396
Bilib olasiz:
taqdimot slaydlarni dizaynlash, bet xususiyatlarini
tayyorlash, turli temalarni tanlash, slayd fonini formatlash, taqdimotda turli
ko`rgazmali va tasvirli shakllardan foydalanish, shakllarni formatlashlarni.
Taqdimot slaydlarini dizaynlash uchun [Параметры страницы] lentasi
mavjud. Dizaynlash slayd bet xususiyatlarini sozlashdan
boshlanadi. [Параметры страницы] bo`limi bu ishni
amalga oshirish uchun mo`ljallangan. Unda slayd betining
turi, o`lchamlari va betlashni boshlash uchun raqam
ko`rsatish lozim. [Ориентация слайдда] betni kitobga oid
[Книжная] yoki albomga oid [альбомная] ko`rinishga o`tkazish uchun xizmat
qiladi.
[Дизайн] lentasini ikkinchi bo`limi [Темы] temalar bo`lib, taqdimot
slaydlarining dizaynlari sozlanadi va tanlaniladi. Dizayn temalarni kompyuterdan
yoki internetdan ham qidirib topish mumkin. Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan
dizaynni ham saqlab, keyingi taqdimot slaydlari uchun foydalanish mumkin.
Temalardan ixtiyoriy birortasining ustiga sichqoncha olib kelinsa, taqdimot
slaydlari shu tema ko`rinishiga o`tadi. Qachonki sichqoncha bosilsa, taqdimot bu
temani qabul qilib oladi va dizaynni tayyorlaydi.
8.55-rasm. Taqdimot stillari
Temadagi ranglarni o`zgartirish uchun [Цекта]
, yozuvlarni
o`zgartirish
uchun
[Шрифты]
,
effektlarni
o`zgartirish
uchun
[Эффекты]
buyruqlardan foydalanamiz.
[Фон] bo`limida asosiy taqdimot slaydining
dizaynni yaratish imkoniyatlari mavjud. Unda ikkita
buyruq - [Скрыть фоновые рисунки] slayddagi fon
rasmlarni
ko`rinmasligi
yoki
ko`rinishi
uchun
foydalaniladi, [Стили фона] slaydning fonni tayyorlash