|
-rasm. Stop() buyrug`iga murojaat Pdf ko'rish
|
bet | 246/308 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 7,16 Mb. | | #257687 |
Bog'liq Информатика8.76-rasm. Stop() buyrug`iga murojaat
[Plus] tugmasidan keyin joylashgan tugmalarga izoh berib o`tamiz:
Find - kiritilgan skriptdan biror so`zni topish uchun ishlatiladi. Agar
kiritilgan skript juda katta bo`lsa bu tugma qo`l keladi.
Replace – skriptdagi biror so`zni boshqa so`z bilan almashtirish uchun
ishlatiladi.
Check syntax – kiritilgan skriptning to`g`ri yoki noto`g`riligini ya‘ni
sintaktik xatoga yo`l qo`yilgan yoki yo`qligini tekshiradi.
Auto format – skriptlarni yozilish jihatidan tartiblashtiradi va tinish
belgilarini qo`yadi.
Reference – Help panelini ochadi. Debug options – kursor turgan satrga
nazorat nuqtasini qo`yadi, nazorat nuqtasini olib tashlaydi.
View options – yordamida skriptga kiritiladigan satrlarni tartiblash (agar
kiritilgan skriptga xatoga yo`l qo`yilsa, xato qaysi qatorda ekanligini aniqlash oson
bo`ladi) va tezkor ma‘lumot kiritishga imkon beruvchi skriptlarni buyruqlar
oynasida ko`rsatish yoki o`chirib qo`yish uchun ishlatiladi.
Actions oynasining chetki o`ng burchagida joylashgan tugmada ham
birqancha buyruqlar yozilgan ularni aksariyatini ko`rib o`tdik. Qolganlari bilan
tanishib chiqamiz:
1.
[Импорт скрипта] – bundan oldin kiritilgan skriptni joylashtiradi.
2.
[Экспорт скрипта] – kiritilgan skriptni as formatda kiritib saqlab qo`yish
uchun ishlatiladi. Keyinchalik buni oddiy usulda o`qib olish mumkin.
3.
[Печат] – kiritilgan skriptni chop etadi.
4.
[Параметры автоформата] – skriptni to`g`irlashda qanday tartibda
to`g`irlashi ko`rsatib o`tiladi.
5.
[Настройки] – Actionscriptni parametrlarini sozlash uchun ishlatiladi. Bu
bo`limdan foydalanib, skriptni qaysi usulda, rangda, shriftda kiritilishini, turli
izohlarni ko`rinish yoki ko`rinmasligini va boshqa xususiyatlarni ko`rsatib o`tish
mumkin.
|
| |