi yordamida kiritilib, butun tipdagi 
sonlarga qulay so`zlarni mos qo`yish uchun ishlatiladi. Masalan,
enum{one=1,two=2,three=3} 
Agar son qiymatlari ko`rsatilmagan bo`lsa eng chapki so`zga 0 qiymati 
berilib qolganlariga tartib bo`yicha o`suvchi sonlar mos qo`yiladi. 
Enum{zero,one,two} 
Bu misolda avtomatik ravishda o`zgarmaslar quyidagi qiymatlarni qabul 
qiladi: 
Zero=0, one=1, two=2 
O`zgarmaslar aralash ko`rinishda kiritilishi ham mumkin: 
Enum(zero,one,for=4,five,seeks} 
Bu misolda avtomatik ravishda o`zgarmaslar quyidagi qiymatlarni qabul 
qiladi: 
Zero=0, one=1, for=4;five=5,seeks=6; 
Enum BOOLEAN {NO, YES}; 
O`zgarmaslar qiymatlari: NO=0, YES=1. 
Nomlangan o`zgarmaslar. C++ tilida o`zgaruvchilardan tashqari nomlangan 
o`zgarmaslar kiritilishi mumkin. Bu o`zgarmaslar qiymatlarini dasturda 
o`zgartirish mumkin emas. O`zgarmaslar nomlari dasturchi tomonidan kiritilgan va 
xizmatchi so`zlardan farqli bo`lgan identifikatorlar bo`lishi mumkin. Odatda nom 
sifatida katta lotin harflari va ostiga chizish belgilari kombinatsiyasidan iborat 
identifikatorlar ishlatiladi. Nomlangan o`zgarmaslar quyidagi shaklda kiritiladi: 
Const tip o`zgarmas_nomi=o`zgarmas_qiymati 
Masalan, 
Const double Pi=3.1415; 
Const long M=99999999; 
Const R=2; 


211 
Oxirgi misolda o`zgarmas tipi ko`rsatilmagan, bu o`zgarmas int tipiga 
tegishli deb hisoblanadi. 
Null ko`rsatkich. NULL - ko`rsatkich yagona arifmetik bo`lmagan 
o`zgarmasdir. Null ko`rsatkich 0 yoki 0L yoki nomlangan o`zgarmas NULL orqali 
tasvirlanishi mumkin. Shuni aytish lozimki bu o`zgarmas qiymati 0 bo`lishi yoki 
`0` simvoli kodiga mos kelishi shart emas.

Download 7,16 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   308




Download 7,16 Mb.
Pdf ko'rish