Mustahkamlash uchun savollar.
1.
Animatsiya nima?
2.
Slaydda nimalarga animatsiyalarni qo`llash mumkin ?
3.
Ob`yektning qanday holatlarida animatsiyani qo`llash mumkin ?
4.
Animatsiyalarni qanday boshqarish usullari bor ?
5.
Harakat nima ?
6.
Ob`yektni ixtiyoriy traektoriya bo`yicha harakatlantirish mumkinmi ?
7.
Boshqarish tugmachalarining vazifasini ayting.
8.
Slayddan veb –sahifaga o`tish qanday amalga oshiriladi ?
9.
Ixtiyoriy joyga o`tish - chi ?
10.
Salydda animatsiyalar nima uchun qo`llaniladi ?
8.12. Macromedia Flash – grafik muharriri
Muhim so`zlar:
flash, swf, texnologiya, macromedia, veb-brouzer, grafik
format, tovush, grafika, interfeys, menyu, asboblar.
404
Bilib olasiz:
flash texnologiyasining vazifasi,swf format imkoniyatlari,
flashning tarkibiy elementlari, grafik formatlardan foydalanish qulayliklari,
falshda yangi hujjat yaratish, menyu bo`limlarining vazifalari, Tools asboblari va
ularning vazifalari, flash interfeysi va unda ishlash asoslari.
Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli grafikdan
foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik
formatlardan bo`lmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari
cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- brouzerlarda,
kerakli muharrirlarda foydalanish imkoniyatlari mavjud. Flash texnologiyasining
imkoniyatlaridan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir, ya‘ni bu format
barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows
tizimli kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay imkoniyati uning
yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo`lishi, balki interfaol
elementlar va tovush bilan boyitilishi hamda dasturlash orqali boshqarilishi
mumkin.
Flash texnologiyasining moslashuvchanlik va interfaol multimediya
dasturlar yaratish imkoniyati ko`pchilik Web-dizaynerlar o`rtasidagi bahslarga
sabab bo`lib, uni mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu
texnologiyaning yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia kompaniyasi tomonidan
ikki asosiy web-brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun
elementlar Plug-In yaratildi. Bu esa, o`z navbatida Flash texnologiyasini Internetda
yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu web-brouzerlar
yaratuvchilari swf formatini o`z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga qabul qildi.
Bunday usulni boshqa yirik dasturiy ta‘minot yaratuvchilar (masalan, Adobe
firmasi) ham qo`llay boshladi. Macromedia kompaniyasi swf formatini juda oddiy
va qulay uskunalar bilan ta‘minlaganligi bu formatdan ko`p muxlislarning
foydalanishiga olib keldi. Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni
bir qancha to`liq to`plamlari ham mavjud. Ushbu uskunalarni bir turi Macromedia
Director Shockwave Studio - multimediya taqdimotlarni yaratish, Macromedia
FreeHand va Macromedia Fireworks - grafik tasvirlar muharriri, Macromedia
405
Authorware va Macromedia CourseBuilder - interfaol o`rgatuvchi kurslarni
yaratish muharriri va boshqalarni misol qilib olish mumkin. Web-sahifa
yaratuvchilar orasida eng ko`p ishlatiladigani bu Flash dasturidir, chunki ushbu
dastur ixtiyoriy Web-sahifaga mashhurlik olib keluvchi banner va animatsiya,
interfaol lavhalar yaratish imkonini beradi. Balki shuning uchundir swf formatini
oddiy qilib Flash deb atalishi odatga kirib qolgan.
Flash texnologiyalar tarkibining elementlari:
vektorli grafika;
animatsiyani bir qancha usullarda ishlash;
interfeysda interfaol elementlarini yaratish;
sinxrom ovoz qo`shish;
HTML formati va boshqa internetda foydalaniladigan barcha formatlarga
o`tkazishni ta‘minlash;
mustaqil platformali;
Flash-roliklarni avto rejimda ham, Web - brouzer yordamida ham ko`rish
imkoniyati mavjud;
vizual uskunalari mavjudligi Flash-rolik yaratuvchilarini ko`plab murakkab
amallardan
xalos
etadi, shuningdek
Flash-texnologiyalarning
texnik
aspektlarni o`rganishni talab etmaydi.
Hozirgi vaqtda Web-sahifalarni yaratishda birinchi o`rinlardan birini rastrli
grafika egallaydi. Rastrli formatlardan GIF (Graphics Interchange Format -
ma‘lumotlar almashuvi uchun grafik format), JPEG (Join Photographic Experts
Group – tasvir bo`yicha mutaxassislar birlashgan guruhi) va PNG (Portable
Network Graphics- ko`chirma grafik format) va boshqa formatlarni keltirish
mumkin. Rastrli grafikani ishlatishda tasvir nuqtalar majmuasi (piksellar –
inglizcha pixels) dan iborat bo`ladi. Bu nuqtalar bir - biri bilan bog`liq
bo`lmaganligi uchun ushbu nuqtalarni har biriga rangi va koordinatasi berilishi
kerak. Oddiy holda, agar ikki xil rangli tasvir ishlatilsa (masalan, oq-qora), u holda
har bir pikselni ta‘riflash uchun bitta ikkili razryad (0- qora, 1- oq) ta‘riflash yetarli
bo`ladi. 256 - rangli rasm uchun har bir pikselga bunday razryadlardan 8 ta kerak
406
bo`ladi (256=2
8
). Juda ham murakkab fotorealistik rangli tasvirlar 1 pikselga 24
razryad talab qiladi. Natijada rastr tasvirli fayllar o`lchami tasvirni rang chuqurligi
o`sgani sari oshib boradi. Rastrli tasvirlarni yana bir kamchiligi shundan iboratki,
tasvir sifati piksel o`lchamiga bog`liq, u esa o`z navbatida monitorni imkoniyati
bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil rasm turli monitorlarda har xil ko`rinishga
ega bo`lishi mumkin. Rastrli tasvir o`lchamini o`zgartirish juda ham murakkab
ishdir. Chunki bunday tasvirni kattalashtirish piksellar sonini o`sishiga olib keladi.
Kompyuter grafikasi sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli
tasvirlar piksellar «ko` paytirish» yoki ―o`chirish (agar tasvirni kichraytirish kerak
bo`lsa)‖ algoritmlari ishlab chiqilgan, lekin ular doim ham ushbu masalani oqilona
bajara olmaydi.
Web-sahifalarni yaratishda birinchi o`rinlardan birini vektorli grafika ham
egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar bilan berilgan
egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir. Masalan, istalgan
doirani tasvirlash uchun uch-to`rt raqam kerak bo`ladi: radius, markaz
koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning uchun, vektorli grafika rastrli grafikaga
nisbatan bir qancha afzalliklarga ega:
vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter xotirasida
rastrli tasvir piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi;
tasvir
(yoki
uning
ayrim
qismlarini)
sifatini
yo`qotmasdan
chegaralanmagan kattalashtirish imkoniyati mavjudligi;
tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko`chirishning qulayligi.
Albatta, vektorli tasvirlarni o`z kamchiliklari ham mavjud. Masalan,
fotorealistik tasvirni vektorli formatda namoyish qilish murakkabroq. Flash
yaratuvchilari bunga yechimni topishgan. Flash yordamida Web – sahifalar
tuzishda siz nafaqat vektorli balki rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.
Flash dasturida ishlashni o`rganish uchun avvalo uning interfeysi bilan
tanishish lozim. Agar Macromedia firmasi tomonidan yaratilgan biror-bir dasturiy
ta‘minotlar (masalan, Dreamweaver muharriri) bilan tanish bo`lsangiz Flashni
interfeysini o`zlashtirish unchalik murakkab bo`lmaydi. Agar Macromedia
407
tomonidan yaratilgan uskunalarni o`zlashtirishni aynan Flash dasturidan
boshlasangiz, u holda uning menyulari, uskunalari va ob`yekt xususiyatlar paneli
va boshqalarning ko`rinishi Windowsning amaliy dasturlarinikidan farq qiladi.
Masalan, aksariyat Windowsdagi amaliy dasturlarda (ofis majmuasi) uskunalar
paneli tarkibini boshqarish buyruqlari ―View‖ menyusiga kiradi. Flash dasturida
esa bu buyruqlar ―Window‖ menyusida joylashtirilgan. Tahrirlanayotgan obyekt
xususiyatlar panelining ko`rinishi ham Flash dasturiga xosdir. Lekin bu turdagi
yangiliklar unchalik ham qiyinlik tug`dirmaydi.
Muharrirning foydalanuvchi interfeysini tashkil etilishi umumiy holda
Windows dasturlar kabi standart ko`rinishga egadir, oynaning yuqori qismida
sarlavha, menyular to`plami, asosiy buyruqlar joylashtirilgan uskunalar paneli va
boshqalar. Muharrirda yangi vaqt diagrammaning ko`rinishi mavjud.
|