392
3. Ishchi maydon – PPointning ishchi maydon uch qismdan iborat bo`lib,
foydalanuvchilar uchun juda qulaydir. Chap tomonda
taqdimot faylning slaydlari
va uning tuzilish aks ettiriladi. Chap tomonda slaydlar uchun turli shablonlardan
foydalanish oynalari aks ettiriladi.
4. Holat satri – PPointning ishchi maydoni holatidagi ma`lumotlar. Masalan,
slaydlar soni, so`zlarni ilovaga tekshirish, slaydning ko`rinishi kabilar. PPointning
holat satridagi vazifalar quyidagi rasmga keltirilgan.
8.44-rasm. Holat satrini sozlash
Rasmda tasvirlangan lokal menyuni chiqarish
uchun holat satrida
sichqonchaning o`ng tugmasini bosamiz. Foydalanuvchi holat satrini o`ziga mos
qilib tayyorlab olishi mumkin. [Ярлыки режимов просмотра] buyrug`ida
slaydlarni ko`rish uchun 3 ta buyruq bor. Ular (
) slaydlarni oddiy ko`rinishi,
slaydlarni saralash, slaydlarni ko`rishdir. Bu buyruqlar
foydalanuvchi tomonidan
juda ko`p ishlatiladi.
PPointning ko`rinish [Вид] lentasi bilan tanishib chiqamiz. Lentada
[Режимы просмотра презентации] slaydlarni ko`rish rejimi, [Показать или
скрыть] ishchi maydon elementlarini ko`rsatish
yoki yashirish, [Масштаб]
masshtab, [Цвет или оттенки серого] slaydning rangli va rangsiz rejimlari,
[Окно] oynalar, [макросы] makroslar kabi bo`limlar bor.
Ko`rinish oynasining eng asosiy vazifasi taqdimotning tuzilishi bilan ishlash.
Taqdimotdagi salydlarning foydalanuvchi uchun turli xil ko`rinish
va tuzilishlari
bor. [Обычный] oddiy ko`rinish – bunda tadimotning slaydi ishchi maydonda
joylashgan, chap qismida esa slaydlarning navbatma-navbat ko`rinishi va
tuzilishini ko`rish mumkin. [Сортировщик слайдов] slaydlarni saralash –
bunda
393
slaydlarni o`rnini almashtirish imkoniyati mavjud. [Страницы заметок]
Slaydlarning mazmunini qayd qilish uchun maydon ochiladi (har bir slayd uchun
alohida). Slayd namoyish qilinganda bu qaydlar ko`rinmaydi. [Показ слайдов] –
slaydlarni ko`rish. [Образец слайдов] – slaydlarning
tayyor shablonlaridan
foydalanish. [Образец выдач] – slaydlarni chop qilish usullari aks ettirilgan
ko`rinish. [Образец заметок] – Qayd qilish
uchun tayyor shablonlardan
foydalanish. Bu buyruqlar tanlanganda har biri uchun alohida ishlash lentalari hosil
bo`ladi.