8.73 – rasm. Shaklni grafik tasvirga 8.74 – rasm. Shaklga harakat berish
o`tkazish
Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni sichqonchaning o`ng tomondagi
tugma yordamida tanlab «Creat motion tweening» nomli buyrug`ini tanlaniladi.
415
Shu harakatlar natijasida boshqaruv kadr rangi ko`k rangga o`zgaradi. Endi
sichqoncha bilan yangi kadrni tanlaniladi, (masalan 25-chi kadrni) va F6 yoki
Вставка menyusida ключевой кадр (Insert keyframe) aktiv qatlamda keyingi
boshqaruv kadrini yaratish buyrug`ini tanlaymiz. Natijada 25-chi kadrda ko`k
rangli boshqaruv kadr hosil qilinadi va shu kadrgacha birinchi boshqaruv kadrdan
strelka hosil bo`ladi. Birinchi boshqarish kadrdan ikkinchi boshqarish kadrgacha
kadrlar ko`k rangda avtomatik hosil qilinadi. Oxirgi harakatimiz - bu ikkinchi
boshqarish kadrdagi belgini o`zgartirish (cho`zish, aylantirish, kattalashtirish,
kichkinalashtirish yoki kadrdagi joylanishini o`zgartirish). Endi klaviaturadagi
Enter tugmasini bosamiz va yaratilgan animatsiyani ko`rishingiz mumkin.
S
wf
formatga o`tkazib, ko`rish uchun [Ctrl] + [Enter] tugmachalar majmuasi bosiladi.
Bu animatsiyadan foydalanish uchun «1-animatsiya.swf» fayli hosil bo`ladi.
Shakllar geometriyasini o`zgarishi «shape tweening» asosidagi yaratilgan
animatsiyadir. Bu turdagi animatsiyani yaratish uchun boshqaruv kadrlar
o`zgarishi «motion tweening» asosidagi yaratilgan animatsiya hosil qilinadi. Faqat
endi ohirida ikkinchi qatlamdagi belgini butunlay o`chirib, uning o`rniga kvadrat
chizamiz. Shu harakatdan keyin kadrlar rangi o`rta rangga qaytadi. Keyin birinchi
va ikkinchi boshqaruv kadrlardagi grafik tasvir belgini [Ctrl]+[B] («изменит»
menyusidagi «разделит отделно (Breack appartack)» buyrug`i yordamida alohida
shakllarga bo`lib chiqamiz.
Endi avval birinchi boshqaruv sichqoncha chap tugmasi bilan tanlab
«Свойства (Proprties)» yoki [Ctrl]+[F3] yoki Окно menyusining shu nomli
buyrug`ini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi hosil qilinadi va unda Tweening
sohasida Motions o`rniga Shape holatini tanlaymiz. Shu natijasida boshqaruv kadr
rangi yashil rangga o`zgaradi. Endi ikkinchi boshqaruv kadrni ham sichqoncha
bilan tanlab animatsiya turini Motions dan Shapega o`zgartiramiz va oxirida
klaviaturadagi [Enter] tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko`rishimiz
mumkin.
Yuqoridagi ikkala animatsiyalarda ham ikkita boshqarish kadrlar o`rtasidagi
masofa kadrlarni kompyuter o`zi avtomatik yaratdi va animatsiya to`g`ri chiziq
416
bo`yicha harakatlandi. Ammo agar bizga harakat biror bir traektoriya bo`yicha
bajarilishi kerak bo`lsa, u holda bunday animatsiyalarni hosil qilish uchun qatlam
ustida maxsus
harakat traektoriya qatlamini yaratish kerak bo`ladi. Shu
qatlamda
qalam bilan kerakli traektoriya chizig`i chiziladi. Natijani ko`rish
uchun [Enter] tugmasini bosamiz.
Shu bilan birga avtomatik animatsiyalarda foydalanish mumkin bo`lgan yana
bir effekt mavjud - bu maska qatlami. Maska qatlami uchun asosiy qatlam ustida
yangi bo`sh qatlam yaratamiz. Shu qatlamni sichqonchaning chap tugmasi bilan
bosib Maska - Mask buyrugini tanlaymiz. Natijada qatlam ko`k rangga o`zgaradi
va ikkala qatlamlar
o`zgarishlardan himoyalanadi. Maska qatlamdan shu
himoyani o`chirib, boshqaruv kadrda bir nechta to`rtburchaklar chizamiz. Keyin
yana maska qatlamning himoyasini yoqib klaviaturadagi [Enter] tugmasini
bosamiz va natijani ko`ramiz. Maska qatlamdagi boshqaruv kadrni motion
tweening animatsiyalashtirilsa harakatlanish effekti yanada chiroyli bo`ladi.
