388
kiritilayotgan ma`lumotni tekshirish uchun foydalaniladi. Bu buyruq oddiy
foydalanuvchilarga tayyor qoliblarga ma`lumotni kiritish uchun qo`l keladi.
Masalan, A ustunda faqat ikki xonali sonni kiritish talab qilingan bo`lsin. Buning
uchun A ustunni tanlaymiz va [Проверка данных]ga murojaat etamiz.
Ekranga
[Проверка вводимых значений] muloqot oynasi chiqadi.
Bu muloqot oyna 3 qismdan iborat bo`lib. [Параметры] bo`limida kiritilishi
kerak bo`lgan ma`lumot turi tanlaniladi. Masalan, ma`lumot turiga [Тип данных]
butun son [Целое число], ma`nosi (qiymati)ga [значение] oraliq [между] ni
tanlasak, minimum [Минимум] va maksimum [Максимум] lar hosil bo`ladi.
Ularga eng kichik va eng katta ikki xonali sonlarni kritamiz. [Сообщение для
ввода] bo`limga o`tib, matn kiritish uchun xabar sarlavhasi va matnnini kiritish
mumkin. Masalan, ―Diqqat‖, ―Ikki xonali sonni kirit!‖. [Сообщение об ощибке]
bo`limiga o`tsak, xatolik haqidagi xabar sarlavhasi va matnini kiritish mumkin.
Xatolar haqidagi xabarning uch turi mavjud: [Останов] to`xta – ma`lumotni qat`iy
qoida
asosida kiritishni talab etadi, [Предупрeждение] ogohlantirish –ma`lumot
xato kiritilganligi haqida xabar beradi va foydalanuvchiga tanlash imkoniyatini
yaratadi, [Сообщение] xabar – ma`lumot xato kiritilganligi haqida xabar beradi.
[Структура] oynaning tuzilishi tayyorlash uchun mo`ljallangan.
[Группировать] qatorlarni (ustunlarni) guruhlash.
[Разгруппировать]
yaratilgan guruhlashni o`chirish. Excel oynasining tuzilishini ko`ring.
8.39-rasm. Ma`lumotlarni saralash
[Сортировка и фильтр] bo`limida ma`lumotlarni saralash va filtrlash
imkoniyati bor. Ma`lumotlarni saralash, tartiblash uchun o`sish
va kamayish
tartibida buyrug`idan foydalaniladi. Ma`lumotlarni filtrlash uchun buyrug`idan
foydalanamiz. Ma`lumotlarni filtrlash buyruqlari 4 ta bo`lib, ular:
389
- [Фильтр] yacheykada filtrlashni joriy etish, buni [Ctrl]+[Shift]+[L] bilan
amalga oshirish mumkin;
- [Очистить] yacheykani filtrlashdan ozod qilish;
- [Применить повторно]
yacheykani filtrlashini
qayta o`rnatish;
- [Дополнительно]
yacheykada
kengaytirilgan
filtrlashni bajarish;
Filtrlash jarayonida ma`lumotlar joylashgan ustun
(ustunlar) tanlaniladi va filtrlash o`rnatiladi. Filtrlash o`rnatilgandan so`ng
yacheyka o`ng tomoniga tugmacha hosil bo`ladi.
Tugma bosilganda ekranga
saralash va filtrlash uchun muloqot oynasi chiqadi. Tanlangan yacheykani
foydalanuvchi xohishi bo`yicha saralash uchun [Сортировка по цвету]
[пользовательская сортировка] buyruqlar ketma ketligi
tanlaniladi va ekranga
[Сортировка] saralash muloqot oynasi chiqadi. Bu oynadan foydalanuvchi
birinchi,
ikkinchi, uchinchi va boshqalar navbatma – navbat saralash tartibi va
saralash usuli tayyorlaydi.