390
8.42-rasm. Foydalanuvchi filtri
Mustahkamlash uchun savollar.
1.
Bitta yacheykaga yozilgan so`zlarni so`zma so`z
yacheykalarga joylashtirish
qanday amalga oshiriladi ?
2.
Excelda ma`lumotlar bilan ishlash uchun qanday lentalar mavjud ?
3.Ustundagi bir xil ma`lumotlar qanday o`chiriladi ?
4.Ma`lumotlarni tekshirish deganda nimani tushunasiz ?
5.Ma`lumotlarni kiritishda necha xil dialog oynadan foydalaniladi ?
6.Ma`lumotlarni jamlash qanday amalga oshiriladi ?
7.Qaysi bo`limda ma`lumotlarni saralash va filtrlash imkoniyatlari bor ?
8.[Ctrl]+[Shift]+[L] qanday vazifani amalga oshiradi ?
9.Ma`lumotlarni saralash usullarini ayting.
10.Foydalanuvchi tomonidan tuziladigan saralash qanday amalga oshiriladi ?
8.9.
Taqdimot muharrirlari haqida (Microsoft Power Point )
Muhim so`zlar:
Power Point, point, taqdimot, slayd, lenta, interfeys.
Bilib olasiz:
Microsoft Power Point haqida ma`lumot, point so`zining
ma`nosi, Taqdimot muharrirlarining vazifasi, Power Point dasturining interfeysi,
PPoint dasturining vid lentasi, slaydlarni tayyorlash va ko`rsatish.
Taqdimot muharririning maqsadi turli jarayonlar uchun taqdimotlar
yaratish. Masalan, Talaba malakaviy bitiruv ishini
himoya qilganda taqdimot
slaydlardan foydalaniladi. Odatda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida
Microsoft firmasi Microsoft Power Point dasturini yaratgan va u Microsoft Office
391
dasturlar majmuasiga kiradi. Microsoft Power Point (PPoint) ning juda ko`p
variantlari bor. Taqdimotlar yaratish usullarini PPoint 2007 varianti orqali bayon
qilamiz. Power so`zining ma`no biror bir narsaga jon bag`ishlash,
cheksiz kuch,
ba`zida qurilmani yoqish kabi ma`nolarni beradi. Masalan, hozirgi barcha
texnikalarga power tugmasi mavjud va
bu tugma orqali uni ishlatish, jon kiritish
mumkin. Point so`zining ma`nosi nuqta degani. Power Point so`zining ma`nosi
nuqtani ishlatish, nuqtaga jon kiritish ma`nolari bilan mos keladi. PPoint taqdimot
yaratish dasturlarining ichida eng yaxshisi va qulay dasturdir. Sababi, Word, Excel
bilan ishlashni o`rgangan foydalanuvchilar uni tez o`rganib oladi.