Flashdagi animatsiya multi - rolikda ishlatiladigan obyektlarning xossalarini
o`zgartirishga asoslangan. Masalan, obyektlar yo`qolishi yoki paydo bo`lishi,
joylashuvini, ko`rinishini, rangi va boshqalarni o`zgartirishi mumkin. Flashda
obyektlarni animatsiyalashni uchta turli usuli ko`zda tutilgan:
kadrma-kadr («klassik») animatsiya, bu usulda muallif bo`lg`usi «multi -
rolik»ni har bir kadrini o`zi yaratadi yoki boshqa joydan qabul qiladi va namoyish
ketma-ketligini o`zi o`rnatadi;
avtomatik animatsiya (tweened-animatsiya), bu usulda muallif multi – rolik
kadrlarini faqat birinchi va oxirgisini yaratadi, oraliq kadrlarni esa Flash avtomatik
tarzda o`zi yaratadi; tweened-animatsiyani ikki xil turi mavjud: obyektni
ko`chirishga
asoslangan
animatsiya
(motion
animation)
va
obyektni
transformatsiya (ko`rinishini o`zgartirish)siga asoslangan animatsiya (shape
animation);
senariyga asoslangan animatsiya; senariy - Flashning dasturlash tilida (bu til
Actionscript deb nomlanadi) obyektni hatti- harakatini berilishidir. Bu tilni
417
sintaksisi Web-hujjatlarda ishlatiladigan boshqa senariy tillariga (masalan,
JavaScript va VBScript) o`xshab ketadi.
Ushbu usullarning har birining o`ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor.
Masalan, tweened-animatsiya ikki afzallikga ega: birinchidan, muallif har bir
kadrni alohida yaratish zaruratidan qutulgan; ikkinchidan, bunday multi – rolikni
namoyish etish uchun Flashga faqat birinchi va so`nggi kadrni saqlash kifoya, bu
esa uz navbatida bunday rolikni hajmini kam bo`lishini ta‘minlaydi. Shu bilan
birga, tweened-animatsiyani faqat obyekt xossalari bir tekisda o`zgaradigan sodda
roliklar yaratish uchun ishlatsa bo`ladi. Actionscript sahnalarda obyektni juda ham
murakkab bo`lgan hatti- harakatini ifodalashi mumkin. Lekin buning uchun
Actionscript tilini o`rganish kerak bo`ladi.
Flash roliklarni namoyishi vaqtida saytga kirgan foydalanuvchi klaviatura
yoki sichqonchani ishlatib rolikni turli fragmentlariga o`tishi, obyektlarni
ko`chirishi, formaga ma‘lumot kiritishi va boshqa ko`pgina amallarni bajarishi
mumkin bo`lgan interfaol roliklarni yaratish imkonini beradi. Flash-roliklarni
interfaolligi Actionscript tilidagi buyruqlar ketma-ketligi ko`rinishidagi amallarni
berish yo`li bilan amalga oshiriladi. Amal u bilan bog`liq bo`lgan hodisa yuz
berganda bajariladi. Bunday hodisalardan masalan, rolikni biror-bir kadriga o`tish
yoki foydalanuvchi tomonidan sahifadagi tugmachani bosishi bo`lishi mumkin.
Tugmachalar (masalan, alohida boshqaruv paneli ko`rinishida birlashtirilgan), rolik
fragmentlari yoki alohida kadrlari interfaol bo`lishi mumkin. Shu bilan birga
ko`pgina standart amallar rolikni biror- bir elementiga Actionscriptda
dasturlashdan foydalanmay berilishi mumkin. Standart amallarga masalan, rolikni
namoyishini boshlash va to`xtatish, ovozni yoqish yoki o`chirish, belgilangan
URLga o`tish va boshqalar. Hammasi bo`lib standart amallarni unga yaqin turi
mavjud.
Flash roliklarda tovushni ishlatishni bir necha usullarini taqdim etadi. Siz
rolikni syujeti va foydalanuvchi bajargan amaldan qat‘iy nazar to`xtamaydigan
tovushni yaratishingiz mumkin. Alternativ variant animatsiya va tovushni
sinxronlash. Bundan tashqari, Flashda tugmachalarga tovushni ulashingiz mumkin,
418
bu esa tugmachalarni yanada interfaol qiladi. Nihoyat, tovush bilan ishlashni yana
bir varianti- Actionscript senariylardan foydalanib tovushni boshqarishdir. Flashda
tovush qo`shishni ikki xili mavjud: hodisaviy-boshqariladigan (event sound) va
oqimli (stream sound). Flash tovush bilan ishlashda foydalanuvchilar uchun
quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
bo`lunuvchan
tovush
kutubxonalarini
yaratish,
ya‘ni
bir
kutubxonadagi tovushni bir necha roliklarda foydalanish imkoniyatidir;
tovush sifati va eksport qilinayotgan rolikni optimal birlashuvini
tanlash maqsadida tovushli ma‘lumotlarni qisish ko`rsatkichlarini boshqarish;
muallif alohida tovush yoki rolikdagi barcha tovushlar uchun qisish
ko`rsatkichlarini tanlashi mumkin.
Bundan tashqari tovushni o`zgartirish uchun turli qo`shimcha effektlardan
foydalanish ham mumkin.
Roliklarni Flash yordamida yaratish va tahrirlash vaqtida foydalanuvchi
FLA formatga ega fayllar bilan ishlaydi. Bu Flash muharririni ichki (shaxsiy)
formatidir va u faqat Flashga «tushunarli» dir. Web-brouzer yordamida namoyish
etish uchun mo`jallangan roliklar SWF formatiga o`kazib olinishi zarur. Yuqorida
ta‘kidlab o`tilganidek, ushbu formatni brouzerlar (Internet Explorer, Netscape va
Opera)ni so`ngi versiyalarida namoyish etilishi mumkin yoki maxsus Flash-Player
yordamida ham namoyish etilishi mumkin. Ushbu Flash-Player Flash muharriri
tarkibiga mustaqil dastur sifatida kiradi, va SWF-fayllar Flash muharririsiz ham
Flash- Playerda namoyish etilishi mumkin. Shu bilan birga rolikni barcha
funksional va interfaol imkoniyatlar saqlanib qoladi. Flash-roliklarni «mustaqil»
namoyish etilishi ikkinchi varianti - bu Universal Media- Player (Windows Media
Player)dan foydalanishdir. Buning uchun Flash-rolik AVI formatiga eksport
qilinishi kerak. Lekin bu holda, rolikni hajmi o`n ayrim hollarda yuz barobar ortib
ketishi mumkin. Flash - roliklarni AVI formatiga o`tkazilishi ularning
interfaolligini yo`qolishiga olib keladi, shuning uchun ushbu variant keng
tarqalmagandir.
Flash-roliklarni namoyish etilishni yana bir varianti mavjuddir
(ushbu variant ham interaktivsiz ko`rinishda bo`ladi). Bu variant Flash-rolikni
419
animatsiyalashgan GIF-formatga o`tkazishdan iboratdir. Bu holda, eksportni ikki
varianti mavjud: har bir fayli animatsiyani 1 kadriga mos keluvchi GIF-fayllar
to`plami ko`rinishida yoki bir animatsiyalashgan fayl ko`rinishidadir. Eksportning
ikkinchi varianti afzalroqdir, chunki boshqa bir dastur (masalan, Ulead GIF
Animator) yordamida kadrlarni «yig`ish»ga qaraganda bu variantda fayl hajmi
kichikroq bo`ladi.
Yuqorida sanab o`tilgan Flash-roliklarni eksporti ularning dinamikasini (u
yoki bu darajada) saqlanishini ta‘minlaydi. Lekin, zarur bo`lganda Flashdan oddiy
grafik muharriri sifatida ham foydalanish mumkin. Uning yordamida yaratilgan
tasvirni biror bir grafik format (vektorli yoki rastrli)ga o`tkazilish mumkin. Shu
bilan birga, Flash rolikga boshqa grafik formatlarda berilgan tasvirlarni qo`shish
(ya‘ni import qilish) imkoniyatiga ega. Quyidagi jadvalda Flash «tushunadigan»
keng tarqalgan grafik formatlarni ro`yxati keltirilgan.
|