• Bilib olasiz
  •   VI BOB. BORLAND C++ BUILDER MUHITIDA DASTURLASH




    Download 7,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet175/308
    Sana30.05.2024
    Hajmi7,16 Mb.
    #257687
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   308
    Bog'liq
    Информатика

     


    290 
    VI BOB. BORLAND C++ BUILDER MUHITIDA DASTURLASH 
    6.1.
     
    C++ BUILDER muhiti 

    Muhim so`zlar:
    DOS, Borland C++, OWL, Windows, menyu, hotkey, 
    form, unit, object, treeview, inspector. 

    Bilib olasiz: 
    C++ builder muhitining yaratilishi, variantlari, minimun 
    talablari, oyna ko`rinishi, oyna elementlari va vazifalari, foydali tugmachalar va 
    ularning vazifalarini.
     
    DOS OT da ishlovchi Borland C++ dasturlash muhiti birinchi bor 1990- 
    yilda 2.0 raqami bilan chiqdi (OS/2 uchun bu variant 1992 -yilda chiqqan). 1991 -
    yilda 3.0 raqami bilan darchali dasturlashga asoslangan variant yaratildi. Oradan 
    bir yil o`tgach, Borland C++ ning yangilangan varianti yaratildi. Bu variantda IDE 
    oynali muhit va OWL 1.0 shablon dasturlar, Turbo Vision 1.0. bilan realizatsiya 
    qilingan edi. Borland C++ 4.0 variantidan boshlab (1993 -yil) DOS dasturlarni 
    qo`llab quvvatlovchi qismi o`chirilib, faqat darchali dasturlash qismi rivojlantirildi. 
    Windows 95 va OWL 2.5 ni qo`llab quvvatlovchi 4.52 varianti 1995- yilda chiqdi. 
    1996- yil martda Windows NT 3.51 (Windows NT 4.0 ishlanayotgan) 5.0 varianti 
    chiqdi. 1997- yilda Borland C++ Builder muhiti yaratildi. 
    Borland C++ ning rivojlanishi: Turbo C → Borland C++ → Borland C++ 
    Builder → Code gear C++ Builder (Code gear Turbo C++) → Embarcadero C++ 
    Builder (Embarcadero Turbo C++).
    Borland C++ Builder ning bir nechta variantlari yaratildi. Bu qo`llanmada 
    Borland C++ Builder 6 variantida ishlash, turli oynali dasturlar tuzishni o`rganish 
    bilan uning buyruqlarini ham o`rganamiz. Borland C++ Builder 6 muhitining 
    ishlash tamoyillari: 

    Prosessor Intel Pentium II 400 MG va undan yuqorilari; 

    Operatsion tizimlar Microsoft Windows 98, 2000 (SP2) yoki XP; 

    Tezkor xotiradan 256 Mb taklif qilinadi (min 128 Mb); 

    Tashqi xotiradan 750 Mb bo`sh joy kerak to`liq o`rnatish uchun; 

    CD-ROM; 


    291 

    SVGA (800x600, 256 ranglar) yoki yuqorisi; 

    Manipulyator ―Sichqoncha‖. 
    Borland C++ Builder 6 (C++ Builder) dasturini ishga tushirganimizda (Pusk 
    -> programmi -> Borland C++ Builder 6 -> C++ Builder 6) uning oynasi 
    quyidagicha hosil bo`ladi(6.1-rasm). 
    Borland C++ Builderning oynasi 5 qismdan iborat.
    1.
    Menyu va uskunalar paneli joylashgan oyna (bu oyna har doim bir xil 
    ko`rinishda bo`ladi). 
    2.
    Object TreeView - bu oynada darchadagi ob`yektlar joylashgan bo`ladi. 
    Oynani ekranga chiqarish uchun [Shift]+[Alt]+[F11] tugmasi bosiladi. 
    3.
    Object Inspector - bu oynada ob`yektlarning xossalari (properties) va 
    hodisalari (events) boshqariladi. Tanlangan ob`yektga xos properties va 
    events hosil bo`ladi. Bu oynani ekranga chiqarish uchun [F11] tugmasi 
    bosiladi. 
    4.
    From – bu oyna tuzilayotgan dasturning oynasi va uning ob`yektlaridan 
    tashkil topgan bo`ladi. From lar bir nechta bo`lishi mumkin. Ularni 
    almashtirish uchun [Shift]+[F12] tugmasi bosiladi. 
    5.
    Unit – bu oynada tuzilayotgan dasturning listing matni yozilgan bo`ladi. 
    Unitlar ham bir nechta bo`lishi mumkin. Ularni almashtirish uchun 
    [Ctrl]+[F12] tugmasi bosiladi. 


    292 

    Download 7,16 Mb.
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   308




    Download 7,16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      VI BOB. BORLAND C++ BUILDER MUHITIDA DASTURLASH

    Download 7,16 Mb.
    Pdf ko'rish