304
Menyuni tayyorlash uchun TMainMenu elementining ustiga sichqonchani
ikki marta bosamiz va menyu bo`limlari va bo`lim buyruqlarini kiritamiz.
Menyudagi buyruqlarga tugma orqali murojaat qilish uchun kerakli harf oldidan
[&] belgisi qo`yamiz. Masalan, &chiqish-> chiqish. Tez bajariluvchi tugmalarni
esa shortkey xossasiga kerakli tugmachalar majmuini o`rnatamiz. TMemo elementi
uchun Align xossasiga alClient va ScrollBars xossasiga ssBoth ni o`rnatamiz.
Menyuda fayl bo`limini yaratamiz va uning buyruqlariga ochish - [F3], saqlash -
[F2] va chiqish - [Ctrl]+[x] mos nom va tugmachalarni o`rnatamiz (6.4-rasmga
qarang).
Fayl bo`limidagi ochish buyruqqa sichqonchani ikki marta bosamiz va
quyidagi operatorlarni yozamiz:
void __fastcall TForm1::ochish1Click(TObject *Sender)
{
if (OpenDialog1->Execute())
Memo1->Lines->LoadFromFile(OpenDialog1->FileName);
}
Fayl bo`limidagi saqlash buyruqqa sichqonchani ikki marta bosamiz va
quyidagi operatorlarni yozamiz:
void __fastcall TForm1::saqlash1Click(TObject *Sender)
{