275
1.
Qo`shimcha kutubxonalar nima uchun kerak ?
2.
kutubxonasi nima uchun kerak ?
3.
Faqat va sana bilan ishlash uchun qaysi kutubxona kerak ?
4.
Bitta simvolni standart oqimda chiqarish uchun qaysi operatordan
foydalaniladi ?
5.
Getch() ning vazifasini ayting.
6.
Printf() umumiy yozilishi qanday ?
7.
Printf() ga d parametr qanday amalni bajaradi ?
8.
Printf(―s%s‖,s) nimani anglatadi ?
9.
Formatli kiritish operatorini ayting.
10.
Scanf(―s%s‖,s) nimani anglatadi ?
5.13. Oqimli kiritish va chiqarish.
Muhim so`zlar:
fayl, oqimli kiritish, chiqarish, buffer, stdin, stdout,
fopen, fputs, puts, fclose, perror.
Bilib olasiz:
oqim bilan ishlash, fayllardan o`qish, oqim bilan bog`liq
fopen() parametrlari, qo`llash, perror() funksiyasi, fayllar bilan ishlovchi oddiy
operatorlarni.
C ++ tilining asosiy xususiyatlaridan biri oldindan rejalashtirilgan fayllar
strukturasi yo`qligidir. Hamma fayllar, baytlar ketma-ketligi deb ko`riladi. UNIX
operatsion sistemasida har bir qurilmaga «Maxsus fayl» mos keladi, shuning uchun
C++ kutubxonasidagi funksiyalar fayllar bilan ham, qurilmalar bilan ham
ma`lumot almashinishi uchun foydalaniladi. C++ tili kutubxonasida kiritish –
chiqarish, quyi darajadagi kiritish, chiqarish va portlar uchun kiritish – chiqarish,
oqimli daraja tizim xususiyatlariga bog`liq bo`lishi uchun bu yerda qaralmaydi.
Oqimli chiqarish va kiritishda ma`lumotlar bilan almashish baytma-bayt amalga
oshiriladi. Lekin tashqi xotira qurilmalari bilan almashish oldidan belgilangan
ma`lumotlar bloki orqali amalga oshiriladi. Odatda u blokning minimal hajmi 512
yoki 1024 baytga teng bo`ladi. Diskga o`qilishda ma`lumotlar operatsion
qatordagi buferi yoziladi, so`ngra baytma bayt buferga yig`iladi, so`ngra diskka
276
har bir murojaat qilinganda yagona blok sifatida uzatiladi. Shuning uchun
ma`lumot almashishi diskka to`g`ridan to`g`ri murojaat qilishiga ko`ra
tezroq
amalga oshadi. Shunday qilib, oqim bu buferlash vositalari va fayldir.
Oqim bilan ishlashda quyidagi vazifalarni bajarish mumkin.
-Oqimlarni ochish va yopish.
-Simvol, qator, satr, formatlangan ma`lumot ixtiyoriy uzunlikdagi
ma`lumotlarni kiritish yoki chiqarish va fayl oxiriga yetganlik shartini tahlil qilish;
-Buferlash va bufer hajmini boshqarish;
-Ko`rsatkich oqimdagi o`rnini aniqlash yoki yangi o`ringa ko`chirish.
Bu vazifalarni boshqaruvchi funksiyalar teng foydalanish dasturiga Stdio.h –
faylini ulash lozim. Dastur bajarilishi boshlanganda avtomatik ravishda 5 ta oqim
ochilib, bulardan:
-Standart kiritish oqimi stdin;
-Standart chiqarish oqimi stdout;
-Xatolar haqida ma`lumotlar standart oqimi stderr;