274
:%10S:
:HELLO, WORLD:
:%10-S:
:HELLO, WORLD:
:%20S:
: HELLO, WORLD:
:%-20S:
:HELLO, WORLD :
:%20.10S: : HELLO, WOR:
:%-20.10S: :HELLO, WOR :
:%.10S:
:HELLO, WOR:
Formatli kiritish – scanf.
Scanf funksiyasi iostream.h modulida joylashgan
bo`lib, umumiy ko`rinishi quyidagichadir:
Scanf(control, arg1, arg2,…)
Funksiya standart oqimdan simvollarni o`qib
boshqaruvchi qator asosida
formatlab mos parametrlarga yozib qo`yadi. Parametr ko`rsatkich bo`lishi lozim.
Boshqaruvchi qator quyidagi o`zgartirish spetsifikatsiyalaridan iborat bo`shliq,
tabulyatsiya, keyingi qatorga o`tish simvollari; Oddiy simvollar (% dan tashqari)
kiritish oqimidagi navbatdagi simvollar
bilan mos kelishi lozim; % simvolidan
boshlanuvchi
spetsifikatsiya simvollari; % simvolidan boshlanuvchi qiymat
berishni ta`qiqlovchi * simvoli; % simvolidan boshlanuvchi
maydon maksimal
uzunligini ko`rsatuvchi son;
Quyidagi spetsifikatsiya simvollarini ishlatish mumkin:
d – o`nli butun son kutilmoqda.
o – 0 bilan boshlangan yoki boshlanmagan sakkizlik son kutilmoqda.
x – 0x belgili yoki belgisiz o`n oltilik son kutilmoqda.
h - o`nlik son kutilmoqda.
c – bitta simvol kutilmoqda.
s – satr kutilmoqda.
f - float tipidagi son kutilmoqda. Kiritilayotgan sonning butun
raqamlari va nuqtadan so`ng kasr raqamlari soni va E yoki e belgisidan so`ng
mantissa raqamlari soni ko`rsatilishi mumkin.