305
if ( SaveDialog1->Execute())
Memo1->Lines->SaveToFile(SaveDialog1->FileName);
}
Fayl bo`limidagi chiqish buyruqqa sichqonchani
ikki marta bosamiz va
quyidagi operatorlarni yozamiz:
void __fastcall TForm1::chqish1Click(TObject *Sender)
{
Close();
}
Juda ko`p hollarda dastur ilovalari ko`p oynali bo`ladi. Ko`p oynali
ilovalarni yaratishga C++ Builder tomonidan yaratilgan
forma asosiy hisoblanib,
qolgan oynalarni file->new->form buyrug`i orqali yaratiladi. Kichik telefon yozuv
dasturini tuzaylik. Buning uchun ikkita form yaratamiz. Birinchi formani
captionniga asosiy oyna, ikkinchi oynaning caption ga kiritish oynasi deb yozamiz.
Birinchi oynaga 1 ta Tlabel, TListbox, 2ta Tbutton elementlaridan
joylashtiramiz
(xuddi 6.5-rasmdagigek). Ikkinchi formaga o`tib ([Shift]+[F12]), 2 ta Tlabel,
Tbutton va Tedit elementlaridan joylashtiramiz (xuddi 6.5-rasmdagigek).
6.5-rasm. Oynalarning ko`rinishi
Oynalar rasmdagidek tayyorlangandan so`ng, ikkinchi formaga o`tib, [ok]
tugmasining ModalResult xossasiga mrOk ni, [Cancel] tugmasiga esa mrCancel ni
306
tanlaymiz. Birinchi oynaga o`tib, [Delete] tugmasini ikki marta bosamiz va
quyidagi listing kodni kiritamiz.
ListBox1->Items->Delete(ListBox1->ItemIndex);
Bu listingning ma`nosi
shundaki, listbox dan tanlangan elementini
o`chirishdir. [Enter] tugmasiga o`tib, uni ikki marta
bosamiz va quyidagi listing
kodni kiritamiz.
Form2=new TForm2(this);
if (Form2->ShowModal()==mrCancel) return;
ListBox1->Items->Add(Form2->Edit1->Text+" - "+Form2->Edit2->Text);
Mustahkamlash uchun savollar.
1.
Dialogs bo`limida qanday elementlar joylashgan ?
2.
Menyu bo`limlarini kiritish uchun nima ish amalga oshiriladi ?
3.
[&] belgisidan nima uchun foydalanish kerak ?
4.
Tmemo elementining align xossasiga nima uchun [alClient] qiymati
beriladi ?
5.
Menyu bo`limlariga funksional tugmachalarni qanday qilib o`rnatamiz?
6.
OpenDialog1->FileName nima vazifani bajaradi ?
7.
OpenDialog1 qachon aktiv bo`ladi ?
8.
Memo1->Lines->SaveToFile(SaveDialog1->FileName);
operatorlarining
vazifasini ayting.
9.
Close() nimani bajaradi ?
10.
Yangi ikkinchi form qanday chaqiriladi ?