421
Kursor joylashgan oq rangli maydon skript kiritiladigan maydon bo`lib, uning
yuqori chap qismida buyruqlar oynasi joylashgan. Bu oynadan skriptga
joylashtirish mumkin bo`lgan turli xil harakatlar joylashgan. Flashni ishlayotgan
foydalanuvchilar uchun oyna bilan ko`p ishlashni tavsiya etamiz.
Dastur matnni
buyruqlar oynasi va klaviatura orqali to`g`ridan - to`g`ri kiritish mumkin, lekin
Actions
criptda bosh harflar va kichik harflarni o`rni almashsa yoki tinish belgilari
noto`g`ri ishlatilsa kiritilgan dastur matnni xato hisoblaniladi.
Dasturda ishlash
bo`yicha ko`nikma hosil bo`lmaguncha buyruqlarni yozishda shu oynadan mashq
qilish maqsadga muvofiq. Bunda har bir papkalar ichida faqatgina harakatlar emas,
balki turli xil funksiyalar, o`zgarmaslar, o`zgaruvchilar,
operatorlar, metodlar,
xususiyatlar, sikllar, izohlar va boshqalar joylashgan. Biror harakatni joylashtirish
uchun papkalardan birini ochamiz,
kerakli buyruqni topib, uni ustiga sichqoncha
tugmasini bosib, rolik kiritiladigan maydon ustiga qo`yib yuboramiz,
yoki shu
buyruq ustiga sichqonchani ikki marta chertib qo`yamiz. Agar kerakli buyruq qaysi
papkada joylashganligini unutib qo`ygan bo`lsangiz, u holda ―indeks‖ papkasidan
foydalaning. Bu papkada Flashda ishlatiladigan barcha buyruqlar alfavit bo`yicha
tartiblab qo`yilgan. Buyruqlar oynasini yopish uchun oynaning o`ng tomoni
markazida joylashgan uchburchakchani bosish kerak. Agar buyruqlar oynasi yopib
qo`yilgan bo`lsa, kerakli buyruqlar skript kiritiladigan maydon ustida joylashgan
[plus] [+] tugmasi yordamida kiritish mumkin. Bu
tugmada asboblar oynasidagi
barcha funksiyalarning nusxasi joylashtirilgan. Quyida ―stop()‖ buyrug`ining ikki
xil usulda asboblar paneli va [plus] tugmasi yordamida joylashtirish ko`rsatib
o`tilgan